361
Intensiv iqtisodiy o‘sish – resurslarini tejab-tergab ishlatish, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish evaziga iqtisodiy o‘sish.
Inflatsiya – muomalada pul taklifining talabga nisbatan haddan
tashqari ko‘payib
ketishi oqibatida, pulning xarid quvvatini pasayishi,
pulning obro‘sizlanishi. U narx indeksining ko‘tarilishida ifodalanadi.
Iste’mol – ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish,
ehtiyojni
qondirish jarayoni;
Iste’molga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyoridagi
daromadning iste’molga sarflangan qismi. Iste’molning
daromadga
nisbati tarzida hisoblanadi.
Iste’mol funksiyasi – iste’mol xarajatlari bilan shaxs ixtiyoridagi
daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Iste’molga me’yoriy moyillik – qo‘shimcha birlik olingan shaxs
ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflangan ulushi. Iste’moldagi
o‘zgarish (∆S) ni, daromaddagi o‘zgarishga (∆Di) nisbati tarzida
hisoblanadi. Jamg‘arishga me’yoriy moyillik – qo‘shimcha
birlik
olingan shaxs ixtiyoridagi daromadning jamg‘armaga sarflangan ulushi.
U jamg‘arishdagi o‘zgarish (∆S) ning daromaddagi o‘zgarish (∆Di) ga
nisbati tarzida hisoblanadi.
Ichki xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlarida korxonaning o‘z
ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi.
Ish kuchi migratsiyasi – turli sabablarga ko‘ra ishchi kuchining bir
yerdan boshqa joyga ko‘chishi.
Ish haqi – YaIMdagi mehnat omilining ulushi,
bajarilgan ishga
qarab to‘lanadigan haq. Mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va
taklifning muvozanatiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish – insonning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: