376
Talab egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt mobaynida turli narxlar
bo‘yicha xaridorlarning sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar
miqdorining grafik orqali ifodalanishi.
Talab elastikligi (egiluvchanligi) – xaridorga narxning o‘zgarishi
qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning 1%ga o‘zgarishi sotib olinadigan
tovar miqdorini qanchaga o‘zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkich.
Tamoyil – faoliyat uchun asos
qilib olinadigan qonun-qoida,
nuqtayi nazar, qarashlar.
Tanlovning muqobil qiymati – tanlov
natijasida voz kechilgan
imkoniyat ichidan tanlovchi uchun eng katta naf keltiruvchi yoki
qadrlanuvchi imkoniyat.
Tarkibiy ishsizlik – ish kuchi tarkibi, malakasi, mahoratining sekin
o‘zgarishi, ish kuchiga talab tarkibi bilan mos
kelmasligi tufayli kelib
chiqadigan ishsizlik.
Tarkibiy siyosat – milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy
o‘sishga yo‘l beruvchi, aholi farovonligini muttasil oshib borishiga olib
keluvchi yangicha ishlab chiqarish tarkibini yaratish.
Tarkibiy o‘zgarishlar – milliy iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish
asosida tarmoqlar hududlar va boshqa iqtisodiy birliklar hissasini
o‘zgartirish.
Tashqi savdo balansi qoldig‘i – mamlakatning eksport va importi
farqi.
Tashqi xarajatlar – chetdan jalb etilgan iqtisodiy resurslar uchun
to‘langan pul mablag‘lari.
Tovar – insonning
biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash
(sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’mat.
Do'stlaringiz bilan baham: