Respublikasi oliy va o’rta maxsus


Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi


Download 0.71 Mb.
bet7/29
Sana22.07.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1661607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
jismoniy tarbiya darsi jarayonida oyin va musobaqa metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish

Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi. Bu metodda shug’ullanuvchilar faoliyati qat’iy tartiblashtirilgan holda tashkil etilib quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Qat’iy belgilangan harakat rejasi (harakat tarkibi ularning o’zgarishi, takrorlanish va bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi).

  • Jismoniy yuklanishni qat’iy normallashtirish, mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarish, shuningdek dam olish intervalini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklamabilan almashtirish

Harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo’lib ular quyidagilardan iboratdir:
bo’lingan - konstruktiv mashq metodi (mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish);
butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini chiqarib tashlash).
Bo’lingan konstruktiv mashq metodiga masalan: suvda suzishni o’rgatishni, akrobatik mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o’rgatish lozim bo’lgan mashqlar butunligicha o’rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat: bo’lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o’rgatilishi lozim bo’lgan mashqlar oz vaqt ichida shug’ullanuvchilarga o’rgatish mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o’rgatilgan mashqlarni butunligicha bajarishga erishish uchun qo’shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo’lmasa ayrim akrobatik
mashqlarni butunlay bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo’lishi mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati o’rgatishi lozim bo’lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko’p vaqt talab qilinadi.
Qismlarga bo’lingan mashq metodidan harakat (yoki harakatlar yig’indisi) uncha buzilmay nisbatan mustaqil elementlarga bo’linishi mumkin bo’lgandagina foydalaniladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling