Respublikasi oliy va o’rta maxsus


O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda pedagogik


Download 0.71 Mb.
bet15/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini aniqlashda pedagogik

tajribani amalga oshirish

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga harakatlarni o’rgatish bosqichlari


Dastlabki o’rgatish
Maqsad – o’rgatish jarayonida shug’ullanuvchilar harakat texnikasining asosini o’zlashtirish.
Bu bosqichning xususiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. shug’ullanuvchilarda harakat akti bo’yicha to’liq tasvvur hosil bo’lishi uchun u to’g’risida asosli tushuncha hosil qilish;

  2. yangi harakatlarni o’rgatish uchun shug’ullanuvchilarning bilimini, harakatlar to’g’risida kerak bo’lgan elementlar bilan to’ldirib borish;

V) harakatlarni butunlay bajarishga erishish;

  1. ortiqcha muskul kuchlarini va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo’q qilish. Amalga oshish metodlari:

    1. So’z metodi

    2. Ko’rgazmali metod;

    3. Bo’lib – bo’lib o’rgatish metodi

CHuqurlashtirilgan o’rgatish
Maqsad – ilgari hato qilgan “qo’pol” texnika ko’nikmalarni aniqlash va yo’q qilishga intilish.
Bu bosqichning asosiy vazifalari:

  1. o’rgatilayotgan harakatlarning qonunyatlashtirishni yanada chuqurroq tushunish;

  2. o’rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o’rgatish va aniqlash;

V) harakatlarni butunlay bajarish aniq, bir tekis, oson bajarishga erishish.

  1. harakatni turlicha bajarish imkoniyatini oldindan yaratish. Amalga oshirish metodlari:

    1. Butunlay o’rgatish.

    2. So’z metodi

    3. Ko’rgazmali metod

    4. Musobaqaviy metod.



Mustahkamlash va takomillashtirish


Maqsad – amaliyotda harakat faoliyatini takomillashgan holda egallashni ta’minlash .
Hususiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. harakat ko’nikma, harakat malakasi hosil bo’lishi uchun harakatlarni har xil variantda bajarish;

  2. oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatoni yo’q qilishga harakat qilish.

V) asosan texnikani o’zlashtirish va mustahkamlash erishish zarur;

  1. harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarishga erishish. Amalga oshirish metodlari:

    1. Takroriy standart mashq metodi

    2. Takroriy o’zgaruvchan mashq metodi.

    3. Onglilik va faolilik

    4. Muntazamlilik.

1-4 snif o’quvchilar harakati rivojlantirishning xususiyatlari


Bolalar xayotining ushbu yoshida undagi harakatlar yanada aniqlashadi, o’zaro harakatlarning moslashuvi tiklanadi, bolalar ko’proq harakat qiladilar, o’zini-o’zi tuta oladigan bo’ladi. SHuning uchun o’z harakat a’zolaridan moxirlik bilan foydalanadilar. Ularning harakatlari yetarli darajada uyg’unlashgan hamda aniq bo’ladi. Ular bu harakatlarni tevarak-atrofdagi sharoitga qarab bir-biriga muvofiqlashtira oladilar.
Bolalarda harakat qilib borayatgan buyumlar havoda qanday joylashganligini, shu jumladan bir joydan ikkinchi joyga o’tayotgan kishining gavdasi qanday xolatda turganligini farqlay olish imkoniyati yanada takomillashib boradi. Bolalar sheriklari yugurib borayotganda uning gavdasi qay holatda ekanini, bolalar muvozanat saqlash mashqni bajarayotganda, velosipeda yurib ketayotganda va xokazo harakatlarni bajarish jarayonida gavda a’zolarining o’zaro nisbati qanday o’zgarib borishi haqida tushuntirib bera oladilar. Ular tezlikni, harakat yo’nalishini, tezligini o’zgarishlarini farqlay oladilar. Bola harakatini izchillik bilan kuzatib (jismoniy tarbiya o’qituvchisining yordami bilan) harakatning turli- tuman bosqichlarini ajrata oladigan bo’ladi, harakatning sifati va miqdori natijasi uchun bu bosqichlarning ahamiyatini tushuntirishga intiladi. Ular harakatlar to’g’risida aniq-yorqin tasavvur hosil qilishga yordam beradi, moslik va uyg’unlik jixatdan murakkab bo’lgan harakatlar qoidasini bolalar tomonidan o’zlashtirishga olib keladi. Masalan bolalar yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrab, oyoq uchida yugurish chog’ida burilish maxoratini va xokozolarni egallab oladilar.
Ushbu sinf borsqichlarida shug’ullanuvchilarda asosiy harakatlar takomillashadi. Harakatlarning bola gavda tuzilishi va imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan yakkama-yakka xususiyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
SHu bilan birga bolalar ko’proq harakatni bajarishda yaxshiroq natijalarga erisha boradilar. Keyinchalik vazifalarni bajarish vaqtida iroda sifatlarini ko’proq namoyon qila boshlaydilar.
Bunda shuni xisobga olish kerakki, bolaning yaxshi natijalarga erishishiga intilib qilgan harakatlari xamisha ham uning imkoniyatlariga mos kelavermaydi. SHuning uchun jismoniy tarbiya o’qituvchisining juda xushyor, sezgir bo’lishi va o’quvchilarning me’yoridan ortiq zo’riqishga yo’l qo’ymasligi lozim bo’ladi.
O’quvchi tanasining ayrim qismlarida: maslan bosh, oyoq, qo’l bo’g’inlari hamda barmoqlar va boshqalarning harakatini maqsadga muvofiq takomillashtirib borish qobiliyati jadal sur’atda rivojlana boshlaydi. Bolalarda chaqqonlik bilan bajarilgan, tez, me’yordagi harakatlarga nisbatan estetik munosabatda bo’lish odati asta-sekin paydo bo’la boshlaydi. Bolalar harakatlaridagi go’zallik va mutanosiblikning ahamiyatini chuquroq tushuna boshlaydilar.
Harakat turlarini tanlashda qiz va o’g’il bolalarning o’z shaxsiy intilishi, qiziqishlari namoyon bo’la boshlaydi. Ayrimlariga ko’proq yugurish va sakrash yoqadi, boshqalari esa arg’amchida sakrashni, koptok o’ynashni, futbol o’yinini yaxshi qurishadi va x.k. Ko’pincha qaysi mashqni chiroyli yaxshiroq bajarsalar bolalarga ko’proq shunga o’xshash mashqlar yoqadi. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi bolalarning shaxsiy qiziqishlarini qo’llab - quvvatlab, bolalarning har tomonlama harakat tayyorgarligini ko’zda tutuvchi dastur mazmunini hamma tomonlama o’zlashtirib olishini kuzatib borishi lozim.
Bolalarni xamjixatlikda bajariladigan faoliyatida, ayniqsa, musobaqa alomatlari mavjud bo’lgan harakatli o’yinlarda ular o’z ishlariga va o’rtoqlarining harakatlariga baho berishga urinib ko’radilar hamda jamoa manfaatlariga muvoffiq keladigan xulq-odob yo’lini topishga harakat qiladilar. Bu esa bolalarni faol harakat qilishga o’rgatadi.

Ertalabki badan tarbiyani tashkil qilish


Ertalabki badan tarbiya mashqlari majmuasi 1-2-3-4 sinflaridagi mashqlar majmuasidan aytarlik darajada farq qilmaydi. Bunda bajarilayotgan mashqlarni tezligi ortadi hamda umumrivojlantiruvchi mashqlar ko’proq (4-6 marta)
takrorlanadi. Yugurish jaddaligi uning davomiyligini oshirish (zal bo’ylab 2-3 marta aylanib yugurish) xisobiga kuchaytiriladi. Bunda yurish, yugurish bilan almashtirilib turiladi. Ertalabki badan tarbiya mashqining yakunida turgan joyida bajariladigan mashqlarning soni ortadib borishi mumkin, ular sinflarning o’sishiga asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Sakrash vaqtida qo’llarning xolatlarining o’zgartirib bajariladi, masalan qo’llar belda, yelkada, boshni orqasiga qo’yib sakrash mashqlari shular jumlasidandir. SHunday qilib, umumiy ertalabki badantarbiyani funktsional ta’siri kuchaya boradi, uning har bir majmuasi avvalgidek 2 xafta mobaynida takrorlanib boriladi.
Ertalabki badan tarbiyaning namunaviy majmuasi.

      1. Ketma-ket yurib bittadan arg’amchini qo’lga oladilar. Arg’amchidan xatlab yurish. Yepchil aylanib yugurish. Yugurib borayotganda ikktadan bo’lib saflanish. Turgan joyda, bir-biridan uzoqlashish.

      2. Oyoqlarni juftlab, arg’amchini ikki bukilib, ikki qo’lini pastga tushirgan xolda ushlab turish. Qo’llarni yuqoriga ko’tarish, arg’amchini yelkaga tushirish, yuqoriga ko’tarish, tushirish (6-8 marta).

      3. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar arg’amchi bilan orqaga uzatiladi. Oldinga yengashish, bo’yni cho’zish, bosh va qo’llarni yuqoriga ko’tarish (6-8 marta).

      4. Tovonlarni birlashtirib, oyoq uchlari ochiladi, qo’llar arg’amchi bilan yuqoriga ko’tariladi, cho’qqayib oyoq uchlariga o’tiriladi (4-6 marta).

      5. Tizzalarida turib oldinga engashish, qo’llarni oldinga uzatish, qo’llarni mumkin qadar uzoqroqqa uzatish (4-6 marta).

      6. Tizzalarda turib, arg’amchini oldinda tutish. Orqaga engashib, qo’llarni yuqoriga ko’tarish, rostlash (6-8 marta)

      7. CHalqancha yotgan holda, arg’amchini oyoq uchlarida tutish, qo’llar ikki tomonga teng uzatilgan, oyoqlarni yuqoriga ko’tarish bilan birga qo’llarni bosh orqasiga uzatish (4-6 marta).

      8. Arg’amchidan hatlab sakrash (2 marta 40 tadan sakrash).

      9. Osoyishta yurish.

Jismoniy tarbiyaning tashkil etilishi va usuliyoti


Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat: 1) mashg’ulotlar, 2) jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarini (ertalabki gimnastika, harakatli o’yinlar sayrlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, o’yinlar quvnoq daqiqalari, katta tanafusdagi o’yinlar yoki jismoniy tarbiya majmualari, sport bayramlari va x.k) maktab kun tartibiga binoan o’tkazish, 3) bolalarning mustaqil ravishda bajaradigan harakatli faoliyati va uyga vazifalar.
Bularning barchasi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birining turlarini shakllantiradi yoki to’ldirib boradi.

Mashg’ulotlar


Jismoniy tarbiya darsi – bu umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya bo’yicha olib boriladigan o’quv ishlarning asosiy mashqli jarayonidir. Jismoniy tarbiya darsilari amalda sog’lom bo’lgan barcha shug’ullanuvchi o’quvchilar uchun majburiy xisoblanadi. Darslar qa’tiy jadval asosida – haftaning belgilangan kun va soatlarida (haftasiga ikki marta) ma’lum sinfdagi o’quvchi bolalar bilan butun yil davomida o’tkazib boriladi. Har bir yosh guruhi uchun mashg’ulotlarning maqsadga muvofiq davom etish vaqti belgilab qo’yiladi.
Darslarda dasturdagi o’quv materiallarning o’zlashtirishi bolalar bilan o’tkaziladigan barcha jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlarining hamda ular bilan o’tkaziladigan mashqlar va o’yinlarning negizini tashkil qiladi.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning vazifasi


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari ta’lim-tarbiya hamda sog’lomlashtirish vazifalarini xal etishga qaratilgandir. Ta’lim vazifalari o’quvchi-bolalarga jismoniy mashqlarni o’rgatishdan, xosil qilingan malakalarni o’zgarib turgan sharoitlarga mos ravishda qo’llay olishga o’rgatishdan iboratdir.
Bolalar jismoniy tarbiya to’g’risida, uning sog’lomlashtiruvchi ahamiyati xaqida, chiniqish usullari, to’g’ri nafas olish ahamiyati, mashqlarni bajarish uslublari va shu singari boshqa mashqlar to’g’risida tasavvur hamda bilimga ega
bo’lishlari kerak. Jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda majburiy mashqlarning bajarilishi tarbiyalash hamda sog’lomlashtirish vazifalari bilan jismoniy sifatlarning shakllanishi bilan xamoxang holda birga qo’shib olib boriladi.

Mashg’ulotlarning xillari


Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’zining ta’limiy vazifasi va mazmuniga ko’ra turli xil bo’lishi mumkin:

  1. yangi materiallarni o’rganishga qaratiladigan mashg’ulotlar;

  2. ilgari o’zlashtirilgan ko’nikma va malakalarni takomillashtirishga qaratilgan mashg’ulotlar, ular oldingi o’tilgan materiallarni takrorlash asosida ko’riladi;

  3. aralash xususiyatga ega bo’lgan mashg’ulotlar, bularda yangi materiallarni o’rganish (ikkita va undan ortiq sport turlarining elementlarini qo’shib o’rgatishni ko’zda tutiladi), o’tilganlarni takrorlash, mustaxkamlash bilan qo’shib olib boriladi;

II BOB BO’YICHA XULOSA


Mavzuni o’rganish va izlanish asosida ilmiy adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo’ldiki, maktab yoshidagi kichik boshlang’ich sinf o’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash jicmoniy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. SHu boisdan ham hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablariga 1-sinfga o’qishga kelgan kunidan boshlab jismoniy tarbiya bo’yicha nazariy bilimlar va amaliy ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish katta ahamiyatga ega ekan.
Olib borilgan pedagogik kuzatish, savol-javob va so’rovnomalarni natijalaridan ayon bo’ldiki, bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya bo’yicha nazariy bilimlarini yetarli yemasligi, aniqlandi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan o’tkazilgan so’rovnomalarning tahlili ham jismoniy tarbiyaga bo’lgan qiziqishni sustligi, uylarida shart-sharoit yetishmasligini, matbuot va sportga oid ko’rsatuvlardan unumli foydalanmasliklari hamda jismoniy tarbiya fanidan fan o’qituvchisi o’tishi tarafdori ekanligi ayon bo’ldi.
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, bolalarning yoshlari o’tgan sari organizmning jismoniy yuklamani bajarish jarayonida tafavut borligi, ular orasidagi natijalarni o’zgarib turishi ma’lum bo’ldi.
Umumiy o’rta ta’lim maktab jismoniy tarbiya dasturida ko’zlangan ko’pchilik o’yinlar boshlang’ich sinf o’quvchilarini jamoada, tez o’zgaradigan sharoitlarda chaqqon harakat qilishga, boshqa o’yin ishtirokchilari harakatlari bilan o’z harakatlarini moslashtirishga o’rgatish uchun beriladi. O’yinlarning qimmati ham shundan iboratki bunda o’quvchi o’z xatti – harakatlarini o’zi boshqara olishi, o’yin oldidagi maqsadga erishish uchun ancha mexnat qilishi, jismoniy sifatlarning rivojlanganligi muxim ahamiyat kasb erish masalalariga urg’u berilddi.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida harakatlanish faoliyatida mustaqillik va ijodiy faollik xususiyatlari kuchayadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling