Respublikasi oliy va o’rta maxsus
-4 sinflar uchun belgilangan sport turlari
Download 0.71 Mb.
|
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish
1-4 sinflar uchun belgilangan sport turlari:Gimnastika. Engil atletika. Harakatli o’yinlar va sport o’yinlari elementlari. Sport o’yinlari (voleybol, basketbol, futbol, qo’l to’pi). Kurash. Suzish sport turlaridir Dasturda berilgan sport turlari bo’yicha materiallarni o’zlashtirish va barcha sport turlari o’tilishiga erishish, o’quv soatlari bajarilishini ta’minlash uchun o’quv muassasasida sport-moddiy bazasining mavjudligi, anjomlar bilan boyitilganligi, uning jihozlanishi turli sharoitlarning yaratilganligi (yoshiga, jinsiga mos holda), jismoniy tarbiya o’qituvchisining kasbiy tayyorgarlik darajasi juda katta ahamiyatga ega. Tajriba almashish maqsadida bir qancha o’quv muassasalarida aynan jismoniy tarbiya fani bo’yicha dastur materiallarining bajarilishi, uni o’zlashtirish va takomillashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar xususiyada so’z yuritmoqchimiz. Ushbu ishlarni keng targ’ib etish misolida fan o’qituvchilari orasida so’rovnoma o’tkazildi va natijalar tahlil qilindi. (12 ta jismoniy tarbiya o’qituvchilari) 1-4 sinf o’quvchilari bilan mashg’ulot olib boruvchi jismoniy tarbiya o’qituvchilarning so’rovnomaga bergan javoblari (1-gistogramma) Maktabingizda 1-4 sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini fan o’qituvchisi olib boradimi? Ha-48%, yo’q-12%, qisman-40%. Siz ta’lim berayotgan maktabda (1-4 sinf uchun) mashg’ulotlarni tashkil qilish va olib borishda dastur materiallari oqilona (o’yin va musobaqa metodlarini qo’llab) o’tilmoqda, deb o’ylaysizmi? Ha-45, yo’q- 35%, qisman-20%. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida (1-4 sinf uchun) o’quvchilarning har biriga anjomlar (tayoqchalar, gardishlar, koptoklar, va boshqalar) yetarlimi? Ha- 17%, yo’q-58%, qisman-25%. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida (1-4 sinf uchun) qo’llaniladigan anjomlar o’quvchilarning yoshiga (gimnastik devorlar ushlagichi, gardish, oshib va osilib o’tish uchun to’siqlar, sakrash uchun arqonchalar, gantel va toshlar, to’shaklar, turli diametrli to’plar, turnik va brus, arqonli narvonlar, kanat va boshqalar) mos keladimi? Ha-25%, yo’q-65%, qisman-10% Dastur materiallarini o’zlashtirishda, Davlat me’yorlarini va “Alpomish” va “Barchinoy” me’riy testlarini topshirishda (1-4 sinf o’quvchilari) qiyinchilikka duch keladimi? Ha-8%, yo’q-70%, qisman-22%. Natijalar Toshkent shaxri maktablaridan olinib, jismoniy tarbiya o’qituvchilari javoblari tahlil qilinganda, to’rtinchi, ya’ni amaliy mashg’ulotlar jarayonida (1-4 sinf uchun) qo’llanadigan anjomlar o’quvchilaringizning yoshiga (gimnastika devorlara ushlagichi, gardish, oshib va osilib o’tish uchun to’siqlar, sakrash uchun arqonchalar, gantel va toshlar, to’shaklar, turli diametrli to’plar, turnik va brus, arqonli narvonlar, kanat va boshqalar) mos keladimi, degan, savolga 70 % jismoniy tarbiya o’qituvchisi mos kelmasligini, 8% i mos kelishini, 22% o’qituvchi esa qisman to’g’ri kelishini bildirganlar (Tadqiqot natijalari 1-gistogrammada keltirilgan). Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling