Respublikasi oliy


Download 304.33 Kb.
bet9/29
Sana16.06.2023
Hajmi304.33 Kb.
#1496518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi majmua

Harakat – ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy va jismoniy faoliyat, mehnat. O‘z mohiyatiga ko‘ra aqliy yoki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar harakat MTT tarbiya- lanuvchilarining to‘la-to‘kis o‘sib-ulg‘ayishlarini ta’minlovchi muhim shartlaridan biri sa- naladi. Faol harakatlarga ehtiyoj o‘yinning barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o‘yin- choqlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar orqali to‘liq qoniqtiriladi. SHuningdek, o‘yin- lar bolaning muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga ega.
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish
shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar MTMda bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi etakchi o‘rin egal- lab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. SHuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas. MTT tayanch dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab nonushtagacha (15- 20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, o‘yqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tash- kil etish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidalari o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yin- lardan foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yi- cha qo‘yiladigan o‘yin, rolli, didaktik o‘yinlar kiradi.
O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me’yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladi. O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O‘yin jarayonida bo- lalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni ba- jarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganida ki- shilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bo- lalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. SHunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda peda- gogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi.
Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga, boshqa millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bo- lalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi
maktab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni ja- moa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.
MTTda tashkil etiladigan bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati,
tashkil etilishiga ko‘ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki turga ajratish mumkin:
Ijodiy o‘yinlar qat’iy belgilangan qoidalarga ega bo‘lmagan va o‘yin
qoidalarini bolalarning o‘zlari o‘yin jarayonida belgilaydigan o‘yinlar sanaladi. Odatda bu kabi o‘yinlarni bolalarning o‘zlari o‘ylab topadi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy o‘yinlar bir necha turli bo‘ladi. Ular

Download 304.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling