189
2. Pulga talab tushunchasi –
A) zarur bo‘lganda tezda almashtirish mumkin bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlarni sotib olib qo‘yish;
V) ma’lum bir foiz stavkasida tadbirkorlar
kreditga olib ishlatish
mumkin bo‘lgan pul summasi;
S) daromadning ma’lum bir qismini «har ehtimolga qarshi» saqlash;
D) jamg‘arma uchun zarur pul miqdori;
E) bitimlar va investitsiyalar uchun zarur pul miqdori.
3. Pulga jamg‘arma (moliyaviy aktivlarning pul shakli) sifati-
dagi talab uning:
A) muomala vositasi;
V) jamg‘arish vositasi;
S) qiymat o‘lchovi;
D) jahon puli;
E) to‘lov vositasi ekanligidan kelib chiqadi.
4. Bitimlar uchun zarur bo‘lgan pulga talab quyidagicha o‘zga-
radi:
A) foiz stavkasi o‘sganda, ortadi;
V) foiz stavkasi pasayganda, kamayadi;
S) nominal YaIM hajmi o‘sishiga
qarab pasayadi;
D) nominal YaIM hajmi kamayishiga qarab pasayadi;
E) foiz stavkasi o‘zgarmaganda kamayadi.
5. Pul va tovar massasi o‘zgarmagani holda pulning aylanish
tezligini ortishi...
A) pulning xarid qobiliyatining o‘sishiga;
V) narxlarning tushishiga;
S) narxlarning o‘sishiga;
D) narxlarning o‘zgarmasligiga;
E) iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
6. Inflatsiyadan eng ko‘p talafot ko‘radigan qatlam, bu...
A) tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar,
valuta oldi-sotdisi bilan
shug‘ullanuvchi vositachilar;
V) kredit olgan iqtisodiy agentlar va yuridik shaxslar;
S) pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulkka,
qimmatbaho narsalarga,
qadrli valutaga almashtirganlar;
D) davlat monopolistik tuzilmasini
ifodalovchi guruhlar;
E) kam daromad oluvchi kambag‘al qatlam;
Do'stlaringiz bilan baham: