Respublikasi oliy va o’rta maxsus
-4 sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liqligi
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
1-4 sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liqligiKichik maktab yoshidagi bolalar organizmi harakat imkoniyati rivojlanishining eng yaxshi davri bo’lib hisoblanadi. Bu yosh guruh uchun harakat faolligini umumiy hajmi kuniga 1500-2000 qadamni tashkil qilyapti. Amaliyot o’quvchi bolalarning salomatligini saqlash va mustahkamlash usullari vujudga kelgan kamharakatlilikni oldini olish yo’llari, jismoniy tarbiya sifatini oshirish metodlari, o’quvchilarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni ko’tarish usullari, ularni zamon talabiga javob beradigan jismonan baquvvat, chaqqon, dovyurak ishbilarmonlarni tarbiyalash, kelajak avlodni xayotga, mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash bo’yicha savollarga javob kutmoqda. Bu masalalarni o’rganishga va yechishga nazariyachi olimlar, jismoniy tarbiya fani bo’yicha tajribali o’qituvchilar va ustoz murabbiylar o’z hissalarini qo’shib kelayaptilar. Jismoniy tayyorgarlik salomatlikning va ishchanlikning asosiy belgisi bo’lib uni tarbiyalash yo’llari ko’pqirralidir. SHuning uchun bir guruh olimlar A.Arifboev, A.K.Ataev, R.A.Belov, B.V.Sermeev, R.X.Qodirov, D.D.SHaripova, X.SHomuradov o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini, salomatligini oila hayotining holati, bolaga nisbatan oilada bo’lgan munosabat, bolalarning iqtisodiy muhit bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. O’zbekiston o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi Rossiyadagi tengdoshlaridan 15–20 foizga pastdir24[59]. Maxsus tadqiqotlar ko’rsatdiki MDH ning har xil joylardagi o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligi qishloq va shaharlarda bir xil emas. Qator mualliflar S.A.Pushkarev va boshqalar [22], X.N.Rajabov [26], V.A.Leonova va boshqalar [86], B.Bayriev [41], Z.Badaeva [40], SH.Xonkeldiev, A.Abdullaev [72] o’zlarini ishlarida shahar va qishloq maktab o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligida farqlar borligini ko’rsatishgan. E.K.Izvekova, Ya.S.Kaminskaya [64] ko’rsatishicha shahar 1-3 sinf o’quvchilarini jismoniy tayyorgarligi qishloq maktab o’quvchilaridan baland ekan. E.Ya.Bondarevskiy va SH.X.Xonkeldiev [44] tomonidan issiq iqlimda yashovchi bolalar harakat tayyorgarligining xususiyatlari boshqa mintaqa o’quvchilari bilan taqqoslab ko’rilganda olingan ma’lumotlar uchta asosiy turdagi bog’liqlikni ko’rsatadi: I. Issiq iqlimda bolalarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasi hamma yosh davrlarda MDH o’rta polosada yashovchi bolalarning jismoniy tayyorgarlik dinamikasiga mos keladi. «30 m.gacha yugurish, 60 m.gacha yugurish, 100 m. gacha yugurish, turgan joyida uzunlikka sakrash, yugurib kelib sakrash, uzoqlikka kichik koptokni uloqtirish». Farg’ona vodiysi bolalari ba’zi bir mashqlarda boshqa mintaqaga qaraganda, asosan chidamliliq muvozanatini saqlash, kuch va chaqqonlik mashqlarida ortda qolmoqda. 24 Xo’jaev F., Usmonxo’jaev T. Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari. 1-sinf uchun metodik qo’llanma. – Toshkent: O’qituvchi, 1996. -183 B. Jismoniy tarbiya sifatini va samaradorligini oshirish uchun jismoniy tarbiya jarayonida ko’proq differentsial qonuniyatlarini va metodlarini qo’llash tavsiya etiladi. Ayniqsa o’g’il va qiz bolalar o’rtasida samarali usullardan boshlang’ich sinflarda qo’llashni boshlash maqsadga muvofiqdir. Quyidagi guruh olimlar Yu.I.Sbruev, X.A.Meliev, L.I.TSeytlina, G.F.Vafaev , V.V.Petrovskiy, T.Yu.Krutsevich, A.K.Ataev, R.A.Belov, B.V.Sermeev, R.X.Qodirov o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi Respublika iqlim sharoiti hamda atrof muhitga bog’liqligini ko’rsatadilar. Bir guruh olimlar L. V. Volkov , R. N. Belyakova va boshqalar boshlang’ich sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanish va tayyorgarlikka eng moyillik davri deb biladilar. Har-xil uslublardan to’g’ri samarali foydalanish ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarni samarali hal etishi hamda o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshib borishi, jismoniy tarbiya darsining sifatini yaxshilash to’g’risida V.K.SHuruxina, V.M.Kachashkin, G.B.Meykson, L.P.Matveev, S.B.Melьnikov, R.S.Salomov, M.M.Ro’zioxunova, A.Abdullaev, SH.Xonkeldiev, Yu.M.Yunusova o’z ilmiy tadqiqot ishlarida ko’rsatganlar. Boshlang’ich sinflarda ayniqsa frontal va aylanma trenirovka usullari keng qo’llanib borilmoqda. Bu bolalar yoshida umumiy buyruqlar hamda bir vaqtda o’quvchilarni mashqlarini bajarishlari, ko’pincha darsning tayyorlov va yakuniy qismida o’tkaziladi hamda o’qituvchiga nazorat olib borishga qulay imkoniyat yaratadi. I. V. Polovtsevaning fikricha aylanma trenirovka metodi maksimal jismoniy yuklanishga va dars zichligini oshirishga qaratilgan bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilari balan olib borishda oldindan tayyorlangan, o’tilgan materiallarga suyangan holda bu uslublardan foydalanish lozim. Bu uslublar oqimli va aylanma trenirovka usulda o’tkaziladi. O’tkazish vaqti 12-15 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashqlar ketma-ket yoki o’quvchilar 4-5 guruhga bo’linib daxliz bo’ylab bajaradilar. Dars o’tkazish jarayonida musiqa chorlash o’quvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi. Umuman olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik kuzatishlar o’quv materiallarini mustahkam, yaxshi o’zlashtirishga va yuqori natijalarga erisha olish imkoniyatlarini ko’rsatadi. V.K.SHuruxina, A.M.SHlemin, A.A.Gujalovskiy, Ye.N.Vorsin, T.S.Usmonxo’jaev, K.M.Mahkamjonov va boshqalar , S.G.Kikialashvili, A.Q.Hamroqulov va boshqalar, P.Xo’jaev, T.S.Usmonxo’jaev fikricha jismoniy tarbiya darsi maktabda o’quv-tarbiyaviy jarayonning va umumiy tartibning asosiy qismi bo’lib, kun tartibda, katta tanaffuslarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda harakatli o’yinlarning ahamiyati katta. Ular bolalar orasida do’stlikni mustahkamlaydi, ahloqiy tarbiyani shakllantiradi, bir-biri bilan bo’lgan munosabatni yaxshilaydi, ularning harakat faolligini va qiziqishini oshiradi. Harakatli o’yinlarni tanlashda ayniqsa, katta tanaffuslarda tashkil qilish va o’tkazish uchun jamoali, do’stlik munosabatini shakllantiradigan o’yinlarni saralab olish lozim. Bu esa shug’ullanuvchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini yaxshilaydi T.Usmonxo’jaev, F.Xo’jaev, F.Xo’jaev, T.Usmonxo’jaev, T.Usmonxo’jaev, X.Meliev, T.Usmonxo’jaev va boshqalar, T.U.Ismoilov, T.U.Ismoilov va boshqalar, T.U.Ismoilov, R.Kudratov va boshqalar, A.Hojimirzaev, A.Bo’taboev, X.Tulenova va boshqalar, R.Salomov. Kun mobaynida harakat faolligi notekis va to’lqinsimon taqsimlanadi. U yil mavsumi uchun xarakterlidir, SHuning bilan birgalikda o’g’il va qiz bolalarda namoyon bo’ladi. Kichik maktab yoshdagi 6-9 yosh bolalarda kunlik tabiiy harakat faolligi 3 marta ko’tarilishi namoyon bo’ladi. Birinchisi ertalab 7 dan 9 gacha, ikkinchisi dars tugagandan keyin, 15 dan 17 gacha va uchinchisi 19 dan 20 gacha. N.T.Lebedeva, 1-10 sinf o’quvchilarida harakat faolligini 4 marta ko’tarilishi aniqlangan. Kunning birinchi yarmida 7 dan 8 gacha, 12 dan 14 gacha, ikkinchi yarmida 15 dan 16 gacha, 20 dan 21 gacha. Jismoniy tarbiya jarayonida o’quvchilarning o’zlari mustaqil ishlashi, asosiy harakatlarga o’rgatish uchun uning samarasini oshiruvchi shartlaridan biridir. V.N.SHauli, G.B.Meykson, L.E.Lyubomirskiy, B.N.Minyaev, B.M.SHiyan, A.P.Matveev, S.B.Melьnikov fikricha dars jarayonida murakkab mashqlarni o’zlashtirish mobaynida o’quvchilarning faolligi ishchanligi oshib boradi. Ularda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga qiziqish oshadi hamda xayot tartibida mustahkam odat bo’lib qoladi. Oxirgi yillarda ko’p olimlar L.B.Korchagina, G.B.Meykson, T.A.Protchenko, T.S.Usmonxo’jaev, F.Xo’jaev, Yu.P.Dadaboev, R.S.Salomov, L.E.Lyubomirskiy o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik holatini yaxshilash, ularning dars jarayonida harakat faolligini ko’tarish maqsadida uyga beriladigan vazifalarni kengroq qo’llashni va ularning ijobiy natijalarini ko’rsatib o’tganlar. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, har yosh guruhidagi kunlik harakatni bajarishga bo’lgan ehtiyoj qiz bolalarda o’g’il bolalarga nisbatan 20, 30 foiz past. O’zbekistonda ham olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari T.S.Usmonxodjaev, L.N.TSeytlina, T.V.Moskaleva, X.A.Meliev, M. Raximov, Ye.Ya.Bondarevskiy, SH.X.Xonkeldiev, R.X.Qodirov, A.T.Sodiqov, Yu.Yu.Aripov, G.M.Salimov shuni ko’rsatadiki, boshlang’ich sinf qiz va o’g’il bolalari orasida jismoniy tayyorgarligini aniqlashda asosan hamma ko’rsatkichlar bo’yicha farq qiladi. O’g’il bolalarning 4x10 mokkisimon yugurish, kichik koptokni irg’itish, 30 m ga yugurish, uzunlikka sakrashda o’g’il bolalar ko’rsatkichlari nisbatan yuqori. Undan chiqdi qiz va o’g’il bolalarga dars jarayonida taqsimlanadigan me’yorlarni bo’linishi ham har xil bo’lishi kerak. Agarda jismoniy tarbiya darslari qiz va o’g’il bolalarga bo’linib alohida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini va harakat faolligini oshirish uchun sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga (kun tartibida jismoniy sog’lomlashtirish tadbirlari, sport to’garaklari, musobaqalar, uchrashuvlar sport bayramlari va boshqalar) jiddiyroq munosabatda bo’linsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Harakat faolligini kunlik hajmi 2 soatdan hamda haftalik harakat 14 soatdan kam bo’lmasligi kerak25. Maktabda haftasiga 2 soat o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to’laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda 25 Frolov V.T. Sayrda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, o’yinlari va mashqlari. –Toshkent, 1990. -B. 60-b. ilmiy tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarning kundalik harakatga bo’lgan fiziologik ehtiyojini 45 daqiqalik jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11 foiz qondirishini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 1-4 sinf o’quvchilari bilan qo’shimcha mashg’ulot darslarini o’tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, agarda qaerda imkoniyat bo’lsa, 4-5 soatlik jismoniy tarbiya soatlarini o’tishga ruxsat etdi. Harakat sifatlarini qo’shimcha sinfdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlar yordamisiz rivojlantirib bo’lmaydi26. Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya maktablarda davlat fani sifatida birinchi galda o’tiladi. AQSH, Avstraliya, Kuba va Frantsiya mamlakatlarida bu dars haftasiga 4-5 soatdan o’tilishini T.S.Usmonxo’jaev, M.M.Rahimov , T.S.Usmonho’jaev o’z ishlarida ko’rsatib o’tishgan. Tajriba sifatida maxalliy olimlarimiz K.M.maxkamdjonov, T.S.Usmonxo’jaevlar haftada 3-4 soat jismoniy tarbiya va qo’shimcha mashg’ulotni o’tkazilishi bolalarni salomatligini mustahkamlashda, ularning jismonan baquvvat qilib tarbiyalashda yaxshi natijalar beradi deb, - xisoblashadilar. 1989 yilning 31 dekabrida Toshkent shahri faollari (etakchi o’qituvchilar, murabbiylar, tashkilotchilar, mutasaddi rahbarlar, mashhur sportchilar, sport qo’mitasi va shahar ma’muriyati) kengashida boshlang’ich sinflarda haftada uch soat jismoniy darsini o’tkazish to’g’risida qaror chiqarilgan edi. Biroq bu qaror nazoratsiz qoldi va amalga oshmadi. Oxirgi yillarda jismoniy tarbiya darslarida va boshqa mashg’ulotlarda nostandart sport anjomlari va buyumlarni hamda noan’anaviy uslublarni qo’llash tavsiya etilmoqda. O’yin metodi bu mahsus bilimlarni egallash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, o’yin faoliyati jarayonida o’tkaziladi (mazmunli, tematik imitattsion va boshqalar). 26 Polovtseva I.V. Mojno i v nachalьnыx klassax. // Fizicheskaya kulьtura v shkole. –Moskva. 1986. -№ 9. -S. 30- 31. O’yin metodining maqsadi o’quvchilarda mashg’ulotga bo’lgan qiziqishni oshirish, mashg’ulotni qiziqarli hamda samarali o’tkazishni ta’minlash. Musobaqa metodi bu – dars yoki mashg’ulot jarayonida musobaqalarni kiritish, musobaqaviy ruh berish. Uning maqsadi o’quv materiallari o’zlashtirishni, jismoniy tayyorgarligini aniqlash va eng yaxshi o’quvchilarni saralashdir. Musobaqaviy metodini qo’llashda mashg’ulot jarayonida o’quvchilar o’z kuchini, chaqqonligini, tezkorligini musobaqa bellashuvida sinab ko’radilar hamda g’oliblar aniqlanadi. Musobaqaviy faoliyatda o’quvchilar o’z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga intiladilar. Jismoniy tarbiya darslari va mashg’ulotlar jarayonida o’yin, musobaqaviy uslublarni qo’llanishi o’quvchilarning masalan: sakrashda, 30 m. ga yugurishda, mokisimon yugurish, koptokni irg’itishda ko’rsatkich natijalari oddiy vazifalar bilan darsni tashkil qilishga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Bularni qo’llash jarayonida yuqorida qayd etilgan olimlar fikricha mashg’ulotlarga o’quvchilar qiziqish bilan qatnashadilar, mashqlarni to’g’ri bajarishga va tez o’zlashtirishga erishadilar. O’quvchilar faolligi oshadi, natijalari va jismoniy tayyorgarligi yuqori bo’ladi. Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya masalalariga dunyo miqyosida katta o’rin ajratilmoqda. Bo’lajak o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, chaqqon, dovyuraq ishbilarmon, sog’lom qilib tarbiyalash uchun O’zbekiston Respublikasida ham jiddiy e’tibor bilan qaralmoqda. Buning isboti «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi» qonun (14 yanvar 1992 yil), «Sog’lom avlod uchun» Prezident farmoni (1993 yil 4 mart), «Ta’lim to’g’risida»gi qonun (1997 yil 29 avgust0, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish» to’g’risidagi farmoni (2002 yil 24 oktyabr) bo’lishi mumkin. Bu farmon va qonunlar jismoniy tarbiya o’qituvchilar oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi, murabbiylar o’z ishlarida yangicha qarash, jiddiy va ijodiy yondashish hamda izlanishda bo’lishni talab qiladi Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling