Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


Davlat byudjetining daromadlarini soliqlar orqali shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari


Download 0.66 Mb.
bet3/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1635154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
D B KURS ISHI W

Davlat byudjetining daromadlarini soliqlar orqali shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari


Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to’g’ri va egri soliqlar guruhlariga bo’linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag’ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o’tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Shuningdek soliqlar paydo bo’lish manbaiga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo’linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o’rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko’rib chiqamiz. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va boshqalar kiradi.

  2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to’lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.

  3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi.

Mamlakatimiz byudjet-soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb ataladi.
Davlat byudjetini shakllantirishda soliqlarning huquqiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi”, “Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni meyoriy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Qayd etganimizdek soliqlar va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog’liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi.
Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu erda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug’urta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalar) to’lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud.6
Soliqlar bo’yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to’lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mukmin emas.
Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o’rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari,



6 Yahyoev Q. Soliqka tortish nazariyasi va amaliyoti. -T.: Fan va texnologiyalar markazi, 2003 yil. -248 b.
soliq to’lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi7 va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo’lgan va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalashga mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
Soliq tizimining asosi bo’lgan soliqlar o’ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo’lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo’naltirilishiga va boshqa belgilariga ko’ra ularning tasniflanishidir.Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’ymasdan faoliyat ko’rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy- nazariy jihatdan o’rganish, tahlil qilishdan iborat.Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol- mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:

  1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i,




7Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. T.: Yangi asr avlodi. 2002. -128b.
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.

  1. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.

  2. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.

  3. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.

Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo’g’indir.
U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi.
Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi.
Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo’g’ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti pul mablag’larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga
oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g’ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy- kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.
Soliq munosabatlari mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinchi sharti bo’lib soliqlarni to’lashga qobil bo’lgan soliq to’lovchilarning mavjudligidir. O’zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mazkur mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan alohida bo’linmalar ham tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, ekologiya, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi.
Ba’zi soliqlarni (QQS, aktsiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini (70-75 foizi) tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet schyotlariga ko’chirib qo’yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to’lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga er, mol-mulk soliqlari, va qator yig’imlar kiradi. Soliq yig’ish xarajati ko’payib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan inspektorlar shug’ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko’p yoziladi.
Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi.
Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning byudjetlarga to’laydigan soliqlari to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar daromad (foyda) soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona bojidan iboratdir.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. To’g’ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo’ljallangan mablag’larini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida bo’lib, baho hisobiga muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. Shunday qilib soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni kamaytiradi. Bu esa pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past bo’lganligidan inflyatsiyani paydo qilishi mumkin.
Jismoniy shaxslar deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromad, mol-mulk, er, maydoni, transport vositalari va shu kabi boshqa predmetlarga ega bo’lgan jismoniy shaxslar ularga belgilangan soliqlarni to’laydilar.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan o’n ikki oygacha bo’lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko’proq muddatda O’zbekistonda turgan jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslarga ularning O’zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo’yicha soliq solinsa, O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lmagan jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo’yicha soliq solinadi.



    1. Download 0.66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling