Mus’haf, Koran, The Qur’an – (arab. «sahifalangan») Qur’oni karimning nomlaridan biri.
Musnad – 1. Isnodi muttasil ravishda o‘z nihoyasiga yetgan hadis, ya’ni sanadi bilan rivoyat qilingan hadis. 2. Sanad, isnod so‘zlarining sinonimi. 3. Hadis to‘plamlarining turi.
Mutavotir, dostovernыy, reliable, authentic – yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan darajadagi ko‘pchilik kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati.
Muhaddis, muxaddis, The Person who gathered Hadiths – (arab. «hadis so‘zlovchi») hadislar bilan shug‘ullanuvchi olim.
Muhojirlar, emigrantы, emigres – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida Payg‘ambar bilan Madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar.
Mushrik, yazыchnik, pagan – ko‘pxudolikda ayblangan odam.
Oxirat, sudnыy den, the Last day – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin barcha qayta tirilib, qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.
Oyat, stix, verse – (arab. «belgi; mo‘jiza») Qur’on suralarini tashkil etuvchi qism, «jumlalar».
Payg‘ambar, Prorok, Prophet – Allohning yerdagi elchisi bo‘lib, odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqiruvchi va oxirat haqida xabar beruvchi kishi
Pora (Juz), chast, part – (fors. «pora», arab. «juz’» - «qism, bo‘lim») Qur’onning o‘ttizdan bir qismi.
Risolat, Poslanie, message – payg‘ambarlik.
Roviy – (arab. «rivoyatchi») hadis rivoyat qiluvchi kishi.
Ro‘za, Post, Fast - yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish.
Safo, Safa, Safa – Makka shahrida Ka’ba yaqinidagi tepalik. Haj va umra qiluvchilar Safo va Marva tepaliklari orasida yetti bor yugurishlari lozim.
Sahih hadis, dostovernыy xadis, reliable hadith – (arab. «sog‘lom; to‘g‘ri») olimlar tarafidan ishonchli, to‘g‘ri deb topilgan hadis.
Do'stlaringiz bilan baham: |