Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet252/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Differensial renta II – yerga qo‘shimcha sarflangan kapital va 
uning natijasidagi farq evaziga vujudga keladigan qo‘shimcha daromad. 
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan 
xarajatlar. 
Yer rentasi – yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lana-
digan haq. U tarixan ishlab berish – barshchina, mahsulot bilan to‘lash – 
obrok va pul bilan to‘lash shaklida amal qilgan.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyoridagi 
daromadning jamg‘armaga yo‘naltirilgan qismi. Jamg‘armani daromad-
ga nisbati tarzida hisoblanadi.
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usulimuvozanatli 
sof milliy mahsulotni jamg‘arma bilan investitsiyalarni tenglashtirish 
orqali aniqlash usuli. 
Jamg‘arma funksiyasi – jamg‘arma hajmi bilan (boshqa sharoitlar 
teng bo‘lgan holda) shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni 
ko‘rsatadi. 
Jamiyatning sof yo‘qotishlari – (monopoliyalarning ijtimoiy 
bahosi) – taklif miqdorini kamaytirish uchun monopoliyalar tomonidan 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini samarali darajadan kamaytirish 
natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun ma’lum miqdorda mahsu-
lotning yo‘qotilishi, ishlab chiqarishning kamayishi. 
Jamoa bitimi – ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o‘rtasida 
tuzilgan shartnoma. 
Jahon bozori – mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog‘langan turli 
mamlakatlar o‘rtasida barqaror ayirboshlash aloqalari va ularni ma’lum 
tartiblar asosida amalga oshiriladigan joy. O‘ziga xos xususiyatlariga 
ko‘ra milliy bozordan farq qiladi. 
Jahon xo‘jaligi – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’i 
nazar, iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan bog‘langan milliy xo‘jaliklar 
majmui. 
Jahon xo‘jaligining globallashuvi – jahon xo‘jaligining yagona 
tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi va intellektual bozori, mamlakat 
milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining bir qismi sifatida namoyon 
bo‘lishi. 


359 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling