Import – chetdan mamlakatga olib kelingan tovarlar miqdori
(qiymat o‘lchovida).
Import qilingan inflatsiya – mamlakatga chet el valutasining kirib
kelishi, milliy valutani past kursi va import qilinayotgan tovarlar narxini
o‘sishi.
Import samarasi – mamlakatning sof eksporti hajmining mamlakat
ichida va chetdagi narx darajasi va ularning nisbatiga bog‘liqligi.
Induksiya – empirik bilimdan abstraksiyaga o‘tish, xususiy
xulosadan umumiy xulosa chiqarish usuli.
Investitsiya – bu iqtisodiy samara (daromad, foyda) olish yoki
ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari.
Investitsiya dasturi – respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivo;lanishiga erishishga qaratilgan, tabiiy, mineral xom ashyo, moddiy,
mehnat, moliyaviy resurslardan oqilona, samarali foydalanish asosida
ayrim tarmoqlar va hududlarda tarkibiy o‘zgartirishlarning asosiy
ustuvorliklari va strategik vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan
bir-biri bilan o‘zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Investitsion muhit – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga
ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, me’yoriy, ijtimoiy va
boshqa shart-sharoitlar majmui.
Investitsiya normasi – investirsiyq hajmining YaIMga nisbati.
Innovatsiya loyihalari – yangi texnologiyalar, nou-xau va
korxonalarning rivojlanishini ta’minlab btruvchi boshqa yangiliklarni
ishlab chiqush va qo‘llashni ko‘zda tutgan loyihalar.
Inson kamoloti indeksi – aholi farovonligi, jamiyatda insonning
barkamolligi ta’minlanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Jon boshiga to‘g‘ri
keladigan YaMM, kutilayotgan yashash yoshi, ta’lim darajasi (25 yosh
va undan kattalar) asosida hisoblanadi.
Inson kapitali – odamlar yillar davomida to‘plagan bilim, malaka,
tajriba tarzida bo‘lib, uni egasidan ajratib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |