Respublikasi oliy va o’rta maxsus
III BOB. JISMONIY TARBIYA DARSI JARAYONIDA O’YIN VA MUSOBAQA METODIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA TAJRIBA - SINOV ISHLARI NATIJASI
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
III BOB. JISMONIY TARBIYA DARSI JARAYONIDA O’YIN VA MUSOBAQA METODIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA TAJRIBA - SINOV ISHLARI NATIJASIO’tkazilgan tajriba-sinov natijalari ko’rsatkichlari«O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmon, «Barkamol avlod» Davlat dasturi va boshqa bir qator hukumat qarorlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo’lni ochib berdi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunida maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, talabalarning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratish lozimligi qayd etilgan. Jismoniy mashqlarni bajarish harakat tizimini boshqaradigan mexanizmning takomillashishiga yordam beradi. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir xildagi impulьslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi. Uzoq muddatli mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanish natijasida mushaklarda yuzaga keladigan o’zgarishlar morfologik va biokimyoviy hususiyatlar bilan belgilanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini standart o’zgaruvchan, kombinatsiyalashgan, aylanma mashg’ulot, musobaqa va o’yin metodlari yordamida tashkil etiladi. Bu jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga erishiladi. SHuningdek, sport turlari talabi va tavsifiga binoan hatti-harakatlar bosqichma-bosqich, oddiydan-murakkabga, onsondan-qiyinga, o’rganilgandan-o’rganilmaganiga tomon bajarib boriladi. O’zbekiston Respublika rxqbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amxo’rliklar va talablar axolining, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashlarini yangilashga qaratilmokda. Bu vazifalarni bajarishda barcha o’quv muassasalari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismonan baquvvat, chakqon, irodali qilib vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekistan Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi konuni "Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi" hamda "O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qonunlariga suyangan xolda yangi uslublar, usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarni eng kichik yoshidan boshlab jismonan salomatlik poydevorini "qurish"ni boshlash kerak . Syu narsa ma’lum bo’ldiki, bolalik davrida o’sib kelayotgan organizm uchun juda ko’p harakat zarurdir. Harakatsizlik esa bolalarni tez charchatadi, o’sishini sekinlashtiradi, akliy rivojlanishni susaytiradi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyatini kamaytiradi. Ko’p harakat qilgan bolalarda jismoniy va psixik takomillashuvga tabiiy intilish vujudga keladi. Salomatlikni muqofaza qilish tadbirlariga eng avvalo, jismoniy mashqlap bilan muntazam shug’ullanish, ular bilan do’stlashish kiradi. Buni bajarish nafaqat maktab, balki ko’proq, oila, ota-onalar zimmasiga tushadi. Ota-onalar farzandlari maktabga chiqishidan qat’i nazar, ertalabki badantarbiya, mexnatga oid mashqlar, turli o’yinlar va sayoxatlarni muntazam ravishda o’tkazishlari lozim. Mazkur muammoga oid fikrlar bir qator ishlarda u yoki bu tarzda yoritilgan bo’lsa-da, o’quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya vositalari asosida o’quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash muammosi jismoniy madaniyat tizimida hamda xalq pedagogikasida to’liq tadqiq etilmagan. Bugungi kunda istiqboli buyuk davlatni vujudga keltirishda jismoniy tarbiya va sport ishlarini ta’lim-tarbiya o’choqlarida, turar-joylarda olib borish yuzasidan bir qancha ishlar bajarilgan. O’quv muassasalarida jismoniy tarbiya dasturi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar to’liq o’tkazib kelinmoqda. O’z kasbini sevgan, fidoyi jismoniy tarbiya o’qituvchilari hamda murabbiylar boshchiligida asosiy dars va darsdan tashqari tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Amaldagi dastur materiallarini to’liq bajarish uchun dasturda tanlab olingan sport turlari asosida o’quvchilarning jinsi va yoshini hisobga olgan jihoz, anjom- uskunalar, masalan, gimnastik devorlar, gardish, gimnastik o’tirgichlar, oshib va osilib o’tish uchun to’siqlar, sakrash uchun arqonchalar, gantel va toshlar, to’shaklar, turli diametrli to’plar, turnik va brus, arqonli narvonlar, kanat va boshq. mavjud bo’lishi shart. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti (UO’TDTS) va o’quv dasturida Jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv soatlari taqsimotida quyidagi sport turlari belgilangan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling