Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet247/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Avtonom yalpi xarajatlar – mamlakat miqyosida ma’lum bir vaqt 
– yil mobaynida hajmi va dinamikasi yaratilgan milliy daromadga 
bog‘liq bo‘lmagan, zaruriyatdan qilinadigan xarajatlar.
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish va undan foydalanish 
xususiyatlariga ko‘ra tarkib topgan iqtisodiy munosabatlar.
Agregatlashtirish – turli ko‘rsatkichlarni qo‘shish, yiriklashtirish 
asosida umumiy ko‘rsatkichga keltirish. Turli narxlarni umumiy narx 
darajasiga keltirish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni 
YaIM (YaMM) tarzida ifodalash.
Ayirboshlash – ma’lum miqdordagi ne’matlarni bir subyektdan 
boshqa subyekt ixtiyoriga o‘tish jarayoni. 
Aktiv kapital – asosiy kapitalning ishlab chiqarish jarayonida faol 
qatnashadigan qismi; odatda mashina, mexanizmlar, asbob-uskuna 
kabilar kiritiladi.
Aksiya – hissadorlik(aksionerlik) jamiyati sarmoyasiga qo‘yilgan 
ulushga guvohlik qiluvchi, uning egasiga ulushiga muvofiq foydaning 
ma’lum bir qismini olish va shu jamiyatni boshqarishda qatnashish 
huquqini beradigan qimmatbaho qog‘oz. 
Amortizatsiya – asosiy kapitalning mahsulotga ko‘chgan, xarajat-
larda ifodalangan qismi.
An’anaviy iqtisod – cheklangan resurslardan foydalanish tartibi 
an’ana va urf-odatlar, udumlar asosida belgilanadigan iqtisod. 
Aralash iqtisodiyot – mulkchilikning turli-tumanligi, ularning 
huquqiy tengligi, aralash tartibda boshqariladigan, iqtisodiyotni tartibga 


354 
solishda ma’lum chegarada davlatning aralashuvini taqozo qiladigan 
iqtisod. 
Asosiy kapital – kapitalning ko‘p yil xizmat qilib, bir necha ishlab 
chiqarish sikli (doiraviy aylanish)da qatnashib, qiymatini ishlab 
chiqarilayotgan tovar (xizmat)ga asta-sekinlik bilan o‘tkazadigan, ishlab 
chiqarish jarayonida o‘z jismoniy xossasini o‘zgartirmaydigan qismi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling