Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


Davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning ulushi11


Download 0.66 Mb.
bet6/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1635154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
D B KURS ISHI W

Davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlarning ulushi11


      1. Jadval






Ko’rsatkichlar

2011 yil

2012 yil

2013 yil



mln.so’m

jami nis-n, %da

mln.so’ m

jami nis- n, %da



mln.so’m

jami nis-n,
%da

Davlat maqsadli jamg’armalar daromadlarisiz -
jami

16178.6

100


20614.1


100,0


25109.9




100

1.To’g’ri soliqlar

4238.7

26,2

5196.4

25,2

6583.1

26,2

2. Egri soliqlar

8656.9

53,5

11187.8

54,3

13039.4

51,0

3. Mol-mulk solig’i va
resurs to’lovlari

2308.9

14,3

2746.4

13,3

3755.5

15,0

4. Ustama foyda solig’i

142.3

0,8

250.0

1,2

294.5

1,3

5. Boshqa daromadlar

831.8

5,1

1233.5

6,0

1432.4

5,6




11 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabr №1449-sonli, 2011 yil 30 dekabr №1675-sonli, 2012 yil 25 dekabr №1887-sonli qarorlari asosida tayyorlandi

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, 2011- 2013 yillar mobaynida soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarning byudjetdagi ulushini tahlil qilganimizda davlat byudjetida to’g’ri soliqlarning ulushi pasayish tendentsiyasiga, aksincha esa egri soliqlarning ulushi esa yuqori o’sish tendentsiyasiga ega bo’lganligini kurishimiz mumkin.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i ham o’sish xususiyatiga ega bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko’rinishlarini (qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad solig’i va boshqalar) byudjet kategoriyalarning navbatdagi ko’rinishlari sifatida talqin qilish uchun asoslar etarli emas.
Chunki o’zlarining mazmuniga ko’ra iqtisodiy kategoriyalar ob’ektiv bo’lib, ular iqtisodiy qo-nunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo’lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’ektiv bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir ko’rinishiga tegishli bo’lgan xusu-siyatlar ob’ektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning–Davlat byudjeti daromadlarining- namoyon bo’lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to’g’ri ekanligini ko’p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.

  • Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi byudjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham byudjetning shunday daromad-lari tarkibiga kiradi.

Davlat bor ekan Davlat byudjetiga to’lovlar ham mavjud bo’ladi. Lekin byudjetga to’lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o’zga-rib boradi.
Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byud-jetga to’lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rolni o’ynashi, vaqt o’tishi bilan esa ular o’z ahamiyatini
yo’qotib, boshqa to’lovlar bi-lan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, “Davlat byud-jeti daromadlari” kategoriyasining namoyon bo’lish shakllarining o’zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib qol-ganligini anglatadi.
Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokazo) va uning mol-mulkining (er, uylar, qimmatli qog’ozlar va hokazo) qiymati to’g’ri soliqlar ob’ekti bo’ladi. Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to’g’ri soliqlarga tortishda soliq to’lovchi o’z solig’ining summasini aniq biladi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’ri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi.
Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to’g’ri soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.
Tarixiy jihatdan olganda to’g’ri soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.
To’g’ri soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo’linadi.
Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (er, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: erga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog’ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilarga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo’yicha aniqlanadigan o’rtacha daromadliligi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o’tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiyot etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo’yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir to’lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdonlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlarini farqlanadi: daromad solig’i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o’sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg’a qilishdan olinadigan soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshiga olinadigan soliqlar shular jumlasidandir. Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi- sotdi qilish pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim.



    1. Download 0.66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling