Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


Davlat byudjetining soliqli daromadlarini shakllantirishdagi muammmolar, bartaraf etish yo’nalishlari


Download 0.66 Mb.
bet7/9
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1635154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
D B KURS ISHI W

Davlat byudjetining soliqli daromadlarini shakllantirishdagi muammmolar, bartaraf etish yo’nalishlari


Jamiyat rivojlanishi tarixida deyarli birorta ham davlat bo’lmaganki, u soliqsiz faoliyat yurgizgan bo’lsa, soliqlar davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida davlat byudjeti ixtiyoriga jismoniy va huquqiy shaxslar tomonidan yo’naltiriladigan ekvivalentsiz majburiy to’lovlar


bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. O’tish davri iqtisodiyotida soliqlarning ahamiyati ortib boradi, ular yordamida iqtisodiyot tartibga solinadi, davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning amalga oshirilishi uchun zamin yaratadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda:
“So’nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror sur’atda o’sib bormoqda. Jumladan, o’tgan yili 2000 yilga nisbatan o’rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o’rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshdi”12.
Bu ijobiy yutuqlar sam arasi bevosita mamlakatimizda soliq siyosatining to’g’ri yo’lga qo’yilganligidan dalolatdir.
Soliqlarning sotsial-iqtisodiy mazmuni, ichki tarkibi, vazifalari uning qator bajariladigan funktsiyalari orqali aniqlanadi. Ularning tarkibida eng muhimlari - daromad to’plash va rag’batlantirish, yoki o’zgacha, ular bir-biriga qarama-qarshi funktsiyalar deb hisoblanadi.Agar daromad to’plash funktsiyasiga katta e’tibor berilib, soliq to’plash kuchaytirilib yuborilsa, ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qiladi, tadbirkorlik faoliyati chegaralanadi. Masalan, Qadimgi Misr davlatida fuqarolar davlatga olingan hosilni 1/3 qismini to’laganlar. Ptolomey davlatga hukmronlik qila boshlagan davrda bu to’lov hajmini 1/2 qism qilib belgiladi. Tarixda yozilishicha ushbu o’zgarish Qadimgi Misr davlatini emirilishiga asos bo’lgan.
XX asrning ikkinchi yarmida er yuzida harbiy raqobatchilik o’rniga iqtisodiy sohadagi raqobatchilik yuzaga keldi. AQSh sobiq Prezidenti R.Reygan ma’muriyati ishchanlikni, serg’ayratlikni kuchaytirish va inflyatsiyani pasaytirish maqsadida soliq stavkasini keskin pasaytirgan. Bu siyosat natijasida 1981-1987 yillarda yalpi milliy mahsulot (YaMM) 1,7 marta ko’payib, davlat xazinasi



12 “Asosiy vazifamiz—vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” I.A.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2010 yil 29 yanvar
tushumi 400 foizga oshgan. Bu soliq islohoti bilan Reygan soliq «jangi»da g’alabaga erishib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish sur’atlarini ko’tardi va chet el kapitalini oqib kelishini kuchaytirdi. Ushbu ma’lumotlar soliqlarning juda ham yuqori va juda past bo’lishi jamiyat talabiga to’g’ri kelmasligidan darak beradi. Shu sababdan soliqlarning eng maqbul (optimal) darajasini aniqlash muammosi soliqlar paydo bo’lganidan boshlab muntazam ravishda ilmiy va amaliy izlanishlar mavzui bo’lib kelgan.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, soliq darajasi hamma davlatlarda yoki bir davlatni o’zida har xil davrlarda bir xil bo’lishi mumkin emas. Uning darajasi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoliga bog’lik. Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida soliq sifatida ichki yalpi mahsulotning (YaIM) 30- 45% gachasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.
Oxirgi yillarda bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotga soliq yukini kamayganligini kuzatish mumkin. Bu ko’rsatkichlar AQSh, Germaniya, Yaponiyada 25-30% ga to’g’ri keladi. O’zbekistonda iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliq siyosatini asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Mustakillikka erishilgandan so’ng soliqlarning fiskal funktsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ustivor darajada rivojlanib ketdi. Natijada soliq yuki oshib bordi va ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir qila boshladi. Bu hol o’z navbatida qator kichik korxonalar faoliyatini to’xtatib qolishiga sabab bo’ldi. Iqtisodni boshqarishda yangi soliq siyosatiga o’tishga to’g’ri keldi.
Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, xususiylashtirishni faollashtirish, faol investitsion siyosatni olib borish orqali iqisodiyotni barcha tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, yanada qulay investitsion muhitni shakllantirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun kerakli shart- sharoitlarni ta’minlash hamda milliy iqtsodiyotning eksport salohiyatini va mahsulot eksportini kengaytirish uchun samarali ta’sir ko’rsatadi. Prezidentimiz ta’biri bilan bilan aytganda: 2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq
stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi13.
Soliq yukini umumiy iqtisodga emas, har bir korxonaga bo’ladigan og’irligini kamaytirish ustida yildan-yilga qator tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bulardan eng sezilarli darajadagisi daromad (foyda) solig’i stavkasini tushirib kelish hisoblanadi.
Lekin shunga qaramay hamma korxonalarni moliyaviy faoliyati sog’lomlashib borayotgani yo’q. Bunga bozor munosabatlari to’liq rivojlanmaganligi, mulk shakllari, ularning to’liq shakllanmaganligi, mahsulot realizatsiyasiga ma’muriy aralashuv mavjudligi, debitor va kreditor qarzlarni hajmi kattaligi bilan bir qatorda soliq tizimini boshqarish, tashkil qilish, soliqlarni hisoblash va byudjetga yo’naltirishdagi ayrim kamchiliklar ham ta’sir ko’rsatmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda bevosita va bilvosita soliqlarning bir-biriga nisbati 70:30ni tashkil qiladi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarda bu nisbatning aksini kuzatish mumkin.
Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan nazariyadan kelib chiqib, respublikamizda ularni fiskal ahamiyatiga qarab katta e’tibor berilmoqda. Soliq solinadigan bazalarni aniqlashda, soliq summasini hisoblashda, byudjetga undirilishda, imtiyozlar berishda qator kamchiliklar mavjud:

  1. Bular qatoriga qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’laydigan ayrim korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olmaslik ham kiradi. Ayrim korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa






13 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish
– T.: O’zbekiston. 2013. – 64 b.
tortilmay, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xom-ashyo bo’yicha ham QQS to’lash;

  1. Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish;

  2. Aktsizosti tovarlarning realizatsiyasidan QQS undirish chog’ida, soliqqa tortish ob’ektiga aktsiz summasini qo’shilishi;

  3. Birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini soliqqa tortish va hokazo.

Masalan, bular tarkibida mahsulotni etkazib berish davrida QQSning hisoblanishi, hali kelib tushmagan mablag’lar uchun korxona xomashyo materiallarini QQS to’lamaydigan korxonalardan sotib olgan sharoitda, aylanma mablag’lar hisobidan QQSning to’lanishi natijasida ularning (aylanma mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmokqa. Jo’natilgan tovarlar uchun mablag’lar o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida QQS bo’yicha boqimanda miqdorlari ko’payishi, boqimanda hisobidan penya hisoblab olinishi, korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Korxonalarni aylanma mablag’lari boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi, ixtiyorida qoladigan sof-foydani kamayishi QQSni hisoblash usulini o’zgartirishni talab qilmoqda. U ishlab chiqarilgan mahsulot uchun QQSni to’lash majburiyatini jo’natilgan mahsulot uchun mablag’ kelib tushgan paytda amalga oshirilishni ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 567-sonli qarorida korxonalarning o’z aylanma mablag’laridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida QQS bo’yicha to’lovlar sonini va muddatini bir oyda 2 martadan bir martagacha kamaytirildi.
Dunyoda eng qadimiy va rivojlangan mamlakatlarda umumiy soliqlar tushumini taxminan 1/3 qismini tashkil qiladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ham talaygina muammolarni echishni talab qiladi. Mamlakatimizda xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ushbu soliqli ob’ektlarini kengaytirib, sub’ektlarini ko’paytirib boradi.
Kelajakda sekin-asta soliqlarni asosiy qismini huquqiy shaxslar emas, jismoniy shaxslar to’lay boshlaydi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda deklaratsiya tizimini to’liq tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Yuqori va o’rta darajali daromadga ega bo’lgan fuqarolardan soliq yukini kamaytirish va aholining real daromadlarini oshirish maqsadida, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining ikkinchi guruhi (6 minimal ish xaqidan 10 minimal ish haqigacha) bo’yicha stavkasini 17%dan uchinchi guruh (10 minimal ish xaqidan ortiq) bo’yicha esa 22%ga tushiriladi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o’tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog’i ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan 30-50% gacha etib bordi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.
Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan mobilizatsiya (jalb) qilinadigan pul mablag’larining real summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’minlaydi. Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning butun aholisidan o’zlashtirilgan milliy daromadning bu bir qismi davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O’ziga xos tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent almashuvsiz qiymatning bir tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga) harakatini ifodalaydi.
Davlatning soliqli daromadlari ishlab chiqarish jarayonida (mehnat, kapital va tabiiy resurslar ishtirokida) yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi.
Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar uchun foydalaniladi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymati bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va real mavjud bo’lgan pul munosabatlarini ifodalaydi. Bu soliq munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o’zgarishda bo’ladi.
Soliqqa tortishni boshqarish tashkiliy-huquqiy normalari va metodlarining jami majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatib, uni tartibga solib turadi.
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qarama- qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog’liq. Bir tomondan soliqlar va ular funktsiyalarining, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlarning ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunishga imkon beradi.
Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o’rnini aniqlab beradi va bu narsa davlatning faoliyati bilan uzviy bog’langandir. Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yangi iqtisodiy kontseptsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko’rib chiqiladi.
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularni o’rnatish, o’zgartirish va bekor qilishning printsip, shakl va metodlari, to’lash va ularning to’lanishini ta’minlash bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi.
Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar to’plamidan iborat bo’lib, soliqlarning ko’pligi bilan xarakterlanadi. Soliq to’lovchilar daromad solig’idan tashqari yana ko’plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’laydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ta’minotga yo’naltirilgan mablag’larni boshqarish, pensiya va nafaqalarni belgilangan tartibda to’lash, mablag’larni kelib tushushi hamda xarajat qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Pensiya fondi va ijtimoiy sug’urta fondlari amal qilmoqda.
Korxonalarni ishlab-chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash va ularni byudjet daromadlaridagi ulushini ko’paytirish maqsadida kelajakda ko’chmas mulkni soliqqa tortish muhim ahamiyatni kasb etadi.
Bu masalani echish uchun bosqichma-bosqich qator vazifalarni bajarishga to’g’ri keladi. Eng avvalo soliq solinadigan bazani aniqlashda asosiy fondlarni boshlang’ich qiymatidan emas, «bozor qiymati»dan kelib chiqish kerak.
Bunga erishish katta uslubiy va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Kelgusida bozor qiymatiga asoslangan ko’chmas mulkni soliqqa tortish tizimi soliq tizimini takomillashtirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bozor qiymati asosida ko’chmas mulkni soliqqa tortish fiskal ahamiyatidan tashqari resurslardan samarali foydalanish quroli hamdir.
Hozirgi kunda mol-mulkka solinadigan soliq, erga solinadigan soliqlarni bosqichma-bosqich takomillashtirib, kelajakda ko’chmas mulkka solinadigan soliqqa o’tishga sharoit yaratilmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, AQSh byudjeti daromadida mol-mulkka solinadigan soliq 13,1 foizni, O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich urtacha 3,0% ga yakin salmoqqa ega. Bu to’lovni fiskal ahamiyati ham oshib borishi kerak. 2009 yilda huquqiy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 3,5% ni tashkil qildi
Soliq tizimini takomillashtirish borasida resurs to’lovlarini rolini oshirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish va tartibga solish, alohida soliq turlari va soliq imtiyozlarini bekor qilish, soliqqa tortishning umumiy tarkibidagi chekinishlarni bartaraf qilish kabi vazifalar turibdi.
Mamlakatimizda soliq tizimini barqarorligini ta’minlash umuman iqtisodiyotga va alohida korxonalar bo’yicha soliq yukini kamaytirish soliq tizimini ayrim elementlarini takomillashtirish bilan chegaralanib qolmaydi.
Bu vazifalarni to’liq echish uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni o’sishi va aholini daromad darajasini yanada ko’tarish maqsadga muvofiqdir.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mablag’lar bir qismining davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o’tkazuvchi to’lovlarga soliqlar deyiladi.
Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo’lib, byudjet tizimining barcha bo’g’inlari bo’ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy to’lovlaridan iboratdir.
Soliqlar hisobidan davlatning funktsiyalari va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko’rsataolmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning asosiy metodi bo’lib hisoblanadi.


XULOSA


Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi yagonaligi, birligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga– ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov soliqlarning davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda hamda daromadlarni shakllantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan holda «Soliqlar xazinani to’ldirish siyosatining asosiy unsuri bo’lib, davlat byudjetining daromad qismi eng muhim
umumdavlat, xalq xo’jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur bo’lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashi lozim»14, - degan edi.
Shu o’rinda iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish tizimida qator muammolarning mavjudligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • davlat byudjeti soliqli daromadlarining tarkibida egri soliqlardan tushumlarning nisbatan katta salmoqqa ega ekanligi;

  • davlat byudjeti daromadlarini aniq tasniflash mezonlari asosida shakllantirish amaliyotining mavjud emasligi va hokazolar.

Shu boisdan ham davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning takomillashtirish hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bitiruv-malakaviy ishida amalga oshirilgan tahlil natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’lindi:

  1. Davlat byudjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo’lib, uning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi rolining oshishi davlatning umumijtimoiy va umumiqtisodiy xarajatlari hajmining oshib borayotganligi bilan izohlanadi.

  2. Davlat byudjeti daromadlarining qay tarzda va qay darajada shakllanganligi uning jamiyat hayotidagi rolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Shu boisdan ham davlat byudjetining daromad bazasini mustahkamlash masalasi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

  3. Soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimi samarali faoliyatining garovi hisoblanadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq-byudjet munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq-byudjet siyosatining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.




14 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998. -358 b.

  1. Soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining manbai sifatidagi mohiyatini ochib berishga bag’ishlangan ilmiy qarashlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida quyidagi nazariy xulosalarni chiqarish mumkin:

  • soliqlar davlatning funktsiyalarini bajarishning birlamchi va asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi;

  • soliqlarning milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi;

  • soliqlardan byudjetning iqtisodiy xarajatlarini moliyalashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo’yadi;

  • soliqqa tortish tamoyillarini buzilishiga yo’l qo’ymaslik soliq tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi;

  • respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo’lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

  1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning byudjet amaliyotida hukumatning kafolatlari asosida yuzaga kelgan davlat kreditlari summasining byudjet daromadlarining hajmidagi salmog’i juda kichik. Bu esa, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi moliyaviy va mulkiy imkoniyatlarining yuqori ekanligidan dalolat beradi. Respublikamizda esa jami kredit qo’yilmalarining 40 foizga yaqin qismi hukumatning kafolati asosida xorijiy davlatlardan jalb qilingan kreditlarning hissasiga to’g’ri keladi. Bu holat, avvalo, xususiy sektorning moliyaviy va mulkiy imkoniyatlarini past ekanligini ko’rsatadi.

  2. Rivojlangan industrial mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishga xos bo’lgan muhim jihatlardan biri shundaki, ushbu mamlakatlarning deyarli barchasida aholidan olinadigan daromad solig’i soliq tushumlarining 15 foizdan 64 foizgacha bo’lgan qismini tashkil etadi. Ushbu holat, fikrimizcha, mazkur mamlakatlar aholisining nominal daromadlari hajmining

uzluksiz o’sib borayotganligi va soliq stavkalarining progressiv ekanligi bilan izohlanadi.

  1. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqli daromadlarini tahlil qilish natijalari hozirgi davrda egri soliqlar bo’yicha tushum summasi byudjet daromadlarining tarkibida nisbatan yuqori salmoqni egallashini ko’rsatdi. Buning asosiy sababi shundaki, egri soliqlar sof fiskallik xarakteriga ega bo’lib, mahsulotlarning bahosida hisobga olinganligi sababli to’g’ri soliqlarga nisbatan barqaror tushumga egadir.

  2. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, maqsadli fondlarning pul mablag’larini soliqsiz daromadlarning tarkibiga kiritish, bizning fikrimizcha, maqsadga muvofiq emas. Buning boisi shundaki, birinchidan, mazkur fondlarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bo’lib, bunda soliq to’lovchilar o’rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli fondlarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo’lgan muhim xususiyatga, ya’ni to’lovni amalga oshirishda sub’ektlarning mulk shaklini o’zgarishi xususiyatiga egadir.

  3. Soliq yukining og’irlashishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ayrim toifalari tomonidan yanada yuqori foyda olish istagi soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini yuzaga kelishiga turtki beruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Shu sababli, mazkur omillar yuzaga kelishining oldini olish soliqqa oid jinoyatlarning keskin kamayishiga olib keladi.

Yuqorida zikr etilgan xulosalarga tayangan holda davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, daromadlarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  1. Davlat byudjeti kamomadining yuzaga kelishini mamlakatda o’tish davri bilan bog’liq iqtisodiy muammolarning keskinlashuvi bilan bog’lash maqsadga

muvofiqdir. Buning boisi shundaki, o’tish davrida soliq tushumlari keskin kamayadi, hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish darajasi pasayadi. Bu holatlar, pirovard natijada, davlat byudjeti daromadlarining rejalashtirilgan miqdorda tushmasligiga sabab bo’ladi.

  1. Mahalliy byudjet tartibga soluvchi daromadlarining miqdori kamida uch moliya yili mobaynida o’zgarmaydigan qat’iy normativ ko’rsatkichlar shaklida belgilab qo’yilishi lozim. Mazkur normativlarni ishlab chiqish uchun asos qilib ilmiy jihatdan asoslangan ijtimoiy normativlar olinishi maqsadga muvofiqdir.

  2. Dotatsiyalar va subventsiyalar mahalliy moliya organlarini zarur pul mablag’lari bilan ta’minlab turish vositasi sifatida saqlab qolinishi kerak. Ulardan mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlar va uni tartibga soluvchi daromadlari bo’yicha belgilangan rejaning bajarilmay qolishi natijasida yuzaga keladigan pul etishmovchiliklarini qoplash maqsadida foydalanishga ruxsat etilmasligi lozim.

  3. To’g’ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlari hajmidagi salmog’ini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:

  • to’g’ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog’ining pasayish tendentsiyasiga barham berish uchun amaldagi soliq imtiyozlarini va to’lovsizlik, ya’ni byudjetdan qarzdorlik muammosini qayta ko’rib chiqish;

  • er solig’ining stavkalarini belgilashda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun foydalaniladigan erdan olinadigan daromadning miqdorini hisobga olish;

  • yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ining rag’batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdorini joriy qilish;

  1. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarining o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi va hukumat yirik investitsion xarajatlarining mavjudligini hisobga olib davlat byudjeti daromadlarining tarkibida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i bo’yicha tushumlar summasining barqaror salmog’ini ta’minlash zarur.

  2. Qo’shilgan qiymat solig’ini undirish yuzasidan Evropa Ittifoqi davlatlarining ilg’or tajribalaridan respublikamiz sharoitida foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Xususan, soliq stavkalarini ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning turlari bo’yicha tabaqalashtirish va soliqqa tortilmaydigan oborotni belgilash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

  3. Davlat byudjetiga to’lovlarni o’z vaqtida va to’liq undirishini ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ichki soliq nazoratini kuchaytirish;

  • davlat soliq nazoratini takomillashtirish;

  • umumdavlat soliqlarini asosiy to’lovchilar hisoblangan korxonalar faoliyatini joylarda tekshirishning samaradorligini oshirish.

  1. Mamlakatimizda xo’jalik subektlarining investitsion faolligini oshirishda soliqlarning ta’sirini kuchaytirish maqsadida mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat turlarining darajasini mo’’tadillashtirish maqsadida bank kreditlari bo’yicha foiz to’lovlarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxiga kiritish kerak.

  2. Xo’jalik sub’ektlarining investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan amortizatsiya ajratmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish lozim.

  3. Yuridik shaxslarning depozit sertifikatlari bo’yicha oladigan daromadlari daromad solig’idan ozod qilinmasligi kerak. Chunki, yuridik shaxslarning tijorat banklarining depozit sertifikatlarini sotib olish uchun sarflagan mablag’lari soliqqa tortilmaydigan mablag’lardir va ular moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan korxonalarda zaruriy xarajatlardan ortiq bo’lgan mablag’lar sifatida mavjud bo’ladi.

Ko’rsatib o’tilgan takliflar mamlakatimizda byudjet-soliq tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’nalishlarini takomillashtirishga xizmat qiladi, deb hisoblash mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling