Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Daromadlarning funksional taqsimlanishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet251/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Daromadlarning funksional taqsimlanishi – jamiyatning pul 
daromadini, qanday omil ulushi evaziga olingani va bajaradigan 
funksiyalari asosida taqsimlanishi: ish haqi, renta, foiz, foyda. 
Daromadni shaxsiy (vertikal) taqsimlanishi – jamiyatning pul 
daromadini alohida oilalar, shaxslar o‘rtasida taqsimlanishi. 
Dastlabki bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish vujudga 
kelishi bilan shakllana boshlagan, oddiy tovar ishlab chiqarish hukmron 
iqtisodiyot.
Deduksiya – nazariyadan amaliyotga, umumiy xulosadan xususiy 
xulosa chiqarishga, ilgari surilgan gipotezani real iqtisodiy dalillar 
yordamida tekshirishga, tadqiq qilishga asoslangan usul.
Demping – boshqa mamlakatlarda tovarlarni tannarxidan (sarf-
langan o‘rtacha xarajatlardan) past narxda sotish. 
Depressiya – siklning ishlab chiqarish hajmi, bandlikni uzoq vaqt 
tushkunlikda bo‘lishi fazasi. 
Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotidavlatning mulk 
monopoliyasi, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, markazdan 
rejalashtiriladigan iqtisod. 
Diversifikatsiya – qo‘shilgan qiymatning o‘sish dinamikasini 
(mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni barqaror o‘sishini) 
ta’minlash maqsadida bir tarmoq, soha o‘z kapitalini boshqa tarmoq, 
cohalarga yo‘naltirishi. Bunda mahsulot assortimenti, xizmat turlarini 
ko‘paytirish orqali iqtisodiy krizislarga dosh berish ham ta’minlanadi, 
modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan uyg’unlashib ketadi. 
Masalan, oziq-ovqat sanoatiga tegishli korxona o‘zkapitalini agrar 
sektorga yoki, aksincha, agrar sektordan fermer o‘z kapitalini qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga qo‘yishi mumkin. 
Dinamik iqtisodiy muvozanat – o‘zgaruvchanlikka asoslangan, 
barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan muvozanat. 
Differensial renta I – yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va 
iste’molchilarga nisbatan joylanishidagi farq tufayli vujudga keladigan 
qo‘shimcha daromad.


358 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling