178
3-§. Inflatsiya, uning turlari va kelib chiqish sabablari
Inflatsiya (lotincha
inflatio – shishirilgan) tushunchasi birinchi
marta shimoliy Amerikada 1861–1865-yillardagi
fuqarolar urushi
davrida ishlatilgan va muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib
ketishini anglatgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushuncha XIX asrda,
birinchi jahon
urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan.
Inflatsiya – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib,
narx-navo o‘sib, pul qadr-qiymati, ya’ni xarid qobiliyatining
pasayishi, pulning obro‘sizlanishidir. Inflatsiya – bu barcha tovar va
xizmatlarga bo‘lgan narx indeksining ko‘tarilishidir.
Inflatsiya namoyon bo‘ladi:
tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga
nisbatan muomaladagi
naqd pullar yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari
ortib ketishida;
pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida;
narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.
Deflatsiya – inflatsiyaga
qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narxlar
umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
Inflatsiya davrida milliy pul birligi
quyidagilarga nisbatan
qadrsizlanadi.
Tovar (xizmat)larga;
oltin va boshqa qimmatbaho metallarga;
barqaror chet el valutalariga.
Inflatsiya sur’ati narx indeksi (P
i
) yordamida aniqlanadi.
Narx indeksi – bu joriy davrdagi narxlarning (P
1
) bazis
davrdagi
narxlarga (Po) nisbatidir.
х
100
Agar joriy davrda narxlarning o‘sish sur’ati 113,6 va bazis davrda
118,3 teng bo‘lsa, bunda inflatsiya sur’ati 4,1 foizni
)
100
6
,
113
6
,
113
3
,
118
(
tashkil qiladi.
Р
i
=
Р
0
Р
1
– Р
0