Respublikasi oliy va o‘rta


Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra


Download 1.87 Mb.
bet144/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.

Sof monopoliya tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabilarni misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini — temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Oligopoliya tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir
(Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan paxta tolasi va ularni shartnoma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta etishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan etishtirilgan paxta xom-ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling