Respublikasi oliy va o’rta maxsus
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-4 sinf o’quvchilarining tajribadan keyingi jismoniy rivojlanishi
gistogrammaSнu bilan bir qatorda ota-onalarning 100 foizi (6 savol) maktablarda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mashg’ulotlarni mutaxassis olib borishi shart, deb hisoblaydilar. Olib borilgan pedagogik kuzatishlarning ko’rsatishicha, ko’p maktablarda jismoniy tarbiya darslari katta sinflarga mo’ljallangan sport zallarida o’tkaziladi yoki o’tazilmaydi. Bunday zallar ayrim maktablarda o’quvchi-bolalar yoshiga munosib sport anjomlari bilan bezatilmagan. Lekin ko’pchilik maktablarda mayda sport buyumlaridan (bayroqchalar, keglilar, kublar, gardishlar, tayoqchalar va shu kabilardan) foydalanilsa, ayrim maktablarda shular ham topilmaydi. Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun asosiy sport maydonchalari bo’lsa ham, ular yetarli darajada bezatilmagan (sog’lomlashtirish shaharchasi, yugurish yo’lkalari, sakrash, irg’itish uchun ajratilgan joylar va b.qalar). Olib borilgan so’rov natijalaridan quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: jismoniy tarbiya bo’yicha dasturni shunday tuzish kerakki, u ota-onalar, tarbiyachilar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va o’quvchi-bolalarda jismoniy tarbiyaga bo’lgan qiziqish darajasini oshirsin. Ilmiy asoslangan dastur har bir bolaning idividual xususiyatlarini xisobga olgan holda sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jaryonni ularning jismoniy rivojlanishi, funktsional tayyorgarligi, umuman, bolalar salomatligi to’g’risidagi ma’lumotlarni yaxshilashga yo’naltirilish, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirib, turli-tuman sog’lomlashtirish vositalaridan foydalanish uchun ko’maklashsin. 1-4 sinf o’quvchilarining tajribadan keyingi jismoniy rivojlanishitahlili Umum o’rta ta’lim maktab jismoniy tarbiya dasturida ko’zlangan ko’pchilik o’yinlar o’quvchilarni jamoada, tez o’zgaradigan sharoitlarda chaqqon harakat qilishga, boshqa o’yin ishtirokchilari harakatlari bilan o’z harakatlarini moslashtirishga o’rgatish uchun beriladi. O’yinlarning qimmati ham shundan iborat. Ammo bolalar darslarda yugurish, sakrash va irg’itish mashqlarida o’zlashtirgan ko’nikmalarini muvaffaqiyatli takomillashtira oladigan o’yinlarni ham tanlab olish mumkin. Takrorlanadigan harakatlar, har bir ishtirokchi tomonidan bir necha bor bajariladigan (misol uchun irg’itish) hamda takrorlanadigan harakatlar yo’nalishini boshqarish yoki chegaralovchilardan foydalanib, bajariladigan o’yinlar shunday o’yin turlariga kiradi. «Barcha o’z bayroqchalari oldiga saflansin» o’yini bunga misol bo’la oladi, ushbu o’yin qoidalari quyidagicha: o’yinchilarga kichik koptokchalar tarqatiladi va ularni «O’z bayroqlaringiz oldiga saflaning!» buyrug’i berilmagunicha ma’lum tarzda irg’itish taklif etiladi (misol uchun devordagi nishonga irg’itib, yana qo’l bilan ilib olish yoki basketbol o’yini to’riga tushirish) yoki tor yo’lakchalar bo’ylab yugurib, estafeta (bu holat o’quvchilarni oyoqlarini to’g’ri bosishga majbur qiladi). Yugurish, sakrash, uzoqqa uloqtirishda yuqori amaliy natijalarga erishish musobaqalari dastlabki davrda har doim o’rganish paytida harakatlar tartibsizligini keltirib chiqarishini, sakrash va irg’itish harakatlari to’g’ri bajarilmasligini yodda tutish kerak. Bu holat o’quvchilar musobaqalar paytida juda kuchli hayajon bilan harakat qilishlari sababli yuzaga keladi. O’quvchilarni asta-sekinlik bilan katta hayajonli vaziyatlarda harakatlarni to’g’ri bajarishga o’rgatib borish zarur. SHuning uchun tez yugurish, uzoqqa sakrash va uzoqqa irg’itish musobaqalarini darslarga kiritishga shoshilish kerak emas. 1-2 sinf o’quvchilari bilan bolalarning e’tiborini kim tez yugurish, uzoqqa sakrashga emas, balki shug’ullanuvchilarnig harakatlari to’g’ri bajarilishiga qaratib yugurish, sakrash va irg’itishni yaxshi bajarishga musobaqalarni darsga kiritish kerak. Harakatlarni eng yaxshi bajarishga musobaqalar 3-4 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan darslarda ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Ammo bu yerda shunday musobaqalar bilan bir qatorda, yuqori amaliy natijalarga erishish - tez chopish, uzoqqa sakrash, uzoq masofaga irg’itish bo’yicha musobaqalarni tashkil etishning roli va ahamiyati ham kattadir. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari (maxsuli) faoliyatida musobaqalar o’quvchidan katta jismoniy kuch va harakatlar hamda psixik keskinlikni talab qilishi sababli kichik maktab yosh ko’rsatkichidagi bolalar bilan ishlashda o’yin va musobaqalar elementlarini qo’llash mumkin bo’ladi. Biz tomonimizdan olshib borgan tadqiqot ishimiz davomida boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishlari quyidagi antropometrik ko’rsatkichlar jarayoni orqali aniqlab borildi. (6-jadvalga qarang) Gavda uzunligi: tajriba boshida o’rtacha 1-sinf o’g’il va qiz bolalarida 120- 118 sm. ni, tajriba yakunida 123-120 sm.ni tashkil etdi. Gavda uzunligi bo’yicha xulosa qiladigan bo’lsak 1 sinf o’g’il bolalari tadqiqot jarayonidagi o’sish farqi 3 sm.ga qiz bolalr esa 2 sm.ga bo’ylari o’sgan. 2 sinf o’g’il bolalari tadqiqot jarayonidagi o’sish farqi 3 sm.ga qiz bolalr esa 4 sm.ga bo’ylari o’sganligi ma’lum bo’ldi, bu esa boshqa natijalarga qaragandi yaxshi natija bo’lib xisoblanadi. Gavda og’irligi: 1- sinf o’g’il va qizlarida tadqiqot boshida 19-18 kg. ni va yakunida 21-20 kg.ga oshganligi, farqi esa 2 kg.ga oshganligi ma’lum bo’ldi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling