Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


D.Rikardoning «nisbiy ustunlik nazariyasi»ning kamchiligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet229/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

D.Rikardoning «nisbiy ustunlik nazariyasi»ning kamchiligi: 
a) turli mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatidagi farqlarni
b) nisbiy xarajatlar o‘zgarishlarini hisobga olmaydi. 
Xeksher-Olin nazariyasi 
Shved iqtisodchilari E. Xeksher, B. Olin o‘z nazariyalarida xalqaro 
ixtisoslashuv afzalliklari, qiyosiy xarajatlar tahlili asosida xalqaro 
savdo bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin 
harakati imkoniyatlarini ham hisobga oladi. Ular mamlakatlarning 
material, kapital, mehnat va fan sig‘imli tovarlarga ixtisoslashuv 
sabablarini ham ochib beradi. 
Vasiliy Leontevning – «xarajat – ishlab chiqarish» metodi 
Taniqli iqtisodchi V.Leontev Xeksher-Olin nazariyasining asosiy 
xulosalarini o‘zining «xarajatlar - ishlab chiqarish» modeli (tarmoq-
lararo balans)da AQSH iqtisodiyoti misolida tadqiq qiladi. 
 
Xeksher-Olin nazariyasiga 
ko‘ra 
Mamlakat ishlab chiqarish omillaridan qaysi 
biridan samarali foydalansa, shu omillarning 
ulushi ko‘p bo‘lgan tovarlarni eksport qiladi
qaysi ishlab chiqarish omili taqchil bo‘lsa, shu 
omil asosiy o‘rin tutgan tovarlarni import qiladi
.


326 
Shu asosda AQSH eksportida mehnat sig‘imi importida esa kapital 
sig‘imi yuqori tovarlar ustun ekanligini ko‘rsatib beradi. 
Xeksher-Olin nazariyasiga ko‘ra AQSH kapital sig‘imi yuqori 
tovarlarni eksport, mehnat sig‘imi yuqori tovarlarni import qilishi 
lozim edi. 
Bu qarama-qarshilik iqtisodiy fondi «Leontev paradoksi» deb 
ataladi. Кeyingi tadqiqotlar bunday holat shu davrda (50-yillarda) 
boshqa mamlakatlar uchun ham xos ekanligini ko‘rsatdi. Buni izohlash 
uchun qilingan harakatlar Xeksher-Olin nazariyasini yanada boyitishga 
olib keldi. 
«Leontev paradoksi»ni izohlashga qaratilgan dalillar 
°Ishlab chiqarish omillari, asosan mehnat sifat o‘lchamlari 
bo‘yicha bir xil bo‘lmasligi sababli rivojlangan mamlakatlarda 
mehnat sig‘imi yuqori bo‘lmagan, yuqori malaka talab 
qiladigan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa aksincha yuqori 
malaka talab qilmaydigan mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan 
tovarlar eksport qilinadi. 
° Tabiiy resurslarni o‘zlashtirish ancha katta kapital 
mablag‘larni talab qiladi. Shu sababli bunday resurslarga boy 
bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar asosan undirma sanoat 
mahsulotlarini eksport qiladi. 
° Davlat iqtisodiy siyosati importni cheklash va nisbatan 
taqchil ishlab chiqarish omillaridan intensiv foydalanilayotgan 
tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilsa - bunda xalqaro 
ixtisoslashuvga ta’sir ko‘rsatish maqsad qilib qo‘yiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling