363
Iqtisodiyotni tartiblashning bevosita usullari –
Davlatning
iqtisodiyotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuviga asoslangan vosita va
dasturlar orqali tartibga solishi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – davlatning
iqtisodiy faoliyatdagi
hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni boshqarishda
yagona davlat mexanizmi o‘rniga aralash iqtisodiyotga xos bo‘lgan
bozor mexanizmiga keng yo‘l berish.
Iqtisodiyotning bosh muammosi – resurslar cheklanganligi sharo-
itida jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish muammosi.
Iqtisodiyotning real sektori = ishlab chiqarishning bevosita
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va[izmatlar ko‘rsatish bilan bog’liq
tarmoq va sohalari bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish,
transport, aloqa kabilarni oladi.
Iqtisodiyotni tartiblash – makroiqtisodiy
nisbatlarning bir-biriga
mos holda rivojlanib borishi, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini bir-biriga
bog‘liq holda muvozanatlashuviga erishish.
Iqtisodiy yoki zimmadagi xarajatlar – tanlangan resurslarni eng
ma’qul
ishlatish, o‘zgalar ishlatishiga yo‘l qo‘ymay, ularni sotib olish
uchun resurslar egasiga to‘langan haq.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda o‘tkaziladigan,
amalga oshi-
riladigan tub o‘zgartirishlar.
Iqtisodiy kategoriya – jamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim
tomonlarini ifodalovchi iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: