Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash
Download 58.23 Kb.
|
bank ishi tayyori
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffi tsiyentlarini belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tu zilmasiga, shuningdek, pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chi qilayotgan Qonunning 28-moddasiga muvofi q majburiy zaxira lar alohida hisobvarag‘ida naqd pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda mo liyaviy sanksiyalar (53-modda) belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgil angan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish „Banklar va bank faol iyati to‘g‘risida“gi Qonunga asoslanadi. Bu Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasida banklar universal faoliyatni amalga oshiradilar. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli xilda kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar va xorijiy valuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish, bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, kafolatlar berish va hokazolar tijorat bankining asosiy faoliyat turlaridan hisoblanadi. Odatda, O‘zbekistonda banklar aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etiladi. Aksiyadorlar bankning ustav fondiga qo‘shgan hissalariga qarab, bankning majburiyatlariga javobgardirlar. Aksiyadorlar bank faoliyatini boshlash bosqichida bankdan bank ta’sis qilinganda qo‘shgan hissalarini qaytarilishini talab qilish huquq iga ega emaslar (ba’zi hollar bundan mustasno). Bu holat bank barqarorligini, ishonchliligini tartibga solishda yordam beradi. Bank Kengashi bank faoliyatining asosiy yo‘nalishini, kredit siyosati va bankning boshqa rejalarini ko‘rib chiqish, daromad, xarajatlar, foyda rejalarini tasdiqlash, sho‘balarni ochish yoki yopish masalalarini ko‘rib chiqish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Bank boshqaruvi bank faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. U aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va direktorlar kengashi oldida javobgardir. Bank boshqaruvi boshqaruv raisi, rais o‘rinbosari va boshqa xodimlardan tarkib topgan. U o‘z faoliyatini Nizom va yo‘riqlarga asoslangan holda amalga oshiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, bank kengashi va boshqaruvi – bankning boshqaruv organlari hisoblanadi. Bank kengashi omonatchilar va aksiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan: kreditlash va mablag‘larni investitsiyalash to‘g‘riligini nazorat qilish; bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo‘shatish; bank kapitalining bir tekis o‘sib borishini ta’minlab turish; bank siyosatini ishlab chiqish; qonun hujjatlariga rioya qilishni ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo‘lishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo‘lishlari mumkin. Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi. Download 58.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling