Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet8/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Yakuniy nazorat yozma ish shaklida (YN) –60 ballni taqsimlanish:





Savollar qaysi mash’ulot turiga tegishli

Ball

1

Ma’ruza mash’ulotdan

0-12 ball

2

Ma’ruza mashg’ulotdan

0-12 ball

3

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotdan

0-12 ball

4

Mustaqil ta’lim- nazariy

0-12 ball

5

Mustaqil ta’lim-amaliy, seminar, laboratoriya

0-12 ball




JAMI

0-60 ball

Yakuniy nazorat test shaklida (YN) –60 ballni taqsimlanish:





Savollar qaysi mash’ulot turiga tegishli

Savollar soni

Ball

1

Ma’ruza mash’ulotdan

30 ta

0-30 ball

3

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotdan

10 ta

0-10 ball

4

Mustaqil ta’lim- nazariy

10 ta

0-10 ball

5

Mustaqil ta’lim-amaliy, seminar, laboratoriya

10 ta

0-10 ball


Asosiy adabiyotlar




1.

Fayzullayev

SH.N.

Islohotlar

samarasi:

TAJRIBA,

MALAKA,

TEXNOLOGIYA”// Maktabgacha ta’lim, Toshkent. 2018,12-son,2-5 betlar.



2.

Fayzullayev SH. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha innovatsion faoliyatga yo’naltirish (Uslubiy qo’llanma). Sa- marqand, Samdu nashri, 2020. 100 bet.




Fayzullayev Sh Maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashni innovatsion

3.

faoliyatga yo’naltirish. Elektron Google shouda O’zbekiston respublikasi Prezidenti huzir-




idagi Toshkent boshqaruv Akademiyasi



4.

Fayzullayev Sh. BOLALARNI MAKTABGA
METODIKASI(maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari qo’llanma.Samarkand,Samdy nashri,2020.-140bet.

TAYYORLASH
uchun) o’quv

5.

Файзуллаев . Ш. «Методикаи тайёр намудани кӯдакон ба мактаб».

Tavsiya qilinadigan qoʻshimcha adabiyotlar




Mardonov E., Ostonov Q., Fayzullayev Sh. Maktabgacha ta’limda matematik

6.

o’yinlarni tashkil etish. (o’quv-uslubiy qo’llanma) .Samzarqand, SamDU nashri, 2019. – 92 bet.

7.

Qodirova F.R. Bolalarni chet tilga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. - T.: Sano-

standart, 2009.

8.

Qodirova F.R. Nutq o‘stirish metodikasi. O‘UM (elektron). -T., 2012.

9.

Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy

omillari. T.: Istiqdol, 2006.




Tavsiya qilinadigan internet saytlari

10.

www.ziyonet.uz

11.

www.edu.uz

12.

www.tdpu.uz




Dastur mualliflari:

Fayzullayev Sharif Nurullayevich, Totliyev O’lmasjon Xusniddin o’g’li

E-mail:

totliyev@bk.ru

Tashkilot:

Samarqand davlat universiteti, «Maktabgacha ta’lim» kafedrasi

-

M U N D A R I J A Kirish..................................................................................................... 15

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga

tayyorlash mazmuni.............................................................................. 21

  1. Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini

tashxislash usullari................................................................................ 25

  1. Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatinig moxiyati….... 34

  2. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va va maktabning hamkorligi………………………………………………………….. 40

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash…………………………………………………………. 43

  4. Bolalarning maktab ta’limi tayyorlashda nutqini rivojlantirish va

savodga o‘rgatish…………………………………………………... 48

  1. Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy

rivojlantirishning axamiyati………………………………………… 54

  1. Maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy – psixologik tayyorgarligi 57

  2. Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda Ijodkorligini rivojlantirish 62

Kirish


Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707- sonli qarori (29.12.2016 y.), «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3276- sonli qarori (15.09.2017y), «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.), «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017 y.) qabul qilindi.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora- tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash uchun nazariy va metodik bilimlarni egallashi g‘oyat muhimdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini talabalar «Bolalarni maktabga tayyorlash» modulini o‘zlashtirish orqali egallab boradilar.

Modulning maqsadi va vazifalari


Modulning maqsadi: Talabalarining bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini Davlat talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim- tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish.
Modulning vazifalari:

  • talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish.

Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar:


Talabalar:

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashga oid nazariy qarashlar, etakchi konsepsiyalarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sohasidagi kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashning normativ- huquqiy hujjatlarini bilishi ;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida bolalarning shak^a 1a'Nsh1§a ishish1u ua shax8i§ 1auuog§agN§1ga qaratilgan didaktik vositalarini ishlab chiqish ko‘nikmalariga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ish shakllarini tash- kil etish va ularni o‘tkazish;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash uchun didaktik ta’minotni takomillashtirish kabi malakalarga;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlashda innovatsion texnologiya- lar, bolalar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlarni qo‘llash;

  • maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida

talabalarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan interfaol ta’lim shakllari, metod va vositalaridan pedagogik amaliyotda samarali foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.

Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar


Bolalarni maktabga tayyorlash moduli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Modulni o‘qitish jarayonida ta’limning quyidagi zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi:

  • nazariy darslarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va elektron-didaktik materiallar;

  • amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim usul- lari nazarda tutiladi.

Modulning o‘quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog‘liqligi va


Uzviyligi

Modulning mazmuni o‘quv rejadagi «Maktabgacha pedagogika», «Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari», «Maktabgacha yoshdagi bolalar fiziologiyasi va gigienasi» o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda tarbiyachilarning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.


Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi


Mazkur modul «Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy- me’yoriy asoslari», «Umumkasbiy tayyorgarlik» bloklaridan keyin o‘rganiladi. Unda yuqoridagi bloklarda o‘rganilgan mazmun yo‘nalishlari va uslubiy jihatlarini bolalarni maktabga tayyorlashda ilg‘or tajribalar hamda innovatsiyalar moduliga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi.


Modulning ta’limdagi o‘rni


Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish, amalda qo‘llash va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash.
Mоdul bo‘yicha soatlar taqsimoti





Fan mavzulari

Xammasi

Mashg‘ulot turi

Nazariy

Amaliy mashg‘ul

Ko‘chma mashg‘ul

Mustaqil ish

1

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni
maktabga tayyorlash mazmuni

7

1

2




4

2

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini
tashxislash usullari

7

1

2




4

3

Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin
faoliyatinig moxiyati

7

1

2




4

4

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM,
oila va va maktabning xamkorligi

7

1

2




4

5

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab
ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash

5

1

2




2

6

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab
ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

4





2





2

7

Bolalarning maktab ta’limi tayyorlashda nutqini
rivojlantirish va savodga o‘rgatish

5

1

2




2

8

Bola nutqi rivojlanganligini aniqlash
(savodxonlikka o‘rgatish).

5

1

2




2

9

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining
akliy rivojlantirishning axamiyati

5

1

2




2

10

Bolalarning mexnat malakalari va odatini shakllantirish Bolalarning maktabta’limi
tayyorlashda nutqini rivojlantirish va savodga o‘rgatish

4




2




2

11

Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda
ijtimoiy - psixologik tayyorgarligiBolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining akliy
rivojlantirishning axamiyati

5


1


2





2


12

Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari Bolalarning maktab ta’limiga tayyorlashda
ijtimoiy - psixologik tayyorgarligi

5


1


2





2




Jami:

66

10

24




32

NAZARIY MASHG‘ULOT MAVZULARI





    1. Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni (2 soat)

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligi. Bolaning maktabga psixologik tayyorligi. Umumiy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qishiga aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qitttiga. jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga
rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanganlik darajasi; Nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi. Ma’naviy madaniy etuklik. Intellektual (aqliy) tayyorgarlik. SHaxsiy va ijtimoiy psixologik tayyorgarlik. Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari xaqida.

    1. Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari (2 soat)

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullarida sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi. SHaxsiy - psixologik va akliy rivojlanganlik tashx- isi. Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniklash tashxisi. Tekshirishning kushimcha shakllari. Bolani maktabga tayyorlashning usullari. Bolani maktabga tayyor- lashda shifokor tekshiruvidan o‘tkazish.

    1. Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatining mohiyati (2 soat) O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega.

Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim aso- slaridan biri bo‘lib kelmokda.
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘kuv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTMning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni akliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.



    1. Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va maktabning xam- korligi (2 soat)

Maktabgacha ta’lim tashkilotini turlari. Maktabgacha ta’limning shakli. Maktabga- cha va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasidagi uzviylik. Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat turlari orqali bolalarni maktabga tayyorlash. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. Bolani maktabga tayyorlashda oilani o‘rni. Maktabgacha ta’lim muas- sasalarida bolani maktabga tayyorlash
Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va oilaning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va maktab dasturlarining aloqasi. O‘qitish metodi va shakllaridagi izchillik. MTMning oila bilan ishlash shakllari.



    1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash (2 soat)

Maktabga yetuklikni aniklashda bola sog‘ligining holati va organizmning biologik etukligini baholash (antropometrik ko‘rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-to- mir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko‘p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni «Maktabga etuklik»ni asosiy ko‘rsatkichi va eng avvalo bir kator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi.ularga: par- tada anchagina o‘zok muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yahshi boshkarish, jumladan yozish va rasm solishga alokador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoklarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga hos shartli alokalarni nisbatan tez hosil kilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning etarlicha rivojlanganligiga ta’liklidir.
AMALIY MASHG‘ULOT MAVZULARI
1- Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni(2 soat)
Bolani maktabda o‘qishiga axlokiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o‘qitttiga. aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o‘qishiga jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta’limiga rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari.





soat)

  1. Mavzu: Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari (2

Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniklash tashxisi. Tekshirishning



kushimcha shakllari. Bolani maktabga tayyorlashning usullari. Bolani maktabga tayyor- lashda shifokor tekshiruvidan o‘tkazish. Psixologik - pedagogik kuzatuv.



    1. Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda o‘yin faoliyatining mohiyati (2 soat)

O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTMning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.



    1. Mavzu: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda MTM, oila va maktabning xam- korligi (2 soat)

Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktabning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va oilaning xamkorligi. Bolalar bog‘chasi va maktab dasturlarining aloqasi.
Uqitish metodi va shakllaridagi izchillik. MTMning oila bilan ishlash shakllari.



    1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlash (2 soat)

Maktabga chikish munosabati bilan bola turmush tarzining kayta kurilishi, kun tarti- bining o‘zgarishi, jiddiy o‘kuv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab kiladi.



    1. Mavzu.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga jismoniy jihatdan tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI

  1. mavzu. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI

Tayanch tushunchalar: Davlat talablari, faoliyat,ta’limtarbiya dasturi, bolalarni yosh xususiyatdlari, pedagogik jarayon.


R E J A:



  1. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining boshqa fanlarbilan uzviy bog‘liqligi.

  2. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maksadi. 3.«Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining vazifalari.

YOsh avlodni tarbiyalash va o‘qitish xalk ta’limi sistemasining boshlangich bulimi bo‘lgan maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya
ishini davr talabi darajasida olib borish maksadida «Bolalar bogchasida «ILK KA- DAM»ta’lim-tarbiya dasturi» tuzilgan. O‘zbekiston «Maktabgacha ta’lim» Vazirligi bu dasturni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iklimi, jugrofiy,
iktisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini xisobga olib, uni kayta ishlab chikdi. Dastur tug‘il- gandan to etti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar xajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik-fizi- ologik va o‘ziga xos xususiyatlarni xisobga olgan xolda ularni xar tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshi- radi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. SHuning uchun tarbiyachi o‘z soxasini chukur bilishi, xar xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik psix- ologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. SHu bilan bir qatorda mutaxassislik bo‘yicha fan- larni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, makta- bgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk kadam tayanch dasturi»ni, Davlatta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshkalarni puxta egallagan bo‘lishi lo- zimdir. Ayniksa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalashda «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining o‘rni juda kattadir. Maktabgacha tarbiya yo- shidagi bolalar asosan maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada tayyorlanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlashning maksadi bolalarni bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan davlat
talablariga muvofiq sog‘lom va etuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir. Bolalarni maktabga tayyorlashning asosiy vazifalari esa: bolalarni jis- moniy, aqliy, ma’naviy jixatdan kamol toptirish ularning sog‘lomligini muxofaza kilish; bolalarning ijodkorlik mustakillik erkin fikrlash kobiliyatlarini rivojlantirish uchun, shart- sharoitlar yaratish vazifalarini qo‘yadi.
«Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fani bir kator fanlar bilan bog‘lik bo‘lib, xususan, falsafa, etika, estetika, biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi barcha peda- gogika fanlari bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va boyib boradi.
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani ijtimoiy xodisa
sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, falsafa fani bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tarbiyaning maksad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan xolda yondoshish imkonini beradi. Tarixiy materializm tarbiyaning sinfiy moxiyatini ochib berish, uning paydo bulishi varivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini jamiyat xayotida va kishi shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning rolini baxolashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chikishda bilish nazariyasiga, axlokiy tarbiya masalalarini o‘rganishda etikaning ax- lok to‘g‘ri sidagi ta’limotiga tarbiyaning maksadini, yo‘llarini metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axlokni nazariy jixatdan asoslab, yosh avlodni, uning axlokiy
tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axlokiy goyalar rolini tushunishni chukurlashtiradi.
Estetika insonning vokelikka, san’atga estetik munosabatlari
rivojlanishining umumiy konuniyatlarini urganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat kiladi.
Bolalarni maktabga tayyorlash fani boshka fanlardan biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan xam bog‘liq xolda rivojlanadi.
Fiziologiya bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining tabiiy- ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanish, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari,tayanch xarakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistema- lari, ichki sekretsiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi xakidagi ma’lumotlarga ta- yanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani ana shu ma’lumot-
lar negizida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish masalalarini muvaffaki- yatlirok xal eta oladi, psixik vokealar va jarayonlarning ayrim konuniyatlarini chukurrok urganish imkoniyatiga ega buladi. Xozirgi zamon fiziologiyasi eng muxim pedagogik muammolarni to‘g‘ri xal etishda: bolalarning rivojlanishiga, uning kobiliyatlarini shakllantirishga muxit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va xarakat kilish konuniyatlarining asosiy prinsiplarini olib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chikish uchun ayniksa kata axamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiya- lanuvchilarning yoshiga muvofiq tarbiya vositalari va metodlarini, u yoki bu mashg‘ulotlarni yoki tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy shakllarini to‘g‘ri bel- gilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘ri sidagi xulosalar pedagogika o‘quv-tarbiya jarayonini metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshirok shart-sharoit yaratishda yordam be- radi.
Insonning vokelikni belgilovchi xamda uning xulk-atvorini boshkaruvchi psixikan- ing konuniyatlari va mexnizmlari to‘g‘risidagi fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-muxit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shaklla- nadigan xolat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, xis-tuygu, iroda va xakozo) tadkik kiladi. Esh psixologiyasi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanini turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy ta’sirni ular kanday kabul kilin- ishini aniklashda yordam beradi. YOsh psixologiyasi xar bir
yoshda bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruxiyati markaziy o‘rin tutib, bu albatta psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liq dir.
Psixologiya shaxsning rivojlanish konuniyatlari, yosh va o‘ziga xos
xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning ratsionalrok mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyixalash im- konini yaratadi. Pedagogika jamoani tashkil etishning samaralirok shakllarini, shaxsni ja- moada va jamoa orkali tarbiyalash metodlarini ishlab chikishda sotsial psixologiya bilan kurollanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani jismoniy rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy va sotsial gigiena, mexnat gigienasi, maktab gigienasi, pediatriya va boshka fanlarning erishgan yutuklaridagi xulosalardan foydalanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani umumiy pedagogika bilan xam bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy kobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni xar tomonlama tarbiyalash xamda ta’limning moxiyati va konuniyatlarini o‘rga- nadigan fandir.
Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha
ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota- onalar mus- takil ta’lim berish orkali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muas- sasalarida shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb kilinmagan bolalar uchun bolalar bogchalarida maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruxlar yoki markazlarda oladi. Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi xa- yot tarzi xamda faoliyati uchun kuprik, vazifasini utashni oila yoki bogchadagi
ta’lim-tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini xisobga olishlari lozim.
Boshka fanlar katori «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fani xam o‘z fani doirasida bir kator fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi.
SHunday qilib, «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fani yuqorida keltirilgan fan- lar bilan bog‘liq xolda rivojlanib, boyib boradi. Echilmay qolgan muammolar pedagogik nuktai nazardan ilmiy asoslangan tarzda o‘z echimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi.

  1. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi xisoblanadi, xamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim o‘g‘risida»gi

Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’limning maqsadi
Maktabgacha ta’limning maksadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi
bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va etuk, makta- bga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga kuyilgan maksad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash» tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun xamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotini ta’limning asosiy omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. Sog‘lom av- lodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo‘nalishidir.
Davlat talablari asosida tuzilgan «ILK KADAM»davlat tayanch dasturiga asosan makta- bgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari,
tarbiyachilari, xamda, o‘zlari uchun turli soxalar buyicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, kizikarli kitoblar, aklan va jismonan
rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinlar va ta’lim tarbiya metodlari yori- tiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat
talablarida belgilangan kursatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to‘la to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni mukammal o‘zlashtirishga, mustakil O‘zbekistonning ravnaki uchun xizmat kiladigan barkamol inson bo‘lib etishishlariga za- min xozirlaydi.



  1. «Bolalarni maktabga tayyorlash» fanining vazifalarni maktabgacha ta’limning vazifalari

Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalkning boy milliy,
madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axlokiy jixatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ex- tiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim ja- rayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va er- kin ifodalash malakalarini shakl-lantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy sogligini ta’min- lashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash
jarayoni oldiga kuyilgan maksad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bo- lalar ta’lim-tarbiyasiga kuyiladigan Davlat talablari» orkali nazorat kilinadi. Davlat tal- ablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya
mazmunining asosiy yunalishlari xamda ularning maktabga tayyorgarlik da- rajasiga kuyiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat xujjati sifatida e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch boskichda amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni jismonan rivojlantirish.

  2. Bolalarning nutki va tafakkurini rivojlantirish.

  3. Bolalarni ma’nan rivojlantirish.

Maktabgacha ta’limning maksad va vazifalariga tayangan xolda «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maksadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni mak- tabga tayyorlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat.
«Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Talabalar maktabgacha ta’limning maksad va vazifalarini yaxshi bilishlari;
Bolalarning maktab ta’limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishlari;
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni aniklash yullari va metod, usullari to‘g‘risida bilimga ega bulishlari lozim.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligini izoxlang.

  2. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi nimalardan iborat? 3.«Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining vazifalarini sanab o‘ting?




  1. mavzu. BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH USULLARI

R E J A:



  1. MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI TASHXISLASH

  2. sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolatini tashxislash.

  3. . SHaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi

Tayanch tushunchalar: tashxis, faoliyat, jismoiy rivojlanish, aqliy rivojlanganlik, tek- shirish shakllari.


Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning kaysi jixatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffakiyatlari va kamchiliklariga kanday yondashishda, shu maksadda u tarbiyachilarga, kolaversa 1-sinf ukituvchilari uchun xam kerak. Bolani ukitish uchun uni xar tomonlama bilish kerak.
Afsuski bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oklamagan turli xil shakllarni kupligi ta’lim muassasalarining xamda ota- onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini kiyinlashtirmokda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy kursatgich si- fatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan xam oshik so‘z) ilgari su- rilmokda. Vaxolanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan.
Agar bola tez o‘qishga urgangan bulsa yomon emas, birok bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida kabul kilinmasligi kerak.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi dara- jasini aniklash maksadida turli usullarning bir necha variantlari berilmokda. Birok bu xar bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas.
Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob
beryotganda shoshirmaslik, uning kizikishini so‘ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etila- yotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul.
Bir marta tashxis o‘tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi makta- bgacha ta’lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniklash va bola rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chukurrok echishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga kuyidagilar kiradi:
Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi xolatini tashxislash.
Maktabga kabul kilinishdan oldin barcha bolalar o‘z yashash joylaridan
bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik buyicha shifokorlardan iborat bo‘lgan tib- biy komissiya tekshiruvidan utishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayyorgarligi xakida o‘z xulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta baxoda utkazilishi bolada an-
iklangan etishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada tuldirib olish imkonini be- radi. Xarakatning asosiy turlari, qo‘l musqullari sport o‘yinlarining oddiy ko‘nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaka, estafeta tarzida o‘tkaziladigan sport va xarakatli o‘yinlar davomida tekshirish mumkin.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Bolaning jismoniy rivojlanganligi xolati tashxisi nimalardan iborat?

  2. SHaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi deganda nimani tushunasiz?

  3. Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisini qanday izoxlaysiz?

  4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllarini ifodalang.




  1. Mavzu. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA O‘YIN FAOLIYATINING MOXIYATI

R E J A:



  1. O‘yinning bolalar faoliyatidagi o‘rni

  2. . O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati

  3. Asosiy turlari(maktab ta’limiga tayerlashda)

Tayanch tushunchalar: o‘yin, faoliyat, bolalar o‘yinlari, MTTda tashkil etiladigan o‘yin- lar, o‘yinlarni tashkil etish metodikasi.


O‘yinning bolalar faoliyatidagi o‘rni
O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bo- lalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt
faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlan- ishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh
avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish
xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagog- ikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi1.
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning
kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTT (maktabgacha ta’lim tash- kiloti)ning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik
jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
. O‘yin bolalarning mustaqil faoliyat i bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o‘rab turgan tevarak- atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining barcha xilma- xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan jihatga o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bola – o‘sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir.
1 Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. – T,: “Sano-standart” nashriyoti, 2015. – 100-bet.

Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling