Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet261/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshdagi kishilar va 
ishlayotgan o‘smir va pensionerlarni tashkil etadi. 
Mehnat – insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, ener-
giyasini sarflab, jamiyat tomonidan tan olingan natijaga erishishga 
qaratilgan maqsadli faoliyatidir.
Mehnat jarayoni – kishilarning aqliy va jismoniy kuchi
energiyasini aniq maqsadni ko‘zlab yaratuvchilik, bunyodkorlik yo‘lida 
sarflash jarayoni. 
Mehnat munosabatlari – mehnat omilidan foydalanish jarayonida 
yuzaga chiqadigan munosabatlar.
Me’yoriy mahsulot – qo‘shimcha birlik har qanday o‘zgaruvchi 
omil evaziga yaratilgan umumiy mahsulot (TR) hajmining o‘zgarishi 
tushuniladi.
Me’yoriy naflilik – qo‘shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan 
olinadigan qo‘shimcha naf, ya’ni umumiy nafga qo‘shilgan nafni 
bildiradi. 
Me’yoriy unumdorlik(daromad)ni pasayish qonuni – bir omil-
ning o‘zgarishi va qolganlari o‘zgarmagani holda ma’lum chegaradan 


367 
so‘ng har bir qo‘shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq 
unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi.
Me’yoriy xarajatlar – qo‘shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq umumiy xarajatlarning o‘sishi. U quyidagicha hisobla-
nadi: MS = TSn ­ TS(n­1) 
Mehnat birjasi – ishchi, xizmatchi va korxona, firma-tashkilotlar 
o‘rtasida ish kuchini yollash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishda 
muntazam vositachi vazifasini o‘taydigan, mehnat bozorini tartibga 
solishda asosiy rol o‘ynaydigan maxsus muassasa. 
Mikroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning, iqtisodiy alohidalash-
gan birliklari (firma, korxona, uy xo‘jaligi), alohida olingan bozor, aniq 
mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarning samarali tanlov tamoyillari 
shakllanishini o‘rganuvchi bo‘lim; 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling