381
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi – mar-
kaziy rejalashtiriladigan ma’muriy – buyruqbozlikka asoslangan totalitar
iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
qonun - qoidalari va
uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar
majmui.
O‘zgaruvchan xarajatlar – miqdori
ishlab chiqarish hajmiga
bog‘liq xarajatlar.
O‘zlashtirish – mulkchilik mazmunini ifodalab, egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etish yaxlitligi.
O‘rta muddatli sikl – iqtisodiyotdagi ancha chuqur tushkunlikka
tushib, barcha fazalarni qamrab oladigan sikl.
O‘rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga sarflangan xarajatlar.
O‘rtacha mahsulot – ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot(TR)ning
o‘zgaruvchi ishlab chiqarish omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan,
AR=TR/ L.
O‘tish davri – ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘rniga bozor
iqtisodiyotiga xos mexanizmni shakllantirish
uchun zarur vaqt yoki
postsotsializm.
Do'stlaringiz bilan baham: