326
Shu asosda AQSH eksportida mehnat sig‘imi importida esa kapital
sig‘imi yuqori tovarlar ustun ekanligini ko‘rsatib beradi.
Xeksher-Olin nazariyasiga ko‘ra AQSH kapital sig‘imi yuqori
tovarlarni eksport, mehnat sig‘imi yuqori tovarlarni import qilishi
lozim edi.
Bu qarama-qarshilik iqtisodiy fondi «
Leontev paradoksi» deb
ataladi. Кeyingi tadqiqotlar bunday holat shu davrda (50-yillarda)
boshqa mamlakatlar uchun ham xos ekanligini ko‘rsatdi. Buni izohlash
uchun qilingan harakatlar Xeksher-Olin nazariyasini yanada boyitishga
olib keldi.
«Leontev paradoksi»ni izohlashga qaratilgan dalillar
°Ishlab chiqarish omillari, asosan mehnat sifat o‘lchamlari
bo‘yicha bir xil bo‘lmasligi sababli rivojlangan mamlakatlarda
mehnat sig‘imi yuqori bo‘lmagan,
yuqori malaka talab
qiladigan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa aksincha yuqori
malaka talab qilmaydigan mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan
tovarlar eksport qilinadi.
° Tabiiy resurslarni o‘zlashtirish ancha katta kapital
mablag‘larni talab qiladi. Shu sababli bunday resurslarga boy
bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar asosan undirma sanoat
mahsulotlarini eksport qiladi.
° Davlat iqtisodiy siyosati importni
cheklash va nisbatan
taqchil ishlab chiqarish omillaridan intensiv foydalanilayotgan
tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilsa - bunda xalqaro
ixtisoslashuvga ta’sir ko‘rsatish maqsad qilib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: