Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot nazariyasi (1)41
Masala va mashqlar:
1. Quyidagi jadvalda to‘rtta iste’molchining ma’lum bir mahsulotga talabining individual hajmi berilgan. Narx (ming so‘m), talab hajmi, dona 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 1 Abduhamid 0 0 0 1 2 3 4 5 6 7 2 Odiljon 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 3 Olimjon 0 0 1 2 3 4 5 6 7 8 4 Erkinjon 0 1 2 3 4 5 6 7 8 7 a) agar bu sof xususiy ne’mat bo‘lsa, bozor talabi hajmini aniqlang; b) agar u sof ijtimoiy ne’mat bo‘lsa, unga jamoa talabi miqdorini aniqlang. 2. Sof ijtimoiy ne’matlar taklifi quyidagicha Narx 23 20 17 14 11 8 5 2 X Taklif hajmi 9 8 7 6 5 4 3 2 X Birinchi masalada berilganlardan foydalanib: a) sof ijtimoiy ne’matlarning samarali hajmini aniqlang. b) agar u xususiy sektorda ishlab chiqarilganda hajmi qancha bo‘lar edi? 3. Кichik shaharchada 240 ming aholi yashaydi. Ular teng uch guruhdan (80 ming kishidan) iborat deylik. Ijtimoiy ne’mat: yoritish 262 uchun chiroq o‘rnatish qadr-qimmati har bir guruh uchun turlicha. Har bir guruh turli miqdorda chiroq o‘rnatish tarafdorlari: A guruh uchun induvidual talab P = 1-0,01Q formulasida ifodalangan. Bu yerda: P – narx, Q – shaharchada chiroqlar miqdori. Ikkinchi V guruh uchun P = 2-0,02Q. Uchinchi S guruh uchun esa, P = 3-0,03Q. Yo‘lga chiroqlar o‘rnatishdagi marjinal (me’yoriy) xarajatlar doimiy bo‘lib, 240 ming so‘mni tashkil qiladi. Shaharchada yo‘lga o‘rnati- ladigan chiroqlarning optimal miqdori nechta? 4. Quyidagi sanab o‘tilgan soha va tarmoqlardan qaysi birlarida davlat sektoriga qarashli korxonalar ko‘proq uchraydi? a) chakana savdoda; b) infratuzilmada; d) mehmonxona va ijtimoiy ovqatlanishda; e) qishloq xo‘jaligida. f) xomashyo qazib olish, undirma sanoatda; g) kiyim-kechak ishlab chiqarishda; h) poyabzal ishlab chiqarishda; i) ilmiy tadqiqot ishlarida; j) non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda. k) ichimlik mineral suv ishlab chiqarishda; 5. Quyida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadlari ko‘rsatilgan. O‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi va bir-biri- ga zid maqsadlarni ajratib ko‘rsating: a) iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish; b) narxning o‘sishini to‘xtatish uchun importni ko‘paytirish; d) to‘lov balansini taqchilligini tugatish; e) o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash; f) ishsizlikni qisqartirish; g) kapitalning markazlashuvini rag‘batlantirish; h) yangi texnologiyani joriy qilish va raqobatga dosh berolmaydigan tarmoqlarni tugatish. 6. Ijobiy yoki salbiy effekt ta’sirida kelib chiqadigan muam- molarning ma’lum bir qismini davlat aralashmay yechish mumkin, qachonki: 1) mulk huquqi aniq belgilanganda; 2) uncha ko‘p bo‘lmagan kishilar o‘rtasida; 3) bitim qiymati nisbatan kichik bo‘lsa; boshqa hollarda davlat miqyosida yechiladi. 263 Bildirilgan fikrlar kimniki va u qanday ataladi? Ijobiy va salbiy samara deganda nima tushuniladi? 7. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Ular ichida guruhga taalluqli bo‘lmaganini aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang. 1) Ilyosjon kontrakt asosida Toshkent Moliya institutida o‘qiyapti; 2) Ra’no xususiy poliklinikaga murojaat qilib, pullik meditsina xizmatlaridan foydalandi; 3) Abbos sport klubiga a’zo bo‘lib, tennis kortidan foydalanish huquqiga ega bo‘ldi; 4) Dildora qizini ingliz tili va raqsga o‘rgatadigan bog‘chaga berdi; 5) Asqar Yo‘ldoshev chegarani qo‘riqlamoqda; 6) Rahbaroy iqtisodiyotga tegishli ma’lumotlarni olish uchun axbo- rot yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga murojaat qildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling