Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash
Download 58.23 Kb.
|
bank ishi tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi.
Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-kitoblarda zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valyuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan mamlakatimizning oltin-valuta zaxiralari qiymatini saqlab turish imkoniyatini yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy valutaga ega bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat muassasalari va tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi. 45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar ekan, hukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisob varaqlarni yuritadi, davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda qatnashadi. Download 58.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling