Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar organizmiga (yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimiga) ta’siri


Download 0.71 Mb.
bet11/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar organizmiga (yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimiga) ta’siri


Jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar yurak-qon tomir tizimiga ta’siri to’g’risidagi fikrlar olimlar tomonidang o’rganilgan bo’lib, jismoniy mashqlar yuklamasining kattaligini tibbiy-pedagogik nazorat qilish YuQTU da muhim ahamiyatga ega. Bu ko’rsatkichni bilish o’quv mashg’ulotlari jarayonini tuzishda, o’quvchilarga yuklamalarni me’yorlashda differentsial yondoshish katta ahamiyatga ega.
Yuklama hajmi va kengligini aniqlashda mashg’ulotlar jarayonida YuQTU ning egri chizig’i qabul qilingan va shunga asoslanib ularni ilmiy ishlanishni taqozo etadi.
SHunday qilib, adabiyotlar tahlilining ko’rsatishicha, maktab o’quvchilarining o’sishi va rivojlanishida optimal jismoniy yuklama muntazam tashkil qilinganda qon aylanish tizimi, qonning daqiqalik hajmi (KDX) qonning tashib berish hajmi (KTBX) arterial bosimga va YuQTU ga ijobiy ta’sir etadi. Yuklama YuQTU va kislorod talabi o’rtasida korrelyatsion aloqa aniqlangan ba’zi bir yuklamada YuQTU va KDX orasida mustahkam aloqadorlik topilgan, turli tipdagi ishlarda YuQTU va yuklama kengligida bog’liqlik aniqlangan.
Barcha sanab o’tilgan ma’lumotlar tajriba qilinayotgan jismoniy yuklamaning ta’sir darajasini baholashda mezon sifatida YuQTU dan foydalanish va ish qobiliyatini aniqlash metodini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Maktab yoshidagi bolalar mushak yuklamasida maksimal bosimning oshishi, minimal bosimning pasayishi va qon puls bosimining ortishi kuzatilgan. O’smirlarda va yoshlarda bosim kam o’zgaradi.
Shuningdek, jismoniy yuklamaning o’quvchilar nafas olish tizimiga ta’sirining ahamiyati katta rol o’ynaydi. O’quv muassasalari o’quvchi – yoshlari hamda bolalar orasida jismoniy mashqlar yuklamasini nafas olish tizimiga ta’sirini bilish yuzasidan L.I.Abrosimova, A.A.Guminskiy, R.A.SHabuninlar tomonidan bir qator ishlar bajarilgan. Ularning fikricha bolalar organizmining yurak-qon tomir va
nafas organlari tizimining bitta ma’lum me’yorlangan yuklamaga bo’lgan reaktsiyasi bosh namuna bo’lib hisoblanadi.
O’smirlar yoshida jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish tez va katta sur’atda morfologik hamda funktsional o’zgarishlarga ta’sir etadi. Yetuklik yoshdan farqi shundaki, uning funktsiyasida tejamkorlik ma’lum darajada namoyon bo’ladi. Bu tinch holatda kislorod talabining pasayishi va ish rejimida to’qimalarga kislorodning yetib kelishi bilan namoyon bo’ladi.
Gazlar almashinuvining asosiy ko’rsatkichlaridan biri sport bilan shug’ullangan 10-12 yoshli bolalarda KMI yuqori, bunday farq yanada yoshroq bolalarda past. Normal rivojlanish sharoitida KMI qizlarda 4 yoshli, o’g’il bolalarda 16 yoshda barqarorlashadi, o’smirlar muntazam shug’ullansa, KMI rivojlanishi davom etaveradi.
Bolalarda hech qachon katta hajmdagi kislorod qarzi sodir bo’lmaydi, bunday holat kattalarda yuqori mushak ishida aniqlangan.
7 yoshdan 11 yoshgacha va 4 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan davrlarda KMIning o’sishi aniqlangan, 11 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan davrda bu ko’rsatkich nisbatan barqarorlanishi bilan xarakterlanadi.
KMI ning yosh xususiyatiga nisbatan o’sish xarakteri turli mualliflarning fikricha o’smirlarda nisbiy KMI kengligi katta yoshdagi shug’ullanmagan kishilardan ortda qolmaydi.
Katta yoshdagilar ish bajarganda anaerobli glikoliz faol kirishib, yurak urishining daqiqada 180 martadan oshishiga ta’sir etadi, ish bajarish shiddati glikolitik energiya ta’minotiga kirishganda anaerob almashinuv yetishmovchiligi belgilanadi.
Sport bilan shug’ullanmagan kishilarda maksimal kislorod talabidan 50% yuklamada AAE (aerob almashinuv yetishmovchiligi) yuzaga keladi.
14-16 yoshdagi o’g’il bolalarda 50-100% li yuklama bajarilganda yurak va nafas tsikllarida kislorod ishlab chiqarish ancha oshadi, bu ishlayotgan mushaklarga kislorodning yaxshi yetib borishini ko’rsatadi.
Anaerob sharoitda bajariladigan mashqlar (kuch, tezkor-kuch, portlovchi kuch xususiyatidagi) maksimal, maksimal atrofida yoki submaksimal anaerob quvvatdagi mashqlarga bo’linadi:

  • maksimal anaerob quvvatidagi mashqlar KRF va ATF energiya bilan ta’minlanadi;

  • maksimal atrofidagi anaerob quvvatdagi mashqlar fosfagen va kislorodsiz glikoliz energiya bilan ta’minlanadi;

  • submaksimal anaerob quvvatdagi mashqlar energiya glikoliz va aerob jarayonlarda ta’minlanadi.

SHunday qilib adabiy manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida yuklama eng muhim masalalardan biri deyiladi. Lekin bugungi kungacha kelib yuklama me’yorlari bo’yicha u o’quvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi va ish qobiliyatiga mos holda 14-16 yoshli o’smirlar uchun aniq me’yorlar ishlab chiqilmagan. Ayniqsa maktabda jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun jismoniy yuklamalarni me’yorlash adabiyotlarda, qo’llanma va ilmiy manbalarda juda kam yoritilgandir.

I BOB BO’YICHA XULOSA


Ushbu bob bo’yicha oldimizga qo’yilgan vazifalar asosida umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik holatini pedagogik tahlili chuqur o’rganildi. Mavzuga taalluqli maxalliy va chet el mualliflari hamda tadqiqotchilar ishlari bo’yicha izlanishlar olib borildi. SHuningdek, jismoniy tarbiya metodlarini tuzilish asoslari, boshlang’ich sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tarbiyasi holatini taxlili, o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liqligi va jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar organizmiga (yurak-qon tomir tizimi) va nafas olish tizimiga ta’siri to’g’risida tushunchalar to’g’risida ma’lumotlar to’plandi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik holatini pedagogik tahlili bobida quyidagi bo’limlar, ya’ni, jismoniy tarbiya metodlarini tuzilish asoslari, 1-4 sinf o’quvchilarini jismoniy rivojlanishi va jismoniy tarbiyasi holatini taxlili, 1-4 sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va harakat faolligi bilan bog’liqligi, jismoniy mashqlar yuklamasining o’quvchilar organizmiga (yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimiga) ta’siri haqidagi masalalar to’g’risida fikrlar yuritildi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini salomatligini mustahkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadidir. Jismoniy mashg’ulotga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda va jismoniy mashqlarga o’rgatishda turli metodlar qo’llaniladi hamda to’g’ri tashkil qilingan jismoniy tarbiya darsi o’quvchilarni jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini oshiradi.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya darsi jarayonida o’yin va musobaqa metodidan foydalanish metodikasini takomillashtirish muammosi bo’yicha tajriba - sinov o’tkazilmaganligi aniqlandi. Mazkur masalalar xorij va mamlakatimizda chop etilgan adabiyot manbalarida o’z aksini topmagan va bu hol bizning tadqiqot mavzuimiz ustida ishlashimizga asos bo’ldi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling