Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet136/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

8 bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA


Asosiy tayanch tushunchalar: Raqobat, Tarmoq ichidagi raqobat, Tarmoqlararo raqobat, G‘irrom raqobat, Halol raqobat, Narx vositasida raqobatlashuv, Narxsiz raqobatlashuv, Monopoliya, Ishlab chiqarishning to‘planishi, Kapitalning to‘planishi, Kapitalning markazlashuvi, Sof monopoliya, Oligopoliya, Monopolistik raqobat, Monopsoniya, Tabiiy monopoliya, Legal (qonuniy) monopoliya, Sun’iy monopoliya, Kartel, Sindikat, Trest, Konsorsium, Konsern

Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi»4, deb ta’kidlagan edilar.


Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu bobda raqobatning mazmuni, zarurligi, shakllari va usullari monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda monopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi raqobatchilik muhitining shakllantirilishi kabi masalalar bayon etiladi.



    1. Raqobatning mazmuni, shakllari va usullari

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi
kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling