Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

 
Masala va mashqlar 
 
1. Mamlakatda band bo‘lganlar 15 mln. kishi edi. Ishsizlar 3 mln. 
kishini tashkil etadi. Bir oy o‘tgach 15 mln. ishlab turganlardan 0,5 mln. 
kishi ishdan bo‘shatildi; mehnat birjasidan rasman ishsiz, deb ro‘yxatdan 
o‘tgan 1 mln. kishi ish qidirishni to‘xtatdi. 
Ishsizlik darajasini, band bo‘lganlar soni, ishsizlar sonini aniqlang. 
2. Mamlakatda iqtisodiy faol aholi 11 mln. kishini tashkil etadi. 
Undan 2 mln. kishi ishlamaydi. Yaratilgan YaIM 16 mlrd. dollarni 
tashkil etadi.
Agar ishsizlikni tabiiy darajasi mamlakat uchun 5 % ni tashkil etsa, 
Ouken qonuniga binoan potensial YaIM ni hisoblang. Ishsizlik tufayli 
qancha YaIM kam yaratilgan?
Ouken qonuni nimani ifodalaydi, koeffitsiyenti-chi? Izohlang. 


160 
3. Mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solinishining 
me’yordagi darajasiga nisbatan ish bilan ta’minlanganligi 75% ni tashkil 
etadi. Iqtisodiyotda potensial YaIM ishlab chiqarish quvvatlarini 90% 
band bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Yilning oxiriga kelib yaratilgan mahsulot 600 mlrd. dollarni, ish-
sizlik iqtisodiy faol aholiga nisbatan 11,5 %ni tashkil etadi. Agar ishlab 
chiqarish quvvatlari qisqarmagan bo‘lib, Ouken qonuni bo‘yicha hisob-
langan koeffitsiyent shu mamlakat uchun ham to‘g‘ri desak:
1. Potensial YaIMni. 
2. To‘la bandlik ta’minlanmagani sababli yo‘qotilgan YaIM hajmini 
potensial YaIM ga nisbatan.
3. Siklli ishsizlik tufayli yo‘qotilgan YaIM hajmini (mlrd. dollar va 
% da). 
4. Ishsizlikni tabiiy darajasini hisoblang. 
5. Quyidagilarni o‘qing:
Ularni uch kategoriya: «Bandlik» (B), «Ishsizlik» (I), «Ishsizlar 
tarkibiga qo‘shilmaydigan» (Q) kategoriyalardan qaysi biriga kiritish 
mumkin, ko‘rsating: 
a) faqat o‘z uyidagi ishlar va bolalari tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi 
uy bekasi;
b) moliya institutida o‘qiyotgan talaba; 
d) to‘la ish kunida ishlamayotgan ishchi;
e) o‘z vaqtining ma’lum bir qismida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi 
bilan shug‘ullanayotgan uy bekasi; 
f) o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shayotgan ishchi; 
g) ishdan tashqari vaqtda shofyorlikka o‘qiyotgan sotuvchi; 
h) sog‘lig‘ining yomonligi tufayli boshqa ishlay olmaydigan 
xizmatchi; 
i) korxona yopilganligi sababli ishdan bo‘shab, mehnat birjasida 
ro‘yxatdan o‘tib, ish qidirayotgan to‘quvchi; 
j) ishdan bo‘shatilib, uzoq vaqt ish topolmay ish qidirishni 
to‘xtatgan ishchi.
6. Quyidagi ishsizlikning namoyon bo‘lishini uning qaysi shakl-
lariga kiritishimiz mumkin? 
a) ona bolalariga qarash uchun o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shadi;
b) inqiroz paytida korxona yopilib, ishchi ishdan bo‘shadi;
d) abiturient o‘qishi boshlangani tufayli ishdan bo‘shadi; 
e) muqobil energiyadan foydalanishga o‘tish tufayli shaxtyor ishdan 
bo‘shadi; 


161 
f) olayotgan maoshi qoniqtirmagani sababli ishchi ishdan bo‘shadi;. 
g) dastgohlar talabga javob bermagani uchun korxona yopilib
to‘quvchi ishdan bo‘shadi; 
h) iqtisodiyotdagi tanglik tufayli televizor ishlab chiqaruvchi 
qo‘shma korxona faoliyatini to‘xtatdi.
7. Topqirlik mashqi.
Chizmaning gorizontali bo‘ylab, katakchalarga mos ravishda 
iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtirsangiz, vertikaliga qora 
chiziq bilan ajratilgan katakchalarda ish kuchi taklifini unga bo‘lgan 
talabdan ortib ketishi tufayli, iqtisodiy faol aholining ma’lum bir 
qismini, ya’ni ishlashni xohlaganlarning ish topa olmasligi mazmunini 
ifodalovchi kategoriya kelib chiqadi.
Gorizontaliga: 
1) o‘z xohishi bilan ishlamaslik;
2) ishlab chiqarishda keragidan ortiqcha ishchining band bo‘lishi 
yoki hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan darajada ish bilan ta’min-
lanmaslik;
3) aniq tarmoqlarning ishlab chiqarishdagi mavsumiy tebranishlari 
bilan bog‘liq ishsizlik;
4) mehnat bozoridagi rezerv, iqtisodiy 
yuksalish davrida ishlab chiqarish quvvatini 
tezda o‘stirish, xaridorni tanlab olish imko-
nini beradigan ishsizlik turi;
5) tovar va xizmatlar ayirboshlash, jum-
ladan ishga yollashni tashkil qilish munosa-
bati va ana shu iqtisodiy aloqalarni ma’lum 
bir tartib asosida amalga oshiriladigan joy;
6) Iqtisodiyotning siklli o‘sishi bilan 
bog‘liq, uning fazalariga ko‘ra o‘zgaruvchi 
ishsizlik;
7) iste’mol talabi va tarkibida, texnologiyada muhim o‘zgarishlar 
yuz berishi tufayli ishchi kuchiga bo‘lgan umumiy talab tuzilmasining 
o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan ishsizlik; 
8) ish qidirish yoki kutish bilan bog‘liq ishsizlik.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling