Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitimlar uchun pulga talab


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet249/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Bitimlar uchun pulga talab – pulni muomala vositasi sifatida 
ishlatish uchun zarur pul miqdori. Nominal YaMM hajmiga to‘g‘ri 
proporsional. 
Bozor – sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida 
ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, 
ana shu aloqalarni ma’lum tartibot asosida amalga oshiriladigan tizim. 
Bozor (aralash) iqtisodiyoti – turli-tuman mulkchilik va iqtisodiy 
faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga solishga asoslangan, har bir 
insonning o‘z faoliyat natijasini o‘ylab, oqilona xo‘jalik yuritishga 
undovchi demokratik iqtisodiyot. 
Bozor iqtisodiyoti belgilari – bozor iqtisodiyotining boshqa 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardan farqlanishiga sabab bo‘luvchi xusu-
siyatlari. 
Bozor iqtisodiyoti obyekti – munosabatlar va aloqalar nimaga 
qaratilganligini, nimaga nisbatan yuz berishini ifodalaydi. Bozor 
iqtisodiyotining obyekti tovar(xizmat) va pul(pul massasi)dir.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari – munosabatlar, aloqalar kimlar 
o‘rtasida yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari uy 
xo‘jaligi, firma (korxona), davlat va boshqalar. 
Bozor infrastrukturasi – turli-tuman bozor subyektlari o‘rtasida 
ayirboshlashning me’yorida amalga oshirilishini ta’minlaydigan soha.
Bozor muvozanati – talab va taklifning miqdor va tarkibi jihatidan 
bir-biriga muvofiq kelishi. 
Bozor segmenti – savdo-sotiqning shart-sharoitlarini ma’lum belgi, 
alomatlari, mezonlariga qarab bo‘g‘inlarga ajratish. 
Bozor tuzilishi – har xil mezonlar asosida bozor tarkibini 
turkumlash. 
Bozor hajmi – bozordagi tovar aylanmasi hajmi bilan aniqlanadi. 
Bozorning to‘yinish darajasi – bozorning talabni qondirish 
darajasini ko‘rsatadi. 


356 
Boylik samarasi – narxlarning o‘sishi yoki kamayishi tufayli 
moliyaviy aktivlar real qiymatlarining o‘zgarishi oqibatida xarajatlar-
ning umumiy hajmi o‘zgarishi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling