Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


Download 2.19 Mb.
bet104/171
Sana03.06.2024
Hajmi2.19 Mb.
#1899102
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
Bog'liq
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke

Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1. Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi hamda tarqalishi.
2. Tasavvufda komil inson tarbiyasi masalasi.
3. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan kubroviylik tariqati va uning mintaqada tutgan o‘rni.
4. Ulug‘ mashoyix Najmiddin Kubro qarashlarida komillik masalasi.
5. Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asaridagi umuminsoniy qadriyatlar masalasi.
6. Ahmad Yassaviy va yassaviylik tariqati.
7. Xojagon tariqatning Markaziy Osiyo ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rni.
8. Abdulxoliq G‘ijduvoniyning tasavvufiy qarashlari.
9. Yusuf Hamadoniy va Xojagon tariqati.
10.Bahouddin Naqshband va naqshandiylik tariqati.
11.Naqshbandiylik tariqatining Markaziy Osiyo ijtimoiy-ma’naviy hayotiga ta’siri.
12.O‘rta asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi javonmardlik harakati.
13. Mansur Xalloj va tasavvuf.
14.Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyoi ulum ad-din” asarida nafs tarbiyasi masalasi.
15.Ibn Arabiy va uning tasavvufiy qarashlari.
16.Diniy bag‘rikenglik masalasi va uning mazmun-mohiyati.
17.“Ma’naviy merosning barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati.
18.Ilk o‘rta asr falsafasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
19.Islom dini va falsafasi. Tasavvuf va uning oqimlari.
20.Dunyoviy bilimlar rivoji va falsafiy tafakkur.
21.Tasavvuf falsafasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
22.Jaloliddin Rumiy va mavlaviylik tariqati.

Test topshiriqlari
1. “Devoni hikmat” asari kim tomonidan bitilgan?
A) Abdulqodir Jiloniy
B) Najmiddin Kubro
S) Ahmad Yassaviy
D) Bahouddin Naqshband
2. Xojagon tariqatining asoschisi kim hisoblanadi?
A) Ja’far Sodiq
B) Nu’mon ibn Sobit
S) Boyazid Bistomiy
D) Yusuf Hamadoniy
3. Yassaviya tariqati zikrning qaysi yo‘lini tanlagan?
A) jahriy zikr
B) maxfiy zikr
S) jahriy va maxfiy zikr
D) to‘g‘ri javob yo‘q

4.Naqshbandiya tariqati zikrning qaysi yo‘lini tanlagan?


A) jahriy zikr
B) maxfiy zikr
S) jahriy va maxfiy zikr
D) to‘g‘ri javob yo‘q
5. “Dil ba yoru dast ba kor” shiori qaysi sulukka xos?
A) kubroviya tariqati
B) qodiriya tariqati
S) suxravardiya tariqati
D) naqshbandiya tariqati
6. Quyida keltirilgan asarlardan qaysi biri Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub bo‘lib, u tasavvuf va tasavvuf mashoyixlarining hayot yo‘llariga bag‘ishlangan?
A) “Nasoyim ul-muhabbat”
B) “Nafaxot ul-uns”
S) “Ihyoi ulum ad-din”
D) “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”
7.Alisher Navoiyning tasavvuf mashoyixlariga bag‘ishlangan asari qaysi?
A) “Ihyoi ulum ad-din”
B) “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”
S) “Nafaxot ul-uns”
D) “Nasoyim ul-muhabbat”
8. “Nafaxot ul-uns” asarida nechta tasavvuf mashoyixlarining manqibalari keltirib o‘tilgan?
A) 500 ta
B) 578 ta
S) 616 ta
D) 634 ta
9. Markaziy Osiyo hududida vujudga kelgan tariqat yo‘nalishlari qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan?
A) Yassaviya, kubroviya, naqshbandiya
B) molikiya, chishtiya, suxravardiya
S) hanafiya, shofiiya, xanbaliya
D) suxravardiya, qodiriya, chishtiya

10. “Yo Vatan, yo sharafli o‘lim!” chaqirig‘i kim tomonidan aytilgan?


A) Ulug‘bek
B) Jaloliddin Manguberdi
S) Najmiddin Kubro
D) Boboi Samosiy
11. “Valiytarosh” laqabi qaysi tasavvuf mashoyixiga nisbat beriladi?
A) Sulaymon Boqirg‘oniy
B) Junayd Bag‘dodiy
S) Abdulqodir Jiloniy
D) Najmiddin Kubro
12.Islom falsafasining shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ alloma Abu Homid G‘azzoliyning shoh asari to‘g‘ri keltirilgan javobni ko‘rsating.
A) “Ihyoi ulum ad-din”
B) “Al-jabr val-muqobala”
S) “Ta’viloti ahli sunna”
D) “Al-jome’ as-sahih”
13.“Bilmadilar mullolar “Anal-Haq”ning hikmatin,
Qol ahliga hol ilmin Haq ko‘rmadi munosib.”
Ushbu satrlari qaysi mutasavvuf shoir qalamiga mansub?
A) Xoja Orif Revgariy
B) Bahouddin Naqshband
S) Abdulxoliq G‘ijduvoniy
D) Ahmad Yassaviy
14. “Anal-Haq” iborasini qaysi mutasavvuf aytgan?
A) Junayd Bag‘dodiy
B) Mansur Xalloj
S) Shamsiddin Tabriziy
D) Arslon Bobo
15. Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida tahminan nechta tasavvuf namoyondalarining nomini keltirib o‘tadi?
A) tahminan 500 ga yaqin
B) tahminan 600ga yaqin
S) tahminan 1000ga yaqin
D) tahminan 2000ga yaqin
16. Turkistonda tug‘ilib, shu yerda yashab, ijod etgan tasavvuf tariqati asoschisi va mutasavvuf shoir kim?
A) Boborahim Mashrab
B) Ahmad Yassaviy
S) Said Mirkulol
D) Bishr ibn Xofiy
17. Jaloliddin Rumiy qaysi tasavvuf tariqatiga asos solgan?
A) Bektoshiylik
B) Chishtiylik
S) Suxravardiylik
D) Mavlaviylik
18. “Masnavii ma’naviy” asarining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Jaloliddin Rumiy
B) Said Baraka
S) Muhammad Porso
D) Yusuf Hamadoniy

19. Sof islom shariatiga zid ravishda ko‘plab xunrezliklar sodir etgan, begunoh insonlarni ommaviy qatlini amalga oshirgan, qul bozorlari tashkil qilgan hamda o‘zlaridan bo‘lmagan barcha musulmonlarni takfir (kofirlik)da ayblab, asossiz fatvolar chiqargan ekstremistik-terroristik tashkilot nomini ko‘rsating.


A) O‘zbekiston islom harakati
B) Bahshillochilar
S) Iroq-Shom islom davlati
D) Tablig‘chilar
20. Bahouddin Naqshband tavallud topgan joy nomini ko‘rsating.
A) Hinduvon(Qasri Orifon)
B) Afshona
S) Rometan
D) Yassi


Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling