Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet10/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Syujetli-rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ega aks ettiruvchi faoliyatdir.
Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o‘yinlarning o‘ziga xosliigi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo‘lishidir. Buning uchun albatta, bolalar biror narsa yoki voqea to‘g‘risida etarlicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim. M: bolalar «parovoz» o‘yinini o‘ynashmoqchi bo‘lishadi. Bunga o‘yinning qanday borishi to‘g‘risida syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog‘liq bo‘ladi. Bolada avval g‘oya tug‘iladi, keyin mazmuni rivojlanadi. Ba’zan bolalarning o‘yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. M: ular orasidan kim «parovoz» bo‘lishi, qolganlar uning or- qasidan ergashishi, qaerga borganda navbat
almashishlarini oldindan kelishib olishadi. Ijodiy o‘yinlar Qoidali o‘yinlar
MTTda qo‘llaniladigan bolalar o‘yinlarining asosiy turlari Syujetli-rolli o‘yinlar Sahnalashtirilgan o‘yinlar
Qurilish-yasashga doir o‘yinlar
Syujetli-rolli o‘yinlarda tarbiyachi etakchi rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy
tomonlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo‘nalishda tarbiya- lab borishi lozim. Tarbiyachi syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:

  1. bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o‘yinini bilish va har doim kuzatib bor- ishi lozim;

  2. tarbiyachi bolalarning o‘yin davomidagi muloqotlari, xatti-

harakatlarini muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning qiziqishlari, xohish-istaklarini bilib olib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, ijobiy xususiyatlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi;

  1. syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynash uchun ma’lum joy ajratish lozim;

  2. o‘yin jarayonida kerak bo‘ladigan o‘yinchoqlarni bolalar mustaqil

o‘zlari yasashlari uchun ularga kichkina yog‘och bo‘laklari, mix, loy, qog‘oz, karton, bo‘yoq va kerakli asboblar – bolg‘acha, qo‘l arra, qaychi, pichoq kabilarni berish kerak. Biroq o‘yinchoqlar yasash ustida ishlash faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi lozim;

  1. o‘yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalarni o‘ynashga o‘rgatish

usullaridan biridir; tarbiyachi bolalarning rolli o‘yinlari mavzusini boyitibgina qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak;

  1. tarbiyachi bolalarning barchasi o‘yinga qatnashishlari to‘g‘rsida

g‘amxo‘rlik qilishi kerak; o‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan kelisha olmay qoladi; bolalarni bu kabi kelishmovchiliklarni haqqoniy echishga o‘rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti
asosida ma’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so‘zla- rining yod olinishiga asoslangan bo‘lib, bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini boshqal- arning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sa- naladi. Sahnalashtirilgan o‘yinlarni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

  1. ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak;

  2. asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim;

  3. asar ifodali o‘yishga mos bo‘lishi kerak;

  4. asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur;

  5. asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.

  1. bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib berish.

  2. bosqich. Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.

  3. bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga

kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g‘ri amalga oshirish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga
muvofiq. M: o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechin- malari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Bolalarning qurilish, buyum yasash o‘yinlari rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarni o‘z fikrlarini ro‘yobga chiqarish usulidir.

Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling