379
Shaxsiy daromad –
bu shaxsga tegishli daromad, ya’ni faoliyat
yuritib topilgan daromad. Milliy daromaddan sotsial to‘lovlar, foydadan
soliq, taqsimlanmagan foydani ayirib, transfert to‘lovlarini qo‘shib
topamiz.
Eksport – mamlakatdan chetga chiqarilgan
tovarlar miqdori
(qiymat o‘lchovida).
Eksport bo‘yicha ixtisoslashuv koeffitsiyenti – mamlakatning
jahon eksportida qanday mahsulot ishlab
chiqarish va sotishga
ixtisoslashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Eksport kvotasi – har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarda
qatnashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich. Yil davomida chetga chiqarilgan
tovar va xizmatlarning YaIMga nisbati bo‘yicha hisoblanadi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – qo‘shimcha ishlab chiqarish resurs-
larini jalb etish evaziga erishilgan iqtisodiy o‘sish.
Erkin (klassik) bozor iqtisodiyoti – xususiy mulkchilik, erkin
raqobatchilik, bozorga xos munosabatlar hukmron iqtisod.
Uning
dastlabki bosqichi bilan keyingi bosqichlari farqlanadi.
Erkin industrial iqtisodiy zona (hudud) – mamlakat hududining
xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi
tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi.
Mazkur
zonalarda mazsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar,
bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish, valuta ayiboshlash,
mehnatga
yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: