Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet269/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Real ish haqi – pul shaklida olingan ish haqining sotib olish 
mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishi.
Real YaIM – narx o‘zgarishini nazarda tutgan holda hisoblangan 
yalpi milliy mahsulot. Real mahsulot hisoblanganda narxlar indeksi 
qo‘llaniladi. Real YaIM = Nominal yalpi ichki mahsulot / Narx indeksi. 
Retsessiya – ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, keskin 
bo‘lmagan holda pasayishi yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining davomli 
ravishda pasayib borishi. 
 Samaradorlik – sarflangan resurslar bilan olingan natijani 
taqqoslanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Odatda, u ishlab chiqarish 
xarajatlarini ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ga nisbati tarzida 
hisoblanadi.
Siqib chiqarish effekt(samara)sibozorda davlat qimmatbaho 
qog‘ozlarining ko‘payishi tufayli, uning ulushi ortib, boshqalarning siqib 
chiqarilishi natijasida investitsiyalarni moliyalashtirishning umumiy 
sharoiti yomonlashuvi. 
Soliq – korxona (tashkilot), fuqarolar daromadidan qonuniy tartibda, 
belgilangan miqdor va muddatlarda budjet fondini tashkil qilish 
maqsadida davlat ixtiyoriga olinadigan pul mablag‘lari. 
Sof milliy mahsulot – joriy yilda yangidan yaratilgan mahsulot 
bo‘lib YaMMdan amortizatsiya ajratmalarini ayirib topiladi yoki 
YaIMdan amortizatsiya, chet el ishlab chiqarish omillari evaziga 
yaratilgan sof daromad ayiriladi. 
Sof monopoliya – tarmoqda mahsulot ishlab chiqarishda va bozorda 
yagona firma hukmronlik qilishi. 
Sug‘urta – moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos turi bo‘lib, 
kutilmagan tarzda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli yo‘qotishlarning 
o‘rnini qoplash uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismidan 
maxsus pul fondini tashkil etish, uni taqsimlash va ishlatish yuzasidan 
qaror topadigan munosabatlar. 
Sun’iy monopoliya – umumiy monopolistik manfaatni ko‘zlab, 
korxonalarning birlashuvi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling