337
Mamlakatning
«oltin standart»ni qabul qilishlik sharti
pul birligining ma’lum oltin mazmuni o‘rnatilishi;
oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o‘rtasidagi
nisbatni
qattiq ushlab turishi;
oltinning erkin eksport va importini ta’minlash.
Xalqaro hisob-kitoblar uchun maxsus pul birligi – SDR (Spesial
Drawaing Right – maxsus o‘rin bosish huquqlari)
* U xalqaro iqtisodiy aloqalarda jamoa valuta birliklaridan
foydalanishni ko‘zda tutadi. SDR maxsus «valutalar savatchasi» orqali
aniqlanadi. Bu savatchada dollar 42%, G‘arbiy
Yevropa pul birliklari
(funt sterling, frank, marka) – 45%, iena 13% ni tashkil etgan. Lekin, u
baribir jahon puliga aylanmadi. Real hayotda asosan AQSH dollari
ko‘proq ishlatilib jahon puli vazifasini bajaradi.
* Jamoa valutalar hisob-kitob birliklari
sifatida milliy valutalar
kursini taqqoslash uchun ishlatiladi. Ular milliy valutalardan farq qilib,
banknot yoki moneta shaklida chiqarilmaydi (hozir «evro» bundan
istisno). Ular faqat schyotlar – hisob raqamlariga (book money)
yoziladi.
Valuta kursi bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat
valutasidagi narxi.
Valutaning
nominal
(ayriboshlash)
kursi
Ikki davlat valutasining nisbiy narxi, ya’ni bir
valutaning boshqa birligidagi bahosi.
Valutalar ayriboshlash kursi ularga bo‘lgan
talab
va taklifning erkin tebranishi natijasida o‘rnati-
ladi.