Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Download 58.23 Kb.
|
bank ishi tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul emissiyasi.
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasada, u tijorat banklarining kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiyalaridan, shu jumladan, valuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardan, kredit, kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarga binoan oltin, chet el valutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin.
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u „O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 30-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob varaqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham Markaziy bankka murojaat qiladilar. Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash huquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzishda mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur. Download 58.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling