Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
qonuni deb yuritiladi. 2,5 raqami esa Ouken koeffitsiyenti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
qonuni deb yuritiladi. 2,5 raqami esa Ouken koeffitsiyenti deb
ataladi. Boshqacha aytganda: 1:2,5; 2:5; 3:7,5 va h.k. 158 O‘zbekistonda ish bilan bandlikni ta’minlash va uning tarkibini takomillashtirish yo‘llari I. Кeng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tad- birkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. II. Xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. III. Qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. IV. Ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. V. Vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan meh- natga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Mavzuni chuqur o‘rganish uchun topshiriqlar Asosiy tayanch tushunchalar 1. Ishchi kuchi 2. Mehnat resurslari 3. Iqtisodiy faol aholi 4. Ish kuchi migratsiyasi 5. Nufuz qonuni 6. Ishsizlik 7. Ishsiz 8. Friksion ishsizlik 9. Tarkibiy ishsizlik 10. Siklli ishsizlik 11. Ouken qonuni 12. Mehnat birjasi Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang: a) Ish kuchi taklifi unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi tufayli iqtisodiy faol aholining ma’lum bir qismini ish topa olmasligi; b) ishsizlik darajasi bilan YaMM hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi qonun. Ishsizlikni haqiqiy darajasi tabiiy darajasidan 1%ga ortishi YaMMni 2,5% kam yaratilishiga olib kelishi, ya’ni haqiqiy YaMM potensial YaMMga nisbatan 2,5%ga kam bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu bog‘lanish uning tadqiqotchisi nomi bilan Ouken qonuni deb yuritiladi. 2,5 raqami esa Ouken koeffitsiyenti deb ataladi; v) iqtisodiyotning siklli o‘sishi bilan bog‘liq ishsizlik; 159 g) ish kuchi tarkibi, malakasi, mahoratining sekin o‘zgarishi ish kuchiga talab tarkibi bilan mos kelmasligi tufayli kelib chiqadigan ishsizlik; d) mehnatga layoqatli bo‘lib, ish topa olmay mehnat birjalarida ro‘yxatda turgan kishilar; e) mehnatga layoqatli yoshdagi kishilar va ishlayotgan o‘smir va pensionerlarni tashkil etadi; yo) ishsizlikning doimo mavjud turi bo‘lib, ish qidirish va ish kutish bilan bog‘liq ishsizlik; j) insonning jismoniy va aqliy qobiliyati bo‘lib, uni insondan ajratib bo‘lmaydi. Shu qobiliyatning ishlatilishi mehnat jarayoni deb ataladi; z) milliy xo‘jalikda band bo‘lgan barcha kishilar va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholidan iborat; i) aholining tabiiy o‘sishi bilan ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Ruhoniy Tomas Maltus aholining o‘sishi geometrik progressiya, yashash uchun zarur ne’matlarning o‘sishi arifmetik progressiya asosida yuz berishi tufayli aholining qashshoq yashashi sababini izohlagan; y) turli sabablarga ko‘ra ishchi kuchining bir yerdan boshqa joyga ko‘chishi; k) ishchi, (xizmatchi) va korxona, (firma-tashkilot)lar o‘rtasida ish kuchini yollash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini o‘taydigan, mehnat bozorini tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydigan maxsus muassasa. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling