Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Uklad – kishining hayot kechirishi, xo‘jalik yuritish prinsipida  o‘rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib.  Uy xo‘jaligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet273/289
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1784674
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   289
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)41

Uklad kishining hayot kechirishi, xo‘jalik yuritish prinsipida 
o‘rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib.
 Uy xo‘jaligi – bir yoki bir necha kishidan iborat oila, iqtisodiyotni 
resurslar bilan ta’minlovchi va yaratilgan mahsulotlar iste’molchisi 
bo‘lgan iqtisodiy birlik. 
Umumiy yoki makroiqtisodiy muvozanat – jamiyat ehtiyojlari, 
uni qondirish imkoniyatlari (resurslari) va ishlab chiqarish natijalarining 
mos kelishi. 


378 
Umumiy xarajatlar – ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish 
uchun sarflangan doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar boshqacha aytganda 
barcha iqtisodiy resurs xarajatlari. 
Undirma sanoatda renta – yer qa’ridagi qazilma boyliklarning 
sifati va qazib olishdagi xarajatlar farqi tufayli vujudga keladigan renta.
Foiz stavkasi effekti (samarasi) – narxlar darajasi o‘zgarishi 
tufayli pulga talabning va o‘z navbatida foiz stavkasini o‘zgarishiga olib 
kelishi va uning oqibatida yalpi sarflar umumiy darajasini o‘zgarishi.
Firma – bir yoki bir necha korxona va faoliyat turini amalga 
oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Friksion ishsizlik – Ishsizlikning doimo mavjud turi bo‘lib, ish 
qidirish va bo‘sh ish o‘rinlarini kutish bilan bog‘liq ishsizlik. 
Funksional tahlil – funksional bog‘lanish, ya’ni bir miqdorning 
o‘zgarishiga qarab boshqa miqdorning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘lanish 
asosida iqtisodiyotni tahlil etish.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaxalqaro mehnat taqsimoti va 
kooperatsion aloqalarning yuqori darajadagi bir butun xo‘jalik aloqalari 
sifatida birlashuvi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti – mehnatning turli davlatlar va ularning 
guruhilari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘lib, alohida mamlakatlarning u yoki 
bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashuvini 
anglatadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling