Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet268/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Pul muomalasi qonuni – muayyan davrda muomala uchun zarur 
bo‘lgan pul miqdori bilan yaratilgan YaMM yoki barcha sotiladigan 
tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanishi 
tezligiga teskari mutanosib bog‘lanish. 
Pul tizimi – mazkur mamlakatning pul muomalasini qonuniy asosda 
tashkil etish tartibi, usullari, ularga xizmat qilish muassasalari. 
Pulga jamg‘arma, moliyaviy aktivlar sifatida talab – odam-
larning jamg‘arma (moliyaviy aktivlarning pul shaklidagi hajmi) sifatida 
saqlash uchun zarur pul miqdori, foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda 
o‘zgaradi. 
Pulga talab – firma, korxona, uy xo‘jaligining muomala, ya’ni oldi-
sotdi bitimlari va zaxirada saqlayotgan pul mablag‘lari hajmi. 
Pulning aylanish tezligi – yil davomida pul birligining tovar va 
xizmatlarni sotib olish uchun necha marta ishlatilishini ifodalovchi 
ko‘rsatkich.
Raqobat – iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlaridan 
kelib chiqib yuqori daromad olish imkoniga, nufuzli mavqega ega 
bo‘lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi. 
Ratsional kutish nazariyasi – Gipoteza, unga muvofiq firmalar va 
uy xo‘jaliklari davlat pul-kredit va budjet siyosati orqali iqtisodiyotga 
ma’lum bir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya kutishadi va o‘z 
manfaatlaridan kelib chiqib, bu siyosatni samarasiz qilib qo‘yadigan 
turli chora-tadbirlar qo‘llashadi. 
Real daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘ida nominal 
daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. 
Ularning miqdori esa soliqlar, narx, nominal daromadga bog‘liq. 
Real iqtisodiy muvozanat – iqtisodiyotdagi nomukammal raqobat 
sharoitida tashqi omillarning ta’siri, turli cheklanishlar mavjudligi
iqtisodiyotga ta’sir qiladigan kuchlar tufayli o‘rnatiladigan muvozanat. 


374 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling