Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet253/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Jini koeffitsiyenti – jamiyatning notenglik darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkich. 
Jonlanish – siklning ishlab chiqarish va bandlikni inqiroz
darajasiga qadar yetish davri. 
Ideal iqtisodiy muvozanat – nazariy jihatdan erishish mumkin 
bo‘lgan muvozanat. 
Ierarxik boshqarishga asoslangan iqtisodiqtisodiy faoliyatni 
muvofiqlashtirish, tartibga solishni yakka boshliq hokimligiga 
tayanadigan axborot olish, buyruq va topshiriqlar asosida olib 
boriladigan iqtisodiyot. 
Ijara haqi – mulk (yer) egasiga mulkdan foydalanish huquqini 
ma’lum bir muddatga berib turgani uchun egasiga to‘lanadigan haq.
Ijtimoiy-iqtisodiy uklad – mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab 
chiqarish omillariga mulkchilikning biron-bir shakliga asoslangan, 
tartibga solish mexanizmiga muvofiq vujudga kelgan iqtisodiy 
munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakli.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim – jamiyatdagi turli xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir 
butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini 
ifodalaydi. 
Ijtimoiy siyosat – davlatning insonning samarali ijtimoiy 
himoyasini shakllantirish va kamol topishiga imkon yaratishga 
qaratilgan siyosati (chora-tadbirlar ko‘rishi). 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlangan oilalarga pul yoki natura 
shaklida yordam berishga qaratilgan to‘lovlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar – jamiyatning hayot kechirishi
rivojlanishi uchun zarur iqtisodiy ne’matlar, ya’ni turli mahsulot va 
xizmatlar majmuiga bo‘lgan zaruriyat.
Izokvanta – bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan ishlab chiqarish omillarining turli variantlarda birlashuvini 
ifodalovchi nuqtalarning geometrik o‘rnini ko‘rsatuvchi egri chiziq. 
Ilmiy abstraksiya – iqtisodiy hodisalarning eng barqaror 
bog‘lanishini olib, masalaning mohiyatiga putur yetkazmaydigan ikkin-


360 
chi darajali dalillarni ajratib olib, ularni yo‘q deb faraz qilinishi yoki 
o‘zgarmaydi deb olib, tadqiq etilishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling