1-4 sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi antropometrik ko’rsatkichlar orqali aniqlandi27. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iboratdir:
Gavda uzunligi (sm);
Gavda og’irligi (kg);
Ko’krak qafasining kengligi (tinch holatda, nafas olganda, nafas chiqazganda) (sm);
O’ng va chap qo’l kuchlarining ko’rsatkichlari (dinamometr yordamida);
27 Bunak. V. V. Antropometriya. –M.: Uchpedgiz, 1940. - 368 s.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida 1-4 sinf o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligini aniqlashga doir ilmiy izlanishlarni tashkil qilish
1-4 sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi maxsus testlar orqali aniqlandi. Ularga:
30 m. ga yugurish (soniya);
4x10 m. ga mokkisimon yugurish (soniya);
v) turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm);
g) Oyoqlarni 30 sm. oralig’ida ochib, yerda o’tirib oldinga engashish (sm);
d) tennis koptogini (150 gr) otish (m.);
j) o’yin metodining qo’llanishi;
z) musobaqa metodini qo’llanishi;
Darsda qo’yilgan vazifalarni xal kilish uchun tanlangan metodlar orqali amalga oshirish (dars konspektini yoritilishi namuna sifatida) vazifalarni muvoffaqiyatli amalga oshirish uchun, o’qutuvchi mashqlarni aniq tanlashi, me’yorlashi va metodlarni o’quvchi bolaning yoshi, jinsi va ularning jismoniy tayyorgarligiga qarab foydalana olishi lozim. Bu mashqlarning tanlanishi ko’p jihatdan hal qilinadigan vazifaga bog’liq bo’ladi.
jadval
Maktab o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligini (yugurish, sakrash, irg’itish mashqlariga asoslangan) aniqlash testlari
t/r
|
Testlarning nomi
|
Bajarilish metodikasi
|
1.
|
Yuqori startdan 30 metrga yugurish (soniya)
|
Bu test maxsus ajratilgan yugurish yo’lagida o’tkaziladigan mashg’ulot. Test sinovidan oldin umumiy rivojlantiruvchi tayyorlov mashg’ulot mashqlari o’tkaziladi, so’ng kuzatiluvchi o’quvchi 2- 3 marta yugurshni bajaradi va eng yaxshi ko’rsatgan natijasi olinadi, dam olish oralig’i 5 daqiqa. Test
natijalari sekundomer bilan o’lchanadi
|
2.
|
4x10 metrga
mokisimon yugurish
|
Test maydonchada o’tkaziladi. Umumiy
rivojlashtiruvchi mashqlardan so’ng 2-3 urinishda
|
|
(soniya)
|
bajaradi. Ko’rsatkich sekundomer yordamida olinadi. Bu testni qabul qilishda yerga o’n metr oraliqda ikkita paralell chiziq chiziladi. Mokisimon yugurish uchun qarama-qarshi chiziqda bir xildagi 4 ta buyumlar kerak bo’ladi. (kubiklar, kichik qo’g’irchoqlar, shiqildoq va boshqalar). Sinaluvchi
«Xushtak chalish» yoki «Boshla!» buyrug’i bilan o’z chiziqlaridan yuguradi, 1ta buyumni olib (har bir bolaga 2 tadan buyum qo’yiladi) orqasiga o’giriladi va o’z yo’lagida orqaga qaytib yugurib kelib, buyumni chi-ziqdan tashqariga quyadi. Ikkinchi buyumni olish uchun yana oldinga yugurib kelib, qolgan 2 chi buyumni olib orqaga qaytadi va 1 chi buyumning yoniga quyadi. Buyumni otish va tashlash man etiladi. Ushbu testni o’tkazish qulayligi-qatnashuvchi va nazoratchi bir chiziq tomonda turishadi hamda bola buyumni aylanib
o’tmaydi.
|
3.
|
Turgan joydan uzunlikka sakrash. (sm.)
|
Test sport zalida yoki yugurish yo’lagida o’tkaziladi. Umumiy rivojlantiruvchi va maxsus yo’naltirilgan mashqlardan so’ng kuzatiluvchi bola 2-3 marta uri- nishni bajaradi. Sakrash uzunligi santimetr bilan
o’lchanadi.
|
4.
|
Oyoqlarni 30 sm. oralig’ida ochib, yerda o’tirib oldinga engashish (sm.)
|
Test maktab sport zalida gilam ustida olib boriladi.Umumiy rivojlantiruvchi mashklardan so’ng kuzatiluvchi bola uni 2-3 urinishda bajaradi. Sinaluvchi bolaning oyoq tovonlari gilamdagi chiziqda bo’lib, sherigi tizzalarini bosib turadi va bukilishiga yo’l qo’ymaydi. Oldinga engashib qo’l
barmoqlarini imkon qadar oldinga va uzoqrokqa
|
|
|
cho’zishga harakat qiladi. Natija barmoq uchlari
yotgan joydan o’lchanadi.
|
5.
|
Tennis koptogini otish (m.)
|
Test maydonchada o’tkaziladi. Umumiy ri- vojlantiruvchi va maxsus yo’naltirilgan mashlardan so’ng 2 daqikali tanaffus bilan sinaluvchi 2-3
urinishda bajaradi. Natija metrda o’lchanadi.
|
|
O’ng va chap panja kuchini aniqlash (kg)
|
Test maktab sport zalida yoki tashqarida o’tkaziladi. Umumiy rivojlantiruvchi va maxsus yo’naltirilgan mashqlardan so’ng sinaluvchi gox o’ng, gox chap qo’l bilan kuchni o’lchash mashqini bajaradi. Panja
kuchi dinamometrda o’lchanadi.
|
Quyidagi bir mashqni tanlangan o’yin va musobaqa metodlari orqali o’rgatish, takrorlash va mustahkamlash uchun mashqlar tanlanishini namuna tariqasida beramiz:
jadval
Dars mazmuni
|
Me’yori
|
Tashkiliy-metodik
ko’rsatmalar
|
Masalan: 1 akrobatika –oldinga umboloq oshishni o’rgatish
|
8-10
daqiqa
|
Butun gurux bilan bir qatorda turib, yoppasiga
bajariladi.
|
A) o’tirgan xolatda oyoqlarni yig’ib,
gujanak bo’lish
|
2-3-
marta
|
O’quvchilarga yonlama
o’tirib ko’rsatiladi
|
B) tik turgan holatdan cho’qqayib,
g’ujanak bulish
|
2-3
marta
|
Dastavval sekin so’ng tez
bajariladi.
|
V) chalqoncha yotib, g’ujanak bo’lgan
holatda oldinga va orqaga dumalash
|
2-3
marta
|
Bosh doimo ko’krakda
tutiladi
|
G) cho’qqayib g’ajanak bo’lgan
holatdan orqaga dumalash va oldinga
|
4-6
marta
|
Qo’llarni qo’yib yurmasdan,
butun gavda bilan ilgariga
|
dumalab, d.holat
|
|
intilish zarur.
|
Yo) kuraklarda tik turgan holatdan
oldinga dumalab, cho’qqayib o’tirish
|
2-3
marta
|
SHeriklarni oyoqlaridan
ushla byordam beradilar
|
J) cho’qqayib o’tirgan holatdan oldinga
umboloq oshib. O’tirib qolish
|
1-2
marta
|
Tovonlar to’liq yerga
qo’yiladi
|
Z) shu holatdan umboloq oshib,
cho’qqayib o’tirish.
|
1-2
marta
|
Tug’ri bajargan o’quvchilar
sidirg’asiga takrorlaydilar.
|
II Akrobatika – oldinga umboloq
oshishni takrolash
|
8-10
marta
|
3-4 kishidan guruh-guruh
bulib bajariladi.
|
A) Gujanak bulib cho’qqayib o’tirgan holatdan orqaga dumalash va oldinga
dumalab, d.h.
|
2-3
marta
|
To’liq g’ujanak bo’lish va bosh holatiga e’tibor
beriladi.
|
B) shuning o’zini tik turgan holatdan
bajarish
|
2-3
marta
|
1 marta har bir holatda
to’xtab-to’xtab bajariladi.
|
V) oldinga umboloq oshish
|
2 marta
|
Qo’llar boshdan bir-oz oldinga, yelka kengligida
qo’yiladi.
|
G) ikki – uch marta sidirgasiga oldinga
umboloq oshish
|
2 marta
|
Har bir urinishdan so’ng
xatolar tug’rilanadi
|
E) cho’qqayib o’tirgan , tik turgan holatlardan buyin (tuldirma tup)
ustidan oshib oldinga umboloq oshish
|
2-3
marta
|
Qo’llarni to’g’ri qo’yilishi va g’ujanak bo’lishga
e’tibor beriladi.
|
J) Oldinga umboloq oshishini bahoga ijro etishi, estafetada qo’llash
|
2 marta
|
Har bir estafetadan so’ng yo’l qo’yilgan xatolar
to’g’rilanadi.
|
III Akrobatika – oldinga umboloq
oshishini mustahkamlash
|
8-10
marta
|
1-2 marta o’quvchilarga
yonlama turib ko’rsatiladi.
|
A) sidirg’asiga 2-3 marta oldinga
umboloq oshish
|
1-2
marta
|
Har gal xatolar tuzatilib
boriladi
|
B) to’siqlar (to’ldirma to’plar) osha
oldinga umboloq oshish
|
1-2
marta
|
To’ldirma to’plar qatorasiga
qo’yiladi.
|
V) sakrab oldinga umboloq oshish
|
3-4
marta
|
Oyoq bilan depsinish va qo’l qo’yiladigan joy bo’r
bilan chiziladi.
|
G) baladroq to’siq o’rindik, har sherenga ustidan oshib, oldinga
dumbaloq oshish
|
3-4
marta
|
Umboloq oshish joyida tushak 2 qator qilib
quyiladi.
|
D) To’siqlar oshib umboloq oshishni qo’llab estafeta o’yini.
|
1 marta
|
Tug’ri umboloq osha olib, birinchi kelgan (o’quvchi)
jamoa g’olib bo’ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |