Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

 
Masala va mashqlar 
 
1. Bitim tuzish uchun mo‘ljallangan har bir so‘m, yil davomida 
o‘rtacha 5 marta aylanadi va tovar xizmatlar sotib olish uchun sarf-
lanadi. YaMMning nominal hajmi 9664 mlrd. so‘mni tashkil etsin. 
Bitimlar uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlang. 
Muomala uchun zarur pul miqdori qanday omillarga bog‘liq? 
2. Pulga jamg‘arma tarzidagi talab turli foiz stavkalarida 
quyidagicha bo‘lsin. 
Foiz stavkasi 
Pulga talab mlrd. so‘m 
Jamg‘arma sharoitida 
Umumiy 
30 
25 
20 
15 
10 
50 
70 
90 
130 
150 
Agar bitimlar uchun pulga talab 1932,8 mlrd. so‘m bo‘lsa, pulga 
umumiy talabni hisoblang. 


187 
Pul muomalasini tartibga solishda sizningcha qanday choralar 
qo‘llagan ma’qul. Pulga talab va uning tarkibi qanday pul turida 
ifodalanishi rol o‘ynaydimi? 
3. Muvozanatli foiz stavkasi 10% bo‘lganda jamg‘arma sifatidagi 
pulga talab 150 mlrd. so‘m edi. Foiz stavkasi 12%ga ko‘tarilgach, uning 
miqdori 2%ga kamaydi. Shu bilan birga YaIM hajmi avvalgi 900 mlrd. 
so‘mga nisbatan 200 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Pulning aylanish tezligi 5 
bo‘lgani holda, pulga umumiy talab qanday o‘zgaradi. Hisoblang. 
Pulga talab va taklif muvozanatining buzilishi qanday oqibatlarga 
olib keladi, izohlang. 
4. Inflatsiyaning giperinflatsiyadan farqi nimada? Bu tushunchalarni 
farqlashga iqtisodchilar o‘rtasida shunday latifa bor. Inflatsiya kuchayib 
borayotgan sharoitda siz bir sumka to‘la qog‘oz pul bilan maosh 
oldingiz. Uyga qaytayotganda pulni tashqarida qoldirib, telefon 
avtomatdan tanishingizga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘xtadingiz. Agar 
gaplashib bo‘lib, kabinadan chiqqaningizdan so‘ng bo‘sh xalta yotganini 
ko‘rsangiz – bu inflatsiya. Agar pullar yerda sochilib yotib, sumkani 
o‘g‘irlab ketgan bo‘lishsa, bu giperinflatsiya. Siz ana shu latifani iqtiso-
diyot nazariyasi nuqtayi nazaridan qanday izohlagan bo‘lar edingiz? 
5. Inflatsiya jarayonining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘ldi, pul 
massasini ko‘payishimi yoki narx o‘sishi? 
a) mamlakatda muomaladagi pul massasi 90 mlrd. so‘mdan 1,4 
trillion so‘mga ko‘paydi. Yaratilgan YaMM darajasi o‘zgarmadi. 
b) narx darajasi 1,4 martaga o‘sdi. U o‘z navbatida muomala uchun 
qo‘shimcha pul massasini talab qiladi. Javobingizni izohlang.
6. Oltinchisi ortiqcha. 
Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga 
taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. 
Sababini izohlang.
Tushunchalar: pulini noyob narsalarga sarflaganlar; tovarlar
qimmatbaho qog‘ozlar, valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi 
vositachilar; kredit olgan iqtisodiy agentlar va jismoniy shaxslar; puliga 
ko‘chmas mulk sotib olganlar; kam daromad oluvchilar; pulini qadrli 
valutalarga almashtirganlar.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling