364
Iqtisodiy samaradorlik – iqtisodiy xarajatlar evaziga erishilgan
natija.
Iqtisodiy tanlov – odamlarning faoliyati cheklanganlik muam-
mosiga duch kelishi tufayli muqobil variantlar
orasidan eng yuqori naf
keltiradigan yoki eng kam xarajat talab qiladigan variantlarni tanlash va
qaror qabul qilish.
Iqtisodiy faoliyat – insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni
tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita
va usullari majmui
Iqtisodiy o‘sish – ma’lum bir vaqt (yil) mobaynida real yalpi ichki
mahsulot (yoki YaMM), sof milliy mahsulotning hajmining ortib, sifat
tarkibining o‘zgarib borishi.
Iqtisodiy o‘sish sur’ati – joriy yildagi
yalpi ichki mahsulot
(YaMM)ning o‘tgan yilga yoki bazis yildagi YaIM nisbati orqali
ifodalanuvchi ko‘rsatkich.
Iqtisodiy o‘sish modellari – ishlab chiqarish
omillaridan samarali
foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llarini ko‘rsatuvchi
andozalar.
Iqtisodiy faol aholi – milliy xo‘jalikda band bo‘lgan barcha kishilar
va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholidan iborat.
Iqtisodiy fikrlash – xarajatlar va olinadigan natijani taqqoslash
asosida ratsional qaror qabul qilish.
Iqtisodiy foyda – umumiy tushum
bilan iqtisodiy xarajatlar
o‘rtasidagi farq.
Do'stlaringiz bilan baham: