Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar 1. O‘zbekiston va Qozog‘istonning ishlab chiqarish imkoniyatlari quyidagicha: O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir birlik xarajatlarga ishlab chiqarish imkoniyatlari Tovar O‘zbekiston Qozog‘iston Muzlatgich (ming dona) Poyabzal (mln. juft) 100 80 100 50 O‘zbekiston va Qozog‘istonda muzlatgich va poyabzal iste’moli Tovar O‘zbekiston Qozog‘iston Muzlatgich (ming dona) Poyabzal (mln. juft) 50 40 60 20 a) Ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan qanday va mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuv asosida savdo olib borish mumkinmi? b) mamlakatlar o‘rtasida tovar ayriboshlash munosabatlari o‘rnatil- gach, iste’mol tarkibini hisoblang. Mamlakatlar to‘la ixtisoslashuvga o‘tsa, import (eksport) 30 mln. juft poyabzal bo‘ladi. Jahon narxi: 600 ming juft poyabzal = 1 ming dona muzlatgich; d) har ikki mamlakat ishlab chiqarish va savdo imkoniyatlarini hisoblang. 341 2. A mamlakat avtomobil ishlab chiqaradi, ichki bozorda 5 ming dollardan sotiladi. Uning 1,0 ming dollari moddiy xarajatlar, 4 ming dollari esa qo‘shilgan qiymat. O‘z ishlab chiqaruvchilarini himoyasi uchun mamlakat boj tarifini kiritadi. Unga muvofiq avtomobil importiga 20% li advalor boji belgilanadi. (Advalor boji tovarning boj qiymatidan foiz sifatida undiriladi) Advalor (poshlina bojini aniqlash uchun tovarning bojxona qiymatini aniqlash zarur. Tovarning bojxona qiymati o‘z ichiga uning narxi, tovarni tashish uchun transport xarajatlari va sug‘urta xarajatlarini oladi.) boji, qo‘yilayotgan butlovchi uskunalarga 10%. Avtomobil ishlab chiqarishning boj orqali himoyalash darajasini aniqlang. 3. Mamlakat ichki bozorida A tovarga talab Q D = 20 – 3R formulasida ifodalanadi. Taklif yopiq ichki bozorda Q S = 2R + 2; (R – narx, ming so‘mda; Q – miqdor, ming dona). Shu tovarning jahon bozoridagi narxi P M = 2; hukumat ana shu vaziyatda importga ruxsat beradi, lekin bozorda A tovar bo‘yicha tartibga solish maqsadida quyidagi choralarni qo‘llashni ko‘zda tutadi: tovarning har bir donasidan ming so‘m miqdorida import boji olinadi; import kvotasi – 4 ming dona; A tovarni mamlakatda sotishning eng yuqori narxi 3,5 ming so‘m. Aniqlang: a) yuqoridagi shartlarni hisobga olib A tovar importiga ruxsat berilgach, uning ichki bozordagi narxini; b) shu narx bo‘yicha A tovarga talab miqdorini; d) shu narx bo‘yicha mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning taklifi miqdorini; g) importdan davlat budjetiga tushumlar summasini. 4. Aytaylik AQSH da 3 oylik depozitlar bo‘yicha foiz stavkasi 4%, O‘zbekistonda 6%. O‘zbekistondagi firma eksportdan 200 ming dollar ishlaydi. Bu mablag‘dan qanday samarali foydalanish mumkin, agar: a) so‘mga nisbatan dollar kursi o‘zgarmaydi, valuta kursi: 1 doll. = 1100 so‘m; b) valuta kursi: 1 dollar uch oydan so‘ng 1200 so‘m bo‘ladi; d) valuta kursi: 1 dollar =1000 so‘m bo‘lsa. 5. Bir soat mobaynida Yaponiya va Кanadada quyidagicha miq- dorda mahsulot ishlab chiqarish lozim (birlik, hisobida). 342 Кompakt disk Pishloq Yaponiya 8 4 Кanada 8 12 a) qaysi mamlakat kompakt disk, qaysi biri pishloq ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega? b) qaysi mamlakat kompakt disk, qaysi mamlakat pishloq ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega? d) Yaponiya qanday mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgani ma’qul? Кanadachi? 6. Topqirlik mashqi. Кatakchalarga mos ravishda iqtisodiy tushunchalarning harfini joylashtiring. 1) har bir mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtidoliyotining bir qismiga aylanib, yagona tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi, intellektual bozor sifatida ifodalanishi; 2) chetdan qo‘yilgan investitsiya evaziga olingan foydani chet elga olib ketilishi; 3) mehnat resurslarini chetdan, boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelishi; 4) eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangilari bilan almashtirish; 5) rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat taqsimoti chetdan kapital jalb qilishga qaratilgan bo‘lishi va rivojlangan mamlakatlardan importga yo‘l ochish kerakligini targ‘ib qiluvchi nazariya. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling