Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 320.1 Kb.
bet7/10
Sana28.10.2023
Hajmi320.1 Kb.
#1729631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
organika fan dastur

IV. Amaliy mashg’ulot mavzulari.

  1. Organik moddalarning asosiy sinflari, ularning nomenklaturasi.

  2. Organik birikmalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati, reaksiya tezligiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish.

  3. Alkanlar va sikloalkanlar mavzusi bo’yicha masala va misollar yechish.

  4. Alkenlar mavzusi bo’yicha masala va misollar yechish.

  5. Alkinlar mavzusi bo’yicha masala va misollar yechish.

  6. Alkadienlar mavzusi bo`yicha test, masala va misollar yechish.

  7. Arenlar mavzusi bo`yicha test, masala va misollar yechish. Aromatik uglevodorodlarni o'rganish.

  8. Uglevodorodlarning galogenli hosilalarini o'rganish.

  9. Spirtlar va fenollar mavzusi bo'yicha test, masala va misollar yechish.

  10. Aldegidlar va ketonlarni o'rganish, test va masalalar yechish.

  11. Karboksil birikmalari va ularning funksional hosilalarini aniqlash.

  12. Azot va oltingugurt tutgan organik birikmalarni o'rganish, test va masalalar yechish.

  13. Aralash funksional birikmalarni o'rganish va aniqlash.

  14. Geterotsiklik birikmalarni o'rganish, test va masalalar yechish.

  15. Uglevodlarni o'rganish, test va masalalar yechish.




  1. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.

Fanni mustaqil o’rganish uchun quyidagi mavzular taqdim etiladi.

    1. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi. Organik birikmalarning tasnifi




va nomenklaturasi. Kimyoviy bog'lanish va organik moddalardagi atomlarning o'zaro ta'siri.

  1. Alkanlarning tuzilish izomeriyasi. Nomlanishi. Alkanlarning tabiiy manbalari. Fazoviy tuzilishi. Alkanlarning konformatsion izomeriyasi. Elektron tuzilishi. Ionlanish potentsiallari va elektron moyilligi; reaksiyaga kirishish qobiliyatining umumiy xarakteristikasi. Kimyoviy xossalari.

  2. Alkenlarni gidroformillash, spirt va aldegidlarni olish. Alkenlarning karbenlar va ularning analoglari bilan reaksiyalari. Karbenlarning olinishi va tuzilishi. Alkenlarning polimerlanishi (ion, radikal, koordinatsiyali). stereoregulyar polimerlar. Alkenlarning qo'llanilishi

  3. Alkinlarning kislotali xossalari: CH-kislotaligi. Atsetilenidlar, olinishi, tuzilishi, xossalari, tarkibida uchbog` bo`lgan birikmalarning sintezda qo`llanilishi. Alkinlarning dimerlanishi, trimerlanishii. Alkinlarning qo’llanilishi.

  4. Alkadienlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati. Dien sintezi (Dils-Alder reaksiyasi). Reaksiya sharoitlari. Reaksiya mexanizmlari va stereokimyosi. Vudvord-Xoffman qoidasi. Konyugirlangan alkadienlarning sanoatda qo’llanilishi. Tabiiy va sintetik kauchuklar haqida tushuncha

  5. Sikloalkanlarning kimyoviy xossalari. Kichik sikllarning reaksiyaga kirishish xususiyatlari. Sikloalkanlarning qo’llanilishi.

  6. Arenlar. Benzolning tuzilishi. Aromatik uglevodorodlarni olish usullari. Arenlarning xossalari: gidrogenlash, fotokimyoviy xlorlash, yon zanjirda almashinish reaksiyalari. Aromatik qatordagi elektrofil almashinish reaksiyalari: nitrolash, galogenlash, sulfonlash, alkillash, atsillash. Mexanizmlari.

  7. Naftalin, fenantren, antrasen. Sanoatda olinish usullari Fazoviy va elektron tuzilishi. Aromatiklik. Ionlanish potensiyali va elektronga moyillik reaksiyaga kirishish qobiliyatining umumiy xarakteristikasi. Naftalinning elektrofil almashinish reaksiyalarining xususiyatlari; orientatsiya qoidalari. Politsiklik aromatik uglevodorodlarning organik sintez sanoatidagi ahamiyati.

  8. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari. Olinish usullari. Nukleofil almashinish reaksiyalari. Mexanizmlarning tasnifi. SN1, SN2 reaksiyalarining asosiy xarakteristikalari. Zayetsev va Goffman qoidalari.

  9. Bir atomli spirtlar. Tasnifi, izomeriyasi va nomenklaturasi. Olinish usullari. Spirtlarning kislota-asos xossalari. Gidroksil guruhining galogen bilan almashinishi. Spirtlarning oksidlanish reaksiyalari.

  10. Ikki atomli spirtlar. Sintez usullari. Xossalari: oksidlanish, galogenlanish, degidratlanish, 1,2-diollarning oksidlanish parchalanishi.

  11. Fenollar. Olish usullari. Fenollarning kislotali xossalari. Fenollarning oddiy va murakkab efirlarining hosil bo'lishi. Fenollarning aromatik yadrosida elektrofil almashinish reaksiyalari: galogenlash, sulfolash, nitrlolash, alkillash, atsillash, karboksillah, formillash.

  12. Oddiy efirlar. Olish usullari. Oddiy efirlarning xossalari: oksoniy tuzlarining hosil boʻlishi, kislotalar bilan parchalanishi, oksidlanishi va galogenlanishi.

  13. Aldegidlar va ketonlar. Izomeriya va nomenklaturasi. Olish usullari.




Karbonil guruhining tuzilishi. Kimyoviy xossalari. Karbonil guruhiga nukleofil birikish (siangidrinlar, bisulfit hosilalarini olish, atsetilen, ammiak, aminlar, gidroksilamin, gidrazinlar bilan o'zaro ta'sirlashishi). Aldol-kroton kondensatsiya.

  1. To’yingan monokarbon kislotalar va ularning hosilalari. Nomenklatura va izomeriyasi. Tuzilishi. Olish usullari va kimyoviy xossalari. Kislota hosilalari: karbon kislota tuzlari, galogenangdridlar, murakkab efirlar, kislota angidridlari, amidlar, gidrazidlar va ularning kimyoviy xossalari. Qo’llanilishi

  2. To'yinmagan monokarbon kislotalar. Nomenklaturasi va izomeriyasi. Sintez usullari. Tuzilishi. Olish usullari va kimyoviy xossalari.

  3. To’yingan ikki asosli kislotalar. Asosiy vakillari: oksalat kislotasi, malon kislotasi: malon efiri bilan sintezlar, Mixael reaksiyasi, aldegidlar bilan kondensatsiya reaksiyalari. O'ziga xos xususiyatlar. Qo’llanilishi.

  4. To'yinmagan dikarbon kislotalar. Nomenklatura va izomeriyasi. Sintez usullari. C=C qo’sh bog' bo’yicha birikish reaksiyalari. Kimyoviy xossalari. Qo’llanilishi.

  5. Gidroksikislotalar. Nomenklatura va izomeriyasi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Qo’llanilishi.

  6. Aldegid- va ketokislotalar. Tasnifi va nomenklaturasi. Glioksil pirouzum va atsetosirka kislotalar, ularning xossalari. Asetosirka efir. Olinish usullari, tuzilishi. Keto-enol tautomeriya. C- va O- alkillash reaksiyalari, ularning mexanizmlari. Atsillash reaksiyalari. Asetosirka efir yordamida ketonlar va kislotalarning sintezi.

  7. Nitroalkanlar. Sintez usullari. Nitroguruhning tuzilishi. Xossalari: nitroalkanlarning kislotaliligi va tautomeriyasi, nitrat kislotasi, galogenlar bilan reaksiyalari, karbonil birikmalari bilan kondensatsiyasi.

  8. Aromatik nitrobirikmalar. Nitroarenlarni kislotali va ishqoriy muhitda qaytarish. Kimyoviy xossalari. Qo’llanilishi.

  9. Aminlar. Tasnifi va nomenklaturasi. Olish usullari. Fizikaviy xossalari. Fazoviy va elektron tuzilishi. Reaksiyaga kirishish qobiliyati. Kimyoviy xossalari. Aminlarning tuzilishi va asoslilik xossalari. Aminlarning kislotalar bilan reaksiyalari, tuzlarining tuzilishi, ularning nomlanishi va xossalari. Aminlarning alkillanishi va atsillanishi; reaksiya mexanizmlari.

  10. Diazobirikmalar. Aromatik aminlarni diazotirlash reaksiyalari. Diazobirikmalardagi azot ajralishi bilan boradigan reaksiyalar: diazoguruhni gidroksi-, galogen-,sian-, nitroguruh va vodorodga almashtirish. Diazobirikmalarda azot ajralmasdan boradigan reaksiyalar: arilgidrazinlargacha qaytarish, azobirikish. Azobo'yoqlari.

  11. Oltingugurt saqlovchi organik birikmalar. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Aromatik sulfokislotalar. Sulfoguruhning nukleofil almashinish reaksiyalari.

  12. Elementorganik birikmalarining umumiy tavsifi, nomenklaturasi. Olish usullari. Kimyoviy xossalari. Metallorganik birikmalar.

  13. Aminokislotalar. Olish usullari. Tuzilishi. Eng muhim fizik va kimyoviy xossalari. Amfoterlik xossalari. laktamlar. Benzol qatorining gidroksi va




aminokislotalari. Olinishi, xossalari va organik sintez sanoatida qo'llanilishi.

  1. Peptidlar va oqsillar. Peptidlarning nomenklaturasi. Sintezning asosiy tamoyillari. Peptidlar va oqsillarning tuzilishini aniqlashning umumiy tamoyillari. Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tuzilishi.

  2. Besh a'zoli aromatik geterosikllar. Tasnifi, nomenklaturasi. Furan, pirrol va tiofenning sintezi. Aromatiklik. Elektrofil almashinish reaksiyalari: nitrolash, sulfolash, galogenlash, formillash, atsillash.

  3. Olti a'zoli aromatik geterosikllar. Piridin va xinolinning sintezi. Tuzilishi. Aromatiklik. Piridin va xinolinning asoslilik xossalari. Alkilgalogenidlar bilan reaksiyalari, oksidlanish, qaytarilish. Elektrofil almashinish reaksiyalari: nitrolash, sulfolash, galogenlash. Halqada bir nechta geteroatomli birikmalar: diazollar, oksazollar, diazinlar va triazinlar. Kimyoviy xossalari.

  4. Uglevodlar. Tasniflash. Monosaxarid eritmalarida siklik va ochiq shakllarning tautomeriyasi. Monosaxaridlarning reaksiyalari: glikozidlarni olish; oddiy va murakkab efirlarni sintez qilish; oksidlanishi. Disaxaridlar. Polisaxaridlar.

32 Lipidlar: triatsilgliserinlar. Nomlanishi, olinishi. Xossalari. Qo’llanilishi

3.


Download 320.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling