162
T/N
1. Ish kuchi migratsiyasining qanday va qay sharoitda yuz berishini
o‘rganish orqali, uning har bir turi va
shakliga xos ravishda chora-
tadbirlar ishlab chiqish mumkin.
2. Fan-texnika taraqqiyoti ish kuchidan
yuqori malaka talab
qilmaydi. «Aqlli» mashinalarning muruvvatini burashni o‘rganib olsa
bo‘ldi, qolganini ularning o‘zi avtomatik tarzda bajaraveradi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor xaridorning izmida.
Bunday
bo‘lishi, ya’ni xaridor tanlash imkoniga ega bo‘lishi uchun bozor to‘kin,
taklif ko‘p bo‘lishi kerak. Mehnat bozorida ham ish kuchiga bo‘lgan
talabga nisbatan ish kuchi taklifi ko‘pligi yuqori malaka, mohirlikka ega
bo‘lish, talabga mos mutaxassisliklarni egallashga olib keladi.
4. Mehnat bozorini tartibga solishga davlatning
aralashishi kerak
emas. Bozor mexanizmining o‘zi yetarli darajada tartibga soladi.
5. Ishsizlik nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham katta tala-
fot keltiradi.
6. Uzoq muddat davom etgan ishsizlik oqibatida ishchi o‘z
malakasini yo‘qotib boradi.
7. Ishsizlikning ko‘payishi jinoyatning o‘sishi
uchun qulay sharoit
yaratadi.
8. Ishsizlar bo‘lsa-yu, ishsizlik
nafaqasini olib tursa,
aholining tur-
mush darajasi pasaymaydi.
9. O‘zbekiston aholisining asosiy qismi qishloq joylarda
yashagani
uchun qishloqda ish o‘rinlarini yaratish muhim.
Shuning uchun ham
maxsus dasturlar ishlab chiqish amalga oshiriladi.
10. Кadrlar tayyorlash milliy dasturi respublikamizda ish kuchini si-
fat jihatdan ham talabga mos kelishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: