Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti
Download 0.66 Mb.
|
D B KURS ISHI W
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI “MOLIYA” KAFEDRASI KURS ISHI Mavzu: Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish masalalari Bajardi: MM-77 Aliqulov A. Tekshirdi: kat.o’q.Xamroev B TOSHKENT-2014 KirishDavlat byudjetini daromadlarini shakllantirishda soliqlarning ob’ektiv zarurligi, nazariy masalalari Davlat byudjetining daromadlarini soliqlar orqali shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili Davlat byudjetining soliqli daromadlarini shakllantirishdagi muammmolar, bartaraf etish yo’nalishlari XulosaFoydalanilgan adabiyotlar KIRISHHozirgi paytda byudjet jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatida va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda byudjet masalalariga (muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida keyingi yillarda faol ravishda va turli-tuman doiralarda keng muhokama etilayotgan masalalardan biri davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda eng ustuvor yo’nalish bu soliq tizimidir. Soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosati doimiy ravishda jamiyat a’zolarining manfaatlariga bevosita yoki bilvosita o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan munosabatlarning rivojlanish soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatida keskin o’zgarishlar bo’lishini taqozo etadi. O’z navbatida, amalga oshirilgan o’zgarishlar tegishli shaxslar tomonidan o’ziga xos tarzda idrok etilishini kun tartibiga ko’ndalang qilib ko’yadi. 2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi1. Bizning mamlakatimizda zamonaviy byudjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, byudjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. Ularning orasida O’zbekiston iqtisodiyotini xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag’batlantirish alohida o’rinni egallaydi. 1 Karimov I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. www.uza.uz 2014 yil 18 yanvar. Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishni kengaytirish (rivojlantirish) ko’p jihatdan soliq tizimiga bog’liq. Bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishning muhim omili bo’lgan soliq tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov Vazirlar mahkamasidagi ma’ruzalarida: qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi... Missiya 2012 yilda yalpi ichki mahsulot 8,2 foizga o’sdi va o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari saqlanib qolishini bashorat qilmoqda”. Ta’kidlash joizki, o’tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati, kutilganidek, amalda 8,2 foizni tashkil etdi, 2000—2012 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobarga oshdi. O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi”2. Soliqlar majburiylik harakteriga ega bo’lib, iqtisodiy munosabatlarning shunday bir nozik sohalarini o’zida aks ettiradiki, ularni his qilishni taqozo etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich islohotlarning muvaffaqiyati turli mulkchilik shakllaridagi iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatlarini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga yaratilgan shart-sharoitlarga uzviy bog’liqdir. 2 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish – T.: O’zbekiston. 2013. – 64 b. Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiyotning barqarorligiga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib qoladi”3 Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bilan birga mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirishda va moliyaviy holatni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu fikrlardan ham ko’rishimiz mumkinki, soliq tizimi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling